O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Islom dini yuzaga 
kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va 
O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlari tarixida 
nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy - siyosiy va madaniy 
hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida 
Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Arabistonning qulay geografik hududi 
G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani 
tutashtirib turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. 
Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarim orolning turli hududlarida turlicha bo‘lgan. 
Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan 
shug‘ullangan. Yarim orolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi 
qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Milodiy I asrda 
Arabistonning janubi – g‘arbiy qismida shahar – davlatlar vujudga kelib, IV–VI 
asrlarda bu erda Makka, yasrib, Toif kabi yirik shaharlar vujudga keladi. 
Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalarda 
urug‘–qabilaviy munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining paydo 
bo‘lish jarayoni kuchaydi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura 
sifatida tarix sahnasiga chiqdi. 
“Islom” arabcha so‘z bo‘lib, tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, 
tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini ta’limoti Qur’on va hadislarda bayon 
etilgan. Qur’on muqaddas manba hisoblanib, unda islomiy qonun qoidalar, iymon-
e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. Sunna hadislar 
majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin keladigan muqaddas manbadir. Islom dinining 
ontologik asosi tavhid g‘oyasiga, ya’ni yagona olloh tomondan butun borliqning 
yaratilishi haqidagi ta’limotga asoslanadi. Gnoseologik asosi esa, insonni ollohni 
anglash yo‘lidagi jismoniy, ruhiy, ma’naviy holat jarayonlarini va oxir oqibatda 
ollohni bilish va unga birlashib ketish g‘oyasini ilgari suradi. Islom dinining 
ontologik va gnoseologik masalalarini talqin qilishda, ularga teologik va aqidaviy 
yondoshuvlar, shuningdek siyosiy masalalarda islomga e’tiqod qiluvchilar bir necha 
oqim va yo‘nalishlarga bo‘linib ketganlar.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling