O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 5.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019
Harakat shakllarining tasnifi. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi
tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. XIX asrning saksoninchi yillarida materiya tashkil topishining turli darajalariga asoslanib, materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy harakatni qayd etgan. - mexanik harakat – turli jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga ko‘chishi: mayda zarralar harakati, katta jismlar, shu jumladan kosmik obektlar harakati, materiya harakatining mexanik shakli boshqa har qanday shaklga kiruvchi eng sodda shakl sifatida namoyon bo‘ladi; - fizik harakat – elektromagnetizm, gravitatsiya, issiqlik, yorug‘lik, ovoz, moddalar agregat holatining o‘zgarishini, fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, elektr kuchini qamrab oladi; - kimyoviy harakat – noorganik va organik tabiatdagi turli kimyoviy reaksiyalarni, kimyoviy sintez jarayonlarini o‘z ichiga oladi; - biologik harakat – jonli organizmlarda yuz beruvchi rang-barang biologik jarayonlar; - organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiat sohasidagi asosiy shakllar 176 hisoblanadi. Ulardan yuqorida yanada oliyroq soha – ijtimoiy-tarixiy jarayon mavjud; - ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‘zgarishlarni, shuningdek fikrlash jarayonlarini qamrab oladi. Harakatning har bir shakli nisbatan mustaqil bo‘lsa-da, ularning barchasi bir- biri bilan bog‘liq. Harakatning murakkabroq shakli o‘zidan oldingi soddaroq shakllar negizida vujudga keladi, ularning sintezi hisoblanadi, lekin ularning oddiy yig‘indisidan iborat bo‘lmaydi. Masalan, harakatning biologik shakli harakatning soddaroq fizik-kimyoviy shakllari negizida vujudga keladi, ularni o‘zining sharti sifatida o‘z ichiga oladi va harakatning oldingi shakllari bilan taqqoslaganda uning butunlay yangi shakli hisoblanadi. Xuddi shuningdek harakatning ijtimoiy shakli – kishilik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi ham harakatning biologik va o‘zidan oldingi boshqa barcha shakllarini o‘zining sharti sifatida o‘z ichiga oladi, lekin ularning yig‘indisi emas, balki harakatning butunlay yangi shakli hisoblanadi. Harakat shakllari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tushunish murakkab obektlar va jarayonlarni ilmiy bilish uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatilgan munosabatlar materiya harakati turli shakllarining o‘zaro tasiri bilan tavsiflanadi. Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat rivojlanishining teran aloqalarini endigina aniqlay boshlagan XIX asrning saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‘sha davrda hali ko‘p narsa nomalum, ko‘p narsalarni aniqlash lozim edi. Fan rivojlanishining hozirgi bosqichida harakat shakllarining yuqorida keltirilgan tasnifi to‘ldirish va aniqlik kiritishni talab qiladi. Kimyo, fizika, biologiyaning rivojlanishi, kompleks fanlarning paydo bo‘lishi materiya harakati shakllari rang-barangligining yagona talqini to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini bermaydi. Shu sababli yangi tasniflar paydo bo‘ladi. Masalan, informatsion- kibernetik harakat, astronomik harakat, galaktika doirasidagi harakat, galaktikalar o‘rtasidagi harakat tilga olinadi. Materiya harakati muammolarini yoritishda falsafaning asosiy vazifalari shulardan iborat. Harakatning shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot. reductio – ortga surish) degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud. Dunyo, uning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtai nazaridan ko‘rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning o‘zgarish jarayonlari, XIX asrda nomalum bo‘lgan mikro- va makrodunyo darajasidagi boshqa o‘zgarishlar materiya harakati mexanik, fizik va kimyoviy 177 shakllarining o‘zaro nisbatiga doir masalani yangidan qo‘ymoqda. Bu erda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik harakat ham boshqacha tushunilmoqda: uning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli molekulalar emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar Yer po‘sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar. Download 5.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling