O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 


160 
3. AMALIY MASHG„ULOTLAR 
3.1.
Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash tartibi
amaliy mashg„ulotlarni mazmuni va ularni bajarilishga oid ko‟rsatmalar 
«Texnik tizimlarni boshqarish» fanidan amaliy mashg„ulotlarning maqsadi 
talabaning nazariy olgan bilimlarini to„ldirish, transport vositalari, traktor yoki 
qishloq xo„jalik mashinalari(QXM) avtomatik boshqarish tizimlari(ABT)ni 
loyihalashdagi asosiy bosqich bolgan loyihalanayotgan tizimni nazariy tadqiq 
qilish, ya‟ni hisoblash va tahlil qilish bo„yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lish. 
Ushbu maqsadni mukammal tarzda amalga oshirish uchun ABT ni loyihalash 
amaldagi tartibi [8] bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. 
Texnik qurilma va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini 
loyihalash odatda buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan texnik topshiriq va 
boshlang„ich ma‟lotlar asosida maxsus loyihalash tashkiloti tomonidan amalga 
oshiriladi. Topshiriqda loyihalanadigan tizimning maqsadi, vazifalari aniq 
tavsiflanishi lozim, shuningdek, uning funksional imkoniyatlari ko„rsatilishi kerak. 
Taqdim qilingan hujjatlar asosida loyihalash tashkiloti ob‟ektni boshqarishning 
struktur sxemasini (statsionar ob‟ektlar uchun), shuningdek, avtomatlashtirishning 
funksional sxemasini tuzib chiqadi. Ushbu sxemalar asosida nazorat qilinadigan, 
xabar (signal) berilishi lozim bo„lgan va boshqariladigan parametrlar aniqlab 
olinadi, shuningdek, xomaki ravishda avtomatlashtirish vositalari majmuasi va 
asbob-uskunalari ro„yxati shakllantiriladi. 
Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashning keyingi bosqichi – texnologik 
jarayonni boshqarish ob‟ekti (BO) sifatida tadqiq qilish, ya‟ni uning matematik 
modelini tuzishdan iborat. Muayyan holatdan kelib chiqgan holda, yakunda BO 
ning uzatish funksiyasini aniqlash imkonini beradigan analitik yoki eksperimental 
modellashtirish usullaridan foydalanish mumkin. Aniqlangan uzatish funksiyasi 
ob‟ektni boshqarishning optimal algoritmini tanlash va boshqarish qurilmasi 
(rostlagich)ni ishlab chiqish (yoki tanlash) uchun asos bo„ladi. 


161 
Keyingi bosqichda qabul qilingan boshqarish algoritmini amalga oshirishni 
ta‟minlovchi texnik vositalar to„plami tanlanadi, bunda avvalam bor, seriyalab 
ishlab chiqarilayotgan, Davlat asbob (pribor)lar tizimiga (GSP) MDH davlatlariaro 
standartiga va xalqaro standartlar (ISO) ga kirgan asboblar va texnik vositalar afzal 
ko„rilishi lozim. O„ta qat‟iy asoslangan hollardagina GSP va ISO ga kirmagan 
asboblarni qo„llash maqsadga muvofiq. Bunda tanlab olingan qurilmalar va 
avtomatlashtirish vositalarining sozlash parametrlari qabul qilingan boshqarish 
algoritmi (boshqarish qonuni)ni amalga oshirishini tam‟minlashi lozim. 
Sozlash parametrlari hisoblash metodlari quyidagilar o„z ichiga oladi: 
- birlamchi o„lchash o„zgartkich (O„O„)lar - datchiklarni tanlash; 
- kuchaytiruvchi - o„zgartiruvchi, boshqaruv komandasini shakllantiruvchi 
qurilmalarni tanlash; 
- ijro mexanizmlarini tanlash. 
BO lari asosan elektr energiya hisobiga ishlaydi. Shu sababli avtomatik 
tizimni loyihalashdagi keyingi qadam tizimning prinsipial elektrik sxemalarini 
ishlab chiqish bo„ladi. So„ngra tegishli apparat vositalarini buyurtma qilingandan 
keyin ularni manbalarga ulash va aloqa sxemalarini ishlab chiqiladi, zaxira 
almashuvchi qurilmalar loyihalanadi. 
Loyihalashning yakuniy bosqichida avtomatik tizimning puxtaligi va 
iqtisodiy samaradorligi hisoblab aniqlanadi. 
Yuqorida ta‟kidlanganidek, amaliy mashg„ulotlarning maqsadi - talabaning 
nazariy olgan bilimlarini to„ldirish va mustahkamlash, muayyan bir topshiriq 
bo„yicha avtomobillar, traktorlar va qishloq xo„jalik mashinalarida qullaniladigan 
avtomatik boshqarish tizimlarini loyihalash jarayonining muhim tarkibiy qismi 
bo„lgan ABTni hisoblash va tahlil qilish ishlarini bajarish bo„yicha amaliy 
ko„nikmalarga ega bo„lishdir. 
Ushbu maqsadga quyidagi tartibda amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish 
va ularni o„zlashtirish asosida erishiladi:
1. Transport vositalari, xususan, avtomobillarda qo„llaniladigan avtomatik 
elektron tizimlarning turlari va qisqartma ko„rinishida belgilanishlarini o„rganish.


162 
2. Shaxsiy topshiriqda berilgan transport vositalari, traktorlar va QXMlari 
ABT (yoki ART) ga o„xshash avtomatik tizimlarning tavsiya qilingan adabiyotlar 
bo„yicha prinsipial (konstruktiv) sxemalarini o„rganish va ulardan birini tanlash, 
tanlangan tizimning prinsipial sxemasi va ishlash prinsipini tavsiflash. 
3. Tanlangan ABT ni funksional elementlarga ajratish, ularni kirish va 
chiqish kattalik (signal)larini aniqlash va funksional sxemasini tuzish. 
4. ABTni tipik (elementar) zvenolarga ajratish va ularni uzatish 
funksiyalarini tanlash. ABTning struktur (algoritmik) sxemasini tuzish va talaba 
shaxsiy topshirig„i boshlang„ich ma‟lumotlarida berilgan ABT ni tashkil qiluvchi 
zvenolarning uzatish koeffitsientlari va vaqt doimiylari qiymatlaridan foydalangan 
holda tizimning umumiy uzatish funksiyasini hisoblab aniqlash. 
5. ABTni tahlil (analiz) qilish. Uning turg„unligini Raus-Gurvits va 
Mixaylov mezon (kriteriya)lari yordamida baholash, tizim noturg„un bo„lgan holda 
sxemaga va uning elementlari parametrlariga tizimning turg„unligini ta‟minlovchi 
tuzatishlar kiritish.
6. Tizimning sifat ko„rsatkichlarini bilvosita usulda - o„tish xarakteristikasini 
qurmasdan uning haqiqiy chastotaviy xarakteristikasi orqali taqriban baholash. 
7. ABT ning ish jarayonini sifat ko„rsatkichlarini aniqlash uchun o„tish 
xarakteristikasini EHM yordamida qurish va tahlil qilish, ya‟ni sistemaning sifat 
ko„rsatkichlarini bevosita usulda aniqlash. 
Mashg„ulotlar davomida guruh talabalari biror bir transport vositasi QXM 
yoki traktorni ABTni hisoblash va tahlil qilish bo„yicha vazifalarni o„qituvchi bilan 
birgalikda auditoriyada bajaradilar. Mustaqil ravishda bajarish uchun har bir 
talabaga o„qituvchi tomonidan shaxsiy topshiriq mavzusi va varianti beriladi. 
Amaliy mashg„ulot bo„yicha shaxsiy topshiriqlar mashinalarning ABT 
bo„yicha 10 ta mavzudan iborat bo„lib, har bir mavzu buyicha 10 ta variantda 
boshlang„ich ma‟lumotlar – ABTni tashkil qiluvchi funksional elementlarning 
uzatish koeffitsientlari va vaqt doimiylari qiymatlari ko„rinishida ushbu qo„llanma 
ilovasidagi jadvallarda berilgan. 


163 
Har bir ABT mavzu bo„yicha topshiriq ma‟lumotlari jadvali so„ngida 
mavzuga tegishli ma‟lumotlarni olish uchun ushbu qo„llanmada tavsiya qilingan 
asosiy va qo„shimcha adabiyotlarning ro„yxatidagi tartib raqamlari berilgan. 
Talaba o„z shaxsiy topshirig„iga tegishli ma‟lumotlarni tavsiya qilingan 
adabiyotlardan olishi mumkin. Har bir mashg„ulot davomida va o„qituvchi 
belgilagan qo„shimcha maslahat soatlarida talaba o„z shaxsiy topshirig„ini 
bajarishga oid maslahatlar olishi mumkin. Mashg„ulotlar va shaxsiy topshiriq 
bo„yicha yozuvlar va hisoblashlar maxsus daftarda rasmiylashtiriladi va o„qituvchi 
tomonidan tizimli tarzda baholab boriladi. 
Quyida topshiriqning har bir bo„limini bajarish bo„yicha qisqacha nazariy 
ma‟lumotlar va turli ABTlarni qamrab olgan ushbu bo„limlarni bajarish 
na‟munalari keltirilgan. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling