O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Mas’ul muharrir: Falsafa fanlari doktori, professor Sh.O.Madaeva


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Mas’ul muharrir: Falsafa fanlari doktori, professor Sh.O.Madaeva 
 
Taqrizchilar: Falsafa fanlari doktori, professor I.S. Saifnazarov
Falsafa fanlari doktori, professor G.T. Mahmudova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
KIRISH
Mamlakatimizning ijtimoiy - siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotida amalga 
oshirilayotgan tub o‘zgarishlar respublikamiz olimlari, faylasuflari va o‘qituvchi-
ziyolilari oldiga Vatanimiz bunyodkorligi va taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi hissa 
qo‘shishi lozim bo‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalash, dunyoqarashini zamonaviy ilm-
fan bilan qurollantirish, yurt istiqboli uchun o‘z sohasining malakali mutaxassisi 
bo‘lib etishishini ta’minlab berishdek mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Insoniyat 
tarixining ko‘hna qadriyati, ilm-fan tizimining uslubiy asosi, inson ruhiy-ma’naviy, 
intellektual borlig‘ining noyob sarchashmasi bo‘lgan falsafa fani ushbu murakkab 
tarixiy jarayonda yosh avlodning hayotiy maqsad va kasbiy ko‘nikmalarini 
shakllantirishda dastur ul-amal bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zining uch ming yillik tarixi bilan falsafa fani olam va odam, jamiyat va 
inson, borliq va bilish muammo hamda munosabatlari qonuniyatlarini talabalarimiz 
bilim, ko‘nikmalari orqali real hayotga yo‘naltiradi. Katta hayot yo‘lidagi murakkab 
vaziyatlarda falsafa fani bilim va ko‘nikmalari masalaning echimini izlash, 
hodisalardan mazmun va ma’no qidirish, kelajak uchun kuch va ichki quvvat 
topishga yo‘l ko‘rsatadi. Qolaversa falsafa demokratik jamiyatning ma’naviy 
hayotini, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa sohalari 
taraqqiyotini belgilovchi muhim omil sifatida taraqqiyotning metodologik 
strategiyasi vazifasini bajaradi.
Sohaning rivoji uchun falsafiy dunyoqarash asoslarini puxta egallash, olam va 
inson mohiyatini falsafiy bilish, borliq va bilishning eng umumiy tamoyillarini 
o‘zlashtirish talab etiladi. Falsafiy tafakkur va dunyoqarash buyuk ilmiy kashfiyotlar 
uchun keng yo‘l ochar ekan, ilm-fan, san’at, siyosat tarixida o‘chmas iz qoldirgan 
buyuk olim va daholarning barchasi falsafiy fikrlash malakasi va madaniyatiga ega 
bo‘lganliklari uchun katta yutuqlarga erishganlar. Ularning barchasi o‘zlarining 
ilmiy, axloqiy, siyosiy, huquqiy, badiiy-estetik g‘oyalari bilan falsafiy tafakkur 
rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ilm-fan, tafakkur tarixi va falsafa hamisha bir-
birini qo‘llab-quvvatlagan. Fan – hozirgi zamonda alohida kasb, ishlab chiqarish, 
soha mutaxasisligini o‘zida namoyon qilsa, falsafa fani bir vaqtning o‘zida 
dunyoqarash, metodologiya va mafkuraviy immunitet sifatida soha egasining 
shuuriy olamining o‘zagini tashkil etishi zarur.
Faylasuf olimlar muallifligi jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu o‘quv 
qo‘llanmani respublikamiz oliy o‘quv yurtlariga falsafa fanidan o‘quv qo‘llanma 
sifatida taqdim etar ekanmiz kelajakda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
ma’rifiy, ishlab chiqarish va boshqa jabhalariga soha egalari sifatida boradigan 
yoshlarimizni kelajak uchun asqotadigan falsafiy bilim ko‘nikmalari bilan 
tarbiyalash, ularda kreativ fikrlash, keng dunyoqarash va ongu tafakkurning 
potensial imkoniyatlarini kashf etish xususiyatlarini shakllantirish asosiy 
maqsadimizdir. Zero, yurt istiqbolini belgilashga mas’ul bo‘lgan ziyolilar, turli kasb 
egalarining jamiyatga mas’uliyati, hayotiy prinsiplari falsafiy qadriyatlar-
insonparvarlik, yaratuvchanlik, adolat, haqiqat ustunlariga bog‘liq bo‘lsagina, yangi 



tipdagi shaxsni shakllantirish va kamol toptirish masalasi hal etilishi mumkin. 
Kasbga sadoqat vatanparvarlik, gumanizm, yaratuvchanlik va demokratik tamoyillar 
bilan ongu shuurdagi tafakkur tarzida uyg‘unlashsagina o‘zining kutilgan natijasini 
bera oladi. 
Ushbu qo‘llanmani tayyorlashda ilmiy guruh masalaga ijodiy yondoshishga, 
falsafiy fan tarmog‘i va har bir mavzuga mutaxassis tajribasidan kelib yachiqqan 
holda jiddiy yondoshishga harakat qildi. Jumladan, qo‘llanmaning “Kirish” qismi va 
SHarq falsafasiga tegishli 2-mavzu f.f.d., prof. SH.O.Madaeva tomonidan yaratildi, 
G‘arb falsafasiga tegishli 3-mavzu f.f.d., prof. SH.O.Madaeva va yosh tadqiqotchi 
olim X.I.Toshov tomonidan hammuallifdikda yozilgan. 1- va 4-, 8- mavzular f.f.d., 
prof. N.A SHermuxamedova tomonidan tayyorlangan. 6-mavzu f.f.d., prof. 
SH.O.Madaeva va f.f.n., dots Qodirqul Ro‘zmatzoda hammuallifligida yaratilgan. 
Bilish nazariyasiga tegishli 5-mavzu f.f.n., dots. X.P.To‘xtaev tomonidan yozilgan. 
7-mavzu f.f.n., dots D.A.Po‘latova muallifligida yozilgan. Global muammolarning 
falsafiy masalalari f.f.n., dotsentlar M.I.YOqubova va D.M.Bozorov ilmiy 
hamkorligida tayyorlangan. Mantiq sohasiga tegishli paragraflar mantiqshunos 
olimlar f.f.n, dotsentlar M.SH.SHaripov, D.E.Fayzixo‘jaevalar tomonidan yozilgan. 
Falsafaning etikaga tegishli qismi f.f.n., dots. L.A.Muxamadjonovna muallifligida 
yaratildi. Estetika qismi esa f.f.d., prof. M.A.Nurmatova, f.f.n., dots. B.E.Xusanov 
hammuallifligida taqdim etildi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling