48.
Estetika
insonning voqelikka nafosatli munosabatini, xalq, millat,
jamiyat badiiy tafakkurini hamda borliq, sanat va ijod
jarayonlarining eng umumiy qonuniyatlari, tushunchalari,
mezonlarini go‘zallik asosida anglash, o‘rganish va
o‘zlashtirishga doir nazariy-amaliy faoliyat tizimidir.
49.
Etiket
takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan
odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini
quvontiradigan munosabat hodisasidir. Etiketning qamrovi
keng, u malum manoda xalqaro miqyosda qabul qilingan
muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. U ko‘proq
insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi
o‘zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi.
Muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy
yondoshsa, YAni bir holatda bir necha muomala qilish
imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir
xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqazo etadi.
50.
Ezgulik va
yovuzlik
manaviy axloqiy tushunchalar orasidagi eng muhim
juftliklaridir. E. insonni faoliyatning asl mohiyatini
anglatadi – Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi
sifatida namoyon bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amol»
uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda
etakchi o‘rinni egallashi ham shundan. E.insonga eng kuchli
manaviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy Shaxsga
aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; Shaxsni
komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi
yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli
muayyanlashadi, yuzaga chiqadi.
F
51.
Fahm
insonning aqliy qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi estetik
anglash tuzilmasidagi muhim tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |