O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar. Hindistonda falsafagacha bo‘lgan 
fikrlar uchta manbada mujassamlashgan: Vedalar, Maxobxorat, Bxagadvita. XX 
asrda yashab ijod etgan hind faylasufi Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, 
“Maxobxorot”-yakka, indivudual ong emas, milliy ong ijodi, xalqning o‘zi 
to‘g‘risida yozgan poemasidir”
1
, - degan edi. Qadimgi hind falsafasi shakllanish 
davri to‘rtga bo‘linadi. 
1.Vedalar davri (er.avv.1500 – 600 y.). Bu davr oriylarning joylashishi va ular 
madaniyatining yoyilishi, “o‘rmondagi universitetlar”ning paydo bo‘lishi davri.
2.Epik davr (er.avv. 600- 200y.) – ilk upanishaddan darshanlar yoki falsafiy 
sistemalargacha bo‘lgan davr. Bu davrda buddizm, jaynizm va boshqa ko‘plab diniy 
ta’limotlar paydo bo‘ladi. 
3. Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) –qisqa 
va umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri.
4. Sxolastik davr (eramizning ikkinchi asridan boshlanadi). U mohiyatan 
avvalgi davrga o‘xshab ketadi. 
Vedalar eramizgacha uchinchi ming yillikda yig‘ila boshlagan. Vedalar jami 4 
ta: Rigvedalar– gimnlar to‘plami, Samavedalar – (“Saman” qo‘shiqlar to‘plami), 
YAjurveda – (yajus qurbon qilish formulasi, qurbon qilishning formulalari to‘plami, 
Atxarvaveda (Atxarvak afsonaviy koxin nomi) – magiya va qasamlar to‘plami. Har 
bir veda adabiyoti samxitlardan, ya’ni matnlardan tashkil topgan. Xususan 
Rigvedalar 1028 gimndan tashkil
Vedalar davrida dastlabki ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik o‘lchamlar, 
arifmetik hisoblar, xususan o‘nlik sanoq sistemasiga oid fikrlar mavjud bo‘lgan. Ilk 
upanishad davridayoq vujudga kelgan ilmiy bilim kurtaklari mifologik 
dunyoqarashdan keyingi hind falsafasining ikkinchi ma’naviy manbai bo‘lib xizmat 
qilgan. 
Upanishad (atrofida o‘tirish) - ustoz oyog‘i oldida o‘tirib bilim olishni 
bildiradi. Bu upanishadga mansub asarlarda ko‘rsatmalar, o‘gitlar ko‘pligidan 
dalolat beradi. Ayni paytda, upanishadalarda shoh saroyidagi disputlar, suhbatlar o‘z 
aksini topgan. Upanishadlar soni 200 tadan ko‘proq. Ulardan ba’zilari she’r, 
boshqalari proza, uchinchi bir turlari aralash ko‘rinishda bitilgan. Upanishadlar ikki 
yarim ming yildan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming 
yillik oxiridan boshlab eramizning ikkinchi ming yillari o‘rtalarigacha). 
Upanishadlar mualliflari yashirilgan, lekin unda real shaxslar, xususan, braxmanlar 
va bilimli kshatriylar harakati sezilib turadi.
1
Иқтибос қуйидаги манба бўйича: Нижников С.А. История философии. Курс лекций. –М.: Экзамен, 2004-
С.29. 
Бу ҳақда қаранг: Шарипов М, Антик фалсафа.Ўқув қулланма, 2017 йил. 


58 
Upanishadlarda ongning to‘rt holati ajratilib, tavsiflanadi: uyg‘oqlik, uyqu, 
chuqur uyqu (tushsiz) va sof ong-turiya. Upanishadlarda “hayot nafasi” tushunchasi 
(pranlar) muhim o‘rin tutadi. Asta-sekin jonning ko‘chib yurishi konsepsiyasi 
(sansara), o‘tmishdagi xulq-atvor, amallar uchun javob berish (karma) to‘g‘risida 
qarashlar shakllana boradi. Taqdirni aynan karmaning belgilashi aytib o‘tiladi. 
Insonning xulq-atvorini, axloq qonunini dxarma belgilaydi. 
Hind falsafiy sistemalarini
odatda veda g‘oyalari,
an’analariga bo‘lgan 
munosabatiga ko‘ra ikki guruhga: astika va nastikaga ajratiladi. Astikaga vedalar 
avtoritetini e’tirof etadigan, ortodoksal, mumtoz sistemalar – vedanta, nyaya, 
vaysheshika, yoga, mimansa va sankxyalar mansub. Vedalar avtoritetini tan 
olmaydigan ta’limotlar qatoriga lokayata, buddizm va jaynizm kiradi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling