O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq 
manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Ijtimoiy makon bu insonning dunyoga 
munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o‘ziga xos 
xususiyatlariga tarixiy bog‘liqligidir. U alohida insoniy mano kasb etadi va biosfera, 
sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o‘rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan 
infratuzilma, o‘zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari
jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari 
ko‘rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko‘lamli strukturalar o‘z holicha, xaotik 
tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi obektiv jarayonlarining mahsuli 
hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish darajasini, malum vaqt ruhini o‘zida aks ettiradi. Bularning 
barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura
o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Xulosalar. Borliq haqidagi falsafiy qarashlarni umumlashtirib va bu 
kategoriyalarni bilish insonning umumiy dunyoqarashining rivojiga ijobiy tasir 
ko‘rsatadi degan xulosaga kelish mumkin. 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Borliq tushunchasi va uning asosiy turlari nimalardan iborat? 
2.Substantsiya tushunchasining ma’nosi qanday? 
3.Materiya tushunchasi va uning ilmiy-falsafiy ahamiyati nimalardan iborat? 
4.Harakat fazo va vaqt tushunchalarining mohiyatini izohlab bering. 
5.Sharq mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida olam-falakning doimo harakatda
ekanligi haqida so’zlab bering. 
6.Tabiat tushunchasi ma’nosini aytib bering. Inson tabiatning oliy mahsuli
ekanligini qanday tushunasiz? 
7.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi nimalardan iborat? 
 
 
 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling