O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Falsafa metodlari. Falsafaning asosiy metodologik quroli nazariy tafakkurdir. 
Tabiiy fanlarda bo‘lgani kabi falsafada tajriba, eksperiment yoki boshqa bir aniq fan 
metodlari mavjud emas. Lekin falsafa boshqa barcha fan tizimlarida ro‘y berayotgan 


221 
o‘zgarishlar, taraqqiyot xususiyati, kashfiyotlar, vujudga kelayotgan qonuniyatlarni 
umumiy tahlil, analiz va sintezi asosida o‘zining xulosalarini beradi. SHuning uchun 
falsafada oddiy kuzatuv va mushohada usulidan sinergetik metodgacha oddiy 
tizimlardan murakkab tizimlargacha bo‘lgan borliq sifatidagi mavjudlikning makon, 
zamon, harakatdagi jarayoni qonuniyati o‘rganiladi.
Dialektika. Falsafaning asosiy ilmiy metodlaridan biri dialektik metoddir. 
Dastlab dialektika so‘zi ma’nosi suhbat yoki dialog yuritish san’ati, usuli sifatida 
qo‘llanilib, yunon tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan 
ma’noni bildirgan. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash 
mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, 
haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin 
muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot yordam 
beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.  
Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasida ham mavjud 
bo‘lgan. Masalan, daosizm falsafasiga ko‘ra, dunyoda hech narsa doimiy emas. 
Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o‘tmoq zarur. 
Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma 
narsa o‘tkinchi, doimo paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonida bo‘ladi. Masalan, 
uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va 
jonsiz, uyg‘oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o‘zgargan o‘shadir va aksincha
o‘sha o‘zgargan budir»
1
. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl
o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan 
tahlilida mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga 
aylanishi mumkin va hakozo. 
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi 
sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional 
dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalishlarni ko‘rsatish 
mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini 
tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z ta’limotiga praktika tushunchasini 
asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan 
qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo‘nalishlaridan biri mashhur 
Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. 
Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma 
narsani inkor etishdir. T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga ko‘ra, qarama-
qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va 
murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o‘lishiga 
yo‘nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va 
1
Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б. 


222 
rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning 
stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb 
biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy 
munosabatlarning standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning yo‘qotilishi orqali 
ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar tizimidan voz 
kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning konkret imkoniyatlarini 
deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.
Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning neoratsionalizmi vujudga 
keldi. U bilish jarayonida ratsionalizm bilan empirizmning doimiy (dialektik) o‘zaro 
ta’sirini ko‘rdi. Bashlyar noklassik fan tushunchasini kiritdi. Unga xos narsa, 
qandaydir uzil-kesil haqiqatlardan voz kechish, ochiqlik (eksperimental raddiyaga 
tayyorlik), 
yangi 
empirik 
ma’lumotlarni 
tushunarli 
umumlashtirishga 
sintezlashtiruvchi layoqat, bilimning turli shakllari, tuzilmalari va sohalari 
o‘rtasidagi yangi aloqalarni topishdir. Aloqalarni, jumladan qarama-qarshiliklar 
birligini anglash, bu dialektikaga xos anglashdir. Dialektika – bu dunyoni shunday 
tushunishki, va uni ongli ravishda o‘rganishning shunday usuliki, bunda turli 
hodisalar, ularning turli-tuman aloqalari, qarama-qarshi kuchlarning o‘zaro 
ta’siri, o‘zgarish va rivojlanish jarayoni bilan birlikda qarab chiqiladi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling