O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Metafizika. Falsafaning yana bir muhim klassik metodi metafizikadir. Dastlab 
«metafizika» atamasining ma’nosi inson aqli orqali egallanishi mumkin bo‘lgan 
barcha bilimlardan yuqori turuvchi murakkab bilim ma’nosini bergan. Eramizdan 
avvalgi 
birinchi 
asrda 
Rodoslik 
Andronnik 
Aristotel qo‘lyozmalarini 
sistemalashtirib, uning fizika to‘g‘risidagi traktatlari guruhidan keyin uning bir kator 
boshqa mavzudagi asarlarini tizimlashtiradi. Bularni Arastuning o‘zi «ilk falsafa» 
deb atagan edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini aqliy bilish 
to‘g‘risidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «metafizika» deb ataydi (yunon 
tilidagi aynan ma’nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). SHu an’anaga binoan 
keyingi zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham «metafizika» deganda borliq va 
bilishning oliy asoslari to‘g‘risidagi falsafiy tadqiqotlarni tushunganlar. 
Metafizikani ana shunday tushunishni YAngi zamon falsafasiga qadar uchratamiz. 
XVIII asr oxiri, ya’ni ma’rifatparvarlik davrida metafizika dunyo haqidagi 
tasavvurlarning sistemalashgan ko‘rinishi sifatida emas, bilishning alohida shakli 
sifatida tushunila boshlandi. Mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha 
savollarga tugal javob berishga, dunyoni to‘la-to‘kis izohlangan deb ko‘rsatishga 
intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki dunyo haqida muayyan qarash 
to‘g‘ri ekan, bu faqat bugungi dunyoni emas, balki tubdan o‘zgarmasligi kerak 
bo‘lgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab beradi deb o‘ylashgan. Agar bilish 
metodi ob’ektni qandaydir qotib qolgan, rivojlanmaydigan narsa sifatida tadqiq 


223 
etsagina bunday fikr yuritish mumkin bo‘ladi. SHu tariqa metafizika bilish metodi 
sifatida shakllandi. 
Metafizika metodini birinchi bo‘lib I.Kant tanqid qildi. Inson bilimi, Kantning 
fikricha, faqat unga sezgi va idrokda berilgan tajribanigina izohlay oladi. Metafizika 
tushunchasini yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. U o‘z falsafasini tanqidiy 
metafizika deb ataydi va bilishning chegaralari to‘g‘risidagi barcha oldingi falsafiy 
bilimlarni tanqidiy nuqtai-nazardan qarab chiqadi. Kant ta’limotida butun falsafa 
«tanqidiy falsafaga» (ya’ni, uning falsafasiga) va «notanqidiy», dogmatik falsafaga 
(metafizikaga) bo‘linadi. Gegel ta’limotidan boshlab falsafiy bilish metodini ikki 
qarama-qarshi metodga – metafizik va dialektik metodlarga ajratish boshlanadi.
Metafizik, dogmatik tafakkur, bu – insonni qurshab turgan dunyoning va inson 
tafakkurining biron bir tomoni, qirrasi, xossasini absolyutlashtirishdir. Bunday 
fikrlash hodisalarning o‘zaro aloqalari va ta’sirini kam hisobga oladi, unga 
predmetlarning ayrim elementlari va xossalarini farqlantirish va qayd etishni 
absolyutlashtirish xosdir. Metafizik tafakkur aloqalar, o‘zaro ta’sirlar va o‘tishlarni 
nazardan qochirib, o‘zini dunyoning barcha turli-tuman tomonlari, boyligi va 
birligini ochib berish imkonidan mahrum etadi. Agar dialektika aloqalar haqidagi 
ta’limot sifatida namoyon bo‘lsa, metafizika ularni inkor etishga intiladi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling