O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Tarix vaqti – bu inson vaqti, yani ijtimoiy vaqtning eng oliy darajasidir, 
chunki tarix o‘z-o‘zini yaratuvchi, o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi jarayondir. Individ 
o‘limga mahkum, avlodlar keladi va ketadi, lekin birorta ham hayot izsiz yo‘q bo‘lib 


189 
ketmaydi, yani tarixdan chetda qolmaydi. Tarixiy vaqt o‘limga mahkum bo‘lgan 
odamlarning real hayot faoliyati bilan uzviydir. Ayni paytda u har bir individga 
nisbatan uning substansiyasi sifatida amal qiladi. Bu individ va avlod o‘z asri bilan 
uzviy ekanligini, insonning mohiyati ijtimoiy munosabatlar majmui bilan 
belgilanishini anglatadi. 
«Tarixni odamlar yaratadi» degan tezis va «tarix odamlarni yaratadi» degan 
antitezis sintez yo‘li bilan echiladi: odamlar o‘z tarixi vositasida o‘zlarini o‘zlari 
yaratadilar. Barcha odamlar, barcha avlodlar faoliyatining umumiy mahsuli bo‘lgan 
«tarix daryosi» o‘ziga olg‘a yo‘l ochish bilangina kifoyalanmaydi. O‘z yo‘lida u 
kengayib, suvga to‘lib boradi. Uning oqimi ham jadallashadi, qirg‘oqlari kengayadi, 
tubi yanada chuqurlashadi. Tarixni vaqt nuqtai nazaridan o‘rganish uning «uzunlik», 
«kenglik» va «chuqurlik» mezonlariga muvofiq o‘rganish demakdir. Tarixiy 
vaqtning «uzunligi» deganda asosan uning topologik xossalari: o‘lchamlari, asosiy 
bosqichlarining ketma-ketligi, bu ketma-ketlikning muqarrarligi tushuniladi.
Tarixning «kengligi» - bu tarix chegarasining kengayishi demakdir. Bunda 
kengayish tushunchasini ikki xil manoda: tarixiy jarayon yangi va yangi hududlarni 
qamrab olishi sifatida (kengayishning yuzaki, ekologo-geografik jihati) va «tarix 
doirasi»ning, yani kishilar umumiy tarixiy faoliyati maydonining kengayishi sifatida 
tushunish o‘rinli bo‘ladi (kishilar umumiy tarixiy faoliyati faol tarix ijodkorligiga 
uning yangi va yangi ishtirokchilarini keng jalb qilishni ham nazarda tutadi).
Insoniyat tarixi vaqti – bu uning obektiv vaqtigina emas. U ong fenomeni 
hamdir. Jamiyat, tarix nafaqat obekt, balki subekt sifatida ham maydonga chiqadi. 
Bunda u gnoseologik subektning eng oliy tipi va darajasi hisoblanadi. Ijtimoiy 
ongning yaxlit strukturasida vaqtni anglab etish o‘zini uning alohida, ichki darajasi 
sifatida, jamiyatni tarixiy anglash sifatida namoyon etadi.
Darhaqiqat, tarixiy jarayon insoniyat vaqtda boshdan kechiruvchi 
o‘zgarishlarning umumiy xususiyati va manosi demakdir. Ushbu o‘zgarishlarning 
mazmuni tarixiy vaqtning ichki ziddiyatlari va jumboqlarini belgilaydi. Bu erda 
shunday jumboqlardan ikkitasini ko‘rsatib o‘tamiz.
1. Insoniyat yildan-yilga ulg‘ayib va ayni paytda yosharib boradi. Uning 
ulg‘ayishi yoshiga yosh qo‘shilishi bilan, yosharishi esa – ijtimoiy hayot uzluksiz 
yangilanishi bilan izohlanadi. Insoniyat bolaligi – biz uchun qadim zamon, yangi 
davr esa, aksincha, o‘zimiz yashayotgan zamondir. Ko‘rib turganimizdek, bu 
jumboq tarixiy davrlar tasnifida o‘z ifodasini topadi. 
2. O‘tmishni o‘zgartirish mumkin emas, deb hisoblanadi. Bu fikr tabiat uchun 
mutlaqo o‘rinlidir. Ammo jamiyatda, tarixda o‘tmish o‘zgarishi mumkin. Har bir 
yirik tarixiy voqea nafaqat istiqbolli kuchga, balki retrospektiv kuchga ham ega 
bo‘ladi. Hozirda yashayotgan avlod o‘z izdoshlarini tayyorlash, ularga talim va 
tarbiya berish bilan bir vaqtda o‘z ishlari, g‘oyalarining salafchilarini ham tanlaydi. 
Lo‘nda qilib aytganda, u o‘tmish ummonidan bugungi maqsad, bugungi 
manfaatlarga muvofiq o‘ziga zarur va qadrli bo‘lgan mo‘ljallarni tanlab oladi. 


190 
Masalan, O‘zbekiston mustaqilligining o‘tmishi – bu Muqanna qo‘zg‘oloni, 
Jaloliddin Manguberdi kurashi, Parij Kommunasining o‘tmishi – bu Spartak 
qo‘zg‘oloni va Buyuk fransuz inqilobi, gitlerchilar natsizmining o‘tmishi esa – bu 
«ko‘ppak-ritsarlar» va Barbarossa. Shunday qilib, o‘tmishning mazmuni o‘zgaradi, 
yani u xotirada, kelajak avlodlar munosabatida o‘zgaradi.
Tarix haqida biz uning oqibatlari, yani hozirgi zamonga qarab hukm 
chiqaramiz. Tarixning intihosi insoniyat halokati bilan barobardir. Ammo tarixning 
mazmuni uning obektiv qonuniyati tan olinishi bilangina belgilanmaydi. Amalda 
jamiyatgina emas, balki tabiat ham muayyan qonunlarga muvofiq rivojlanadi. 
Ammo o‘simliklar dunyosining rivojlanish jarayoni ham, hayvonot dunyosining 
rivojlanish jarayoni ham «mazmun»ga ega emas, u faqat insoniyatning rivojlanish 
jarayonida, yani kishilik tarixidagina mavjud.
Inson hayoti mazmunga ega bo‘lgani, yani qadriyat hisoblangani tufayli ham 
insoniyat tarixi mazmunga egadir. Shu manoda insoniyat tarixi mazmunining 
mezoni va ayni paytda uning taraqqiyotini belgilovchi mezon sifatida insonparvarlik 
maydonga chiqadi
1
. Tarixiy jarayon yo‘li, uning yo‘nalishi sirtdan belgilanmagan
lekin u insoniyat tomonidan ham maqsad sifatida qo‘yilmagan va anglab etilmagan. 
Tarixning mazmuni individlarning muayyan maqsadga erishishga qaratilgan 
faoliyatidan kelib chiqadi, lekin uning o‘zigagina bog‘liq bo‘lmaydi va u bilan to‘la 
muvofiq kelmaydi. Tarixning mazmuni deganda inson avlodlarining hayoti va 
almashuvi jarayonlarining obektiv mazmuni tushuniladi. Unda inson borlig‘ining 
murakkabligi, ziddiyatlarga to‘laligi va o‘ziga xosligi bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Har 
kim va hammaning erkin rivojlanishini qaror toptirish uchun kurash bilan bog‘liq 
bo‘lgan har qanday jarayon teran tarixiy mazmun kasb etadi. O‘z shaxsiyatini 
namoyon etish uchun kurashni inson ham tabiiy, ham o‘z faoliyati natijasida 
vujudga kelgan stixiyali kuchlarga qarshi olib boradi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi zamirida orqaga qaytarib 
bo‘lmaydigan jarayon – ijtimoiy ishlab chiqarish yotadi. Bu mexanizmning ishi tarix 
motorigina emas, balki uning soati hamdir. Tarixiy va astronomik soatlar ayni bir 
vaqtni ko‘rsatmaydi. Tarixiy vaqtga nisbatan xronologik shkala tashqi chegara 
hisoblanadi. U voqealarning davomliligi va ketma-ketligini yagona obektiv 
miqyosda ifodalash imkoniyatini beradi. Tarixiy jarayon suratining o‘sishi yoki 
pasayishini faqat shu asosda aniqlash va kuzatish mumkin. Ammo xronologiya 
ijtimoiy rivojlanish yo‘lining mazmuni va xususiyatiga tegishli emas. O‘tmish 
voqealari, hodisalari va obidalarining eng aniq sanasi ham ularning umumiy tarixiy 
jarayondagi sabablari, asoslari va mazmuni haqidagi savollarga javob bermaydi, 
chunki buning uchun jarayon chegarasinigina emas, balki uning manzarasini, yani 
harakatning o‘ziga mos mantiqini ham bilish talab etiladi.
Tarixiy jarayon va uning mazmuni tabiat va tabiiy vaqtga nisbatan malum 
darajada mustaqildir. Bu mustaqillik nisbiydir, chunki jamiyatning o‘zini ham bir 
1
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари.-Т.: Маънавият, 2006. –Б 67.


191 
paytlar tabiat yaratgan. Ammo ijtimoiy hayot rivojlanishi va murakkablashib borishi 
bilan ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari biologik tanlanish qonunlariga nisbatan 
ustunlik qila boshlagan. Ijtimoiy sikllar, yani ijtimoiy hayotning moddiy va manaviy 
ishlab chiqarish qonunlarini ifodalovchi ijtimoiy vaqt sikllari kunlarning birida 
harakatga keltirilgach, keyinchalik bu harakatni immanent sabablar tasirida, o‘z 
zaminida amalga oshiradi. Bu jamiyat tabiatdan xalos bo‘lishini anglatmaydi
aksincha, insonning muhim kuchlari rivojlanishi bilan odamlar tabiatni o‘zlariga 
bo‘ysundirib, shu tariqa u bilan yanada chuqurroq aloqaga kirishadilar, ammo bu 
aloqa biologik organizm va muhit o‘rtasida mavjud bo‘lgan birlamchi, tabiiy 
rishtalardan butunlay farq qiladi, zero bu erda gap ijtimoiy organizmning o‘zini 
qurshagan tabiiy muhitga moslashuvi haqida emas, balki uning yanada kengroq va 
teranroq strukturalarini o‘zgartirishi haqida boradi.
Tabiat inson ishlariga befarq. Tarixiy xronologiya astronomik vaqt 
maromidan o‘z mezoni sifatidagina foydalanadi. Ammo tarixda vaqtni 
xronologiyaning o‘zigagina bog‘lash o‘rinli bo‘lmaydi. Ijtimoiy jarayonlarning 
rivojlanishida yuz bergan sifat o‘zgarishlarini ifodalash ham uning muhim 
tomonlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning yangi tipi, yangi ijtimoiy 
strukturalarning vujudga kelishi, ularning shakllanishi kabi hodisalar asta-sekin yuz 
berishi va asrlarni (qadimgi jamiyatda esa – ming yilliklarni) qamrab olishi tufayli, 
ularning sanasini aniq belgilash mumkin emas va biron-bir tarixchi o‘z oldiga 
bunday vazifani qo‘ymaydi
1
. Insoniyat tarixi boshlangan vaqtni aniqlashning o‘zi 
fan uchun uning imkoniyatlari doirasidan tashqaridagi vazifa hisoblanadi.
Tarixning boshlanishi bir lahzali voqea emas, balki o‘ta murakkab, 
ziddiyatlarga to‘la va ancha davomli jarayondir. Ibtidoiy odamlar o‘rtasidagi 
biologik aloqalar o‘rnini ijtimoiy aloqalar darhol va o‘z-o‘zidan egallagani yo‘q, 
balki ular bilan uzoq vaqt mobaynida yonma-yon mavjud bo‘lib, asta-sekin, 
bosqichma-bosqich ulardan ustunroq mavqeni egallagan va ularni siqib chiqarib, 
dastlabki tobe va tasodifiy munosabatlardan hukmron va zaruriy munosabatlarga 
aylangan. Insoniyat hayotini avlodlar bilan o‘lchash tarixiy vaqtni oldinma-ketin 
keluvchi avlodlar zanjiri sifatida tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Bunda har bir 
avlod mazkur zanjirning bir bo‘g‘ini hisoblanadi.
Insoniyat yoshi boshqacha mezonlarga ega. Bosib o‘tilgan yo‘lni odamlar o‘z 
ishlari, yutuqlari va mag‘lubiyatlari bilan o‘lchaydilar. Hayvonlar va o‘simliklardan 
farqli o‘laroq, inson o‘z hayot yo‘lini, o‘tmishdan kelajakka eltuvchi yo‘lni o‘zi 
tanlaydi, o‘z tarixini, yani o‘z vaqtini o‘z qo‘li bilan yaratadi. O‘tmishda qolgan 
avlodlar – bugungi kunga olib kelgan yo‘ldagi bosqichlargina emas, balki uning 
hammualliflari hamdir. Homo sapiens inson filogenezi tarixida oxirgi va yakuniy tur 
hisoblanadi, shu tufayli ham ijtimoiy tarix tabiiy intihoga ega bo‘lmaydi, u hamisha 
kelajak sari ochiqdir. Insoniyat vaqtda yangi tur sari emas, balki o‘zining yangi 
yutuqlari sari harakatlanadi. Bu yutuqlar qancha ulkan bo‘lsa, tarix shuncha yangi, 
1
Абдуллажонова Д. Тарихий хотиранинг моҳияти ва унинг намоён бўлиш хусусиятлари..
Фалс.фанлари 
номз диссер Автореф
.. –Т.: ЎзМУ
, 2006 – Б. 23.


192 
tarixiy vaqt shuncha yosh bo‘ladi. Ayrim mamlakatga nisbatan ham, ayrim xalqqa 
nisbatan ham u o‘zining har bir tub burilishi, o‘z yo‘lining har bir yangi bosqichi 
bilan birga go‘yoki yosharib boradi: tarixiy rivojlanish jarayonining butunlay 
o‘zgacha imkoniyatlar va istiqbollar ochuvchi yangi bosqichi boshlanadi.
Biologik turdan farqli o‘laroq, odamzot, yani insoniyat tarixi vaqt o‘tishi bilan 
o‘zining har tomonlama, keng rivojlanish qobiliyatini yo‘qotmaydi, balki uni kasb 
etadi va ko‘p karra kuchaytiradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatning 
imkoniyatlari doirasi qisqarmaydi, balki kengayib boradi. Bu insoniyat ulg‘aygani 
sari qarimasligini yana bir karra tasdiqlaydi. Ijtimoiy munosabatlar rivojlangani sari 
yanada etukroq, mukammalroq tus oladi, chunki tarixiy jarayonga yangi va yangi 
omillar qo‘shiladi, tabiatning ko‘r-ko‘rona determinizmiga nisbatan insonning 
mustaqilligi oshadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling