95
11-MAVZU: SHISHA MATERIALLAR
Tayanch so’zlar: shisha, bezash, konstruksiya, Shlak, tosh
eritmasi, Sital, buyumlar tayyorlash texnologiyasi, silikatlar, kvars,
gologen, antik Egipet, kvars qumi ohaktosh, soda, natriy sulfati,
shisha tayyorlash texnologiyasi, silikatli shisha, vitrine, ko‘zgu
oynalarini silliqlash .
11.1. Umumiy ma’lumotlar
Shisha
va
shisha
tayyorlash
jarayoni
antik
Egipet,
Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40
asrlarda
ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo
mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib
kelgan.
11.1-rasm. Shisha materiallar.
O‘zbekistonda mustaqillik tufayli
shisha va shisha buyumlar
ishlab chiqaruvchi zavodlar, sexlar ko‘paymoqda. Shular jumlasiga
1996 yilda qurib
ishga tushirilgan Chirchiq, quvasoy shisha
zavodlarini kiritish mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur
o‘tkazuvchi,
shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun uch
qatlamli
shishalar
ishlab
chiqarish
yo‘lga
qo‘yilmoqda.
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga
bo‘linadi: kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli,
fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.);
ishlatilish
sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik, shisha idishlar va
shisha tolalar.
11.2. Shisha ishlab chiqarish
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi
ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini
96
pishirish haroratini
pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati
qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha
olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi (Na
2
Si0
3
). qorishma
tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: