O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Rivojlanish sistemaning shunday yaxlit, kompleks, yo‘nalishga ega bo‘lgan, orqaga 
qaytmaydigan fazo-vaqt strukturasi o‘zgarishiki, uning natijasida sistema bir 
miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi
Rivojlanish jarayonida sistemaning yangi holati uning avvalgi holatini inkor 
etish natijasida paydo bo‘ladi. Rivojlanayotgan sistemaning hozirgi holati uning 
o‘tmishdagi holatini inkor etish evaziga vujudga keladi. Sistemaning avvalgi va 
keyingi holatlarini taqqoslash natijasida biluvchi sub’ekt rivojlanishning sur’atini va 
yo‘nalishini aniqlashi mumkin. Agar rivojlanuvchi sistema nisbatan kam 
tashkillashgan holatdan yuqoriroq darajada tashkillashgan holatga o‘tgan bo‘lsa, 
bunday sistemadagi rivojlanish progressiv yo‘nalishga ega bo‘ladi, agar sistema 
nisbatan yuqori darajada tashkillashgan holatdan pastroq darajadagi tashkillashgan 


230 
holatga o‘tsa, rivojlanish regressiv yo‘nalishda borayotgan bo‘ladi. Agar rivojlanish 
natijasida sistemaning tashkillashgan holati o‘zgarishsiz qolsa, bunday rivojlanish bir 
tekisdagi rivojlanish deyiladi. Bunday holatlarda sistemaning murakkablik va 
tashkillashish darajasi ilgarigidek qolgani bilan, uning elementlari o‘rtasidagi va 
uning boshqa sistemalar orasidagi o‘rni o‘zgaradi, bunday o‘zgarishlar u bilan 
yonma-yon yashayotgan yoki unga nisbatan kengroq bo‘lgan boshqa sistemalarda 
progressiv yoki regressiv rivojlanishlar sodir bo‘lishga zamin yaratadi. Olamdagi 
narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, bir solatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, 
rivojlanishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro tasir kabi masalalar qadimdan 
mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o‘rtasida turli aqs, munozara, tortishuvlarga sabab 
bo‘lgan. CHunki ular to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning 
taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng 
asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish qiyin. 
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, yani eng mayda zarrachalardan tortib to 
er, Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo 
harakat, o‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bogliqlik, o‘zaro 
tasir va aloqadorlik mavjud. Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifiy ravishda hech qanday 
harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling