O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti axborot tizimlari


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana22.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1715090
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axborot tizimlari (2) (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI TOSHKENT 
DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
AXBOROT TIZIMLARI
fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun 
O‘QUV-USLUBIY KO‘RSATMA
TOSHKENT - 2016


Tuzuvchilar: Sagatov M.V., Karimova D.K., Irmuhamedova R.M.,
«Axborot tizimlari» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun 
o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, - Toshkent, ToshDTU, 2016. 62b.
Ushbu 
o‘quv-uslubiy 
ko‘rsatma 
quyidagi 
mavzular bo‘yicha 
laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi: matnli protsessorlar yordamida 
hujjatlarni tayyorlash, elektron jadvallar, ma'lumotlar bazasini boshqarish 
tizimi, vektorli va rastrli grafikaning dasturiy vositalari, MathCAD yoki 
MatLab tizimlarida ishlash asoslari, HTML tili yordamida Web-sahifalar 
yaratish texnologiyalari. O‘quv-uslubiy ko‘rsatma magistrlar uchun 
«Axborot tizimlari» fani bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun 
mo‘ljallangan.
Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashi qarori 
asosida nashr etildi.
Taqrizchilar: 
Zaynidinov X.N. - Toshkent axborot
texnologiyalari 
universiteti, 
“Axborot 
texnologiyalari” kafedrasi professori, t.f.d.
Yakubov A.A. - ToshDTU, “Boshqaruvda 
axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, 
t.f.n.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2016
2


1 - laboratoriya ishi.
MS Word matn m uharirida murakkab elektron hujjatlarni
yaratish va qayta ishlash.
Ishdan maqsad: Matn muharriri MS Wordda ilmiy-texnik hujjatni 
yaratish, qayta ishlash va unda gipermatn yaratish imkoniyatlarini 
mukammal o’rganish.
Topshiriq.
1. Ilmiy-texnik hujjat uchun mavzu tanlang.
2. Hujjatni MS Word dasturi yordamida kompyuterga kiriting va uni 
dastur imkoniyatlaridan foydalanib qayta ishlang.
3. Hujjatga turli ma'lumotlar fayllariga murojaat qilish uchun 
gipermurojaat qo‘shing.
4. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlang.
Nazariy qism.
Hozirgi zamonda turli ko‘rinishdagi hujjatlarning elektron versiyalari 
mavjud. MS Word 2007, 2010, 2013 - matn muharririning zamonaviy turi 
bo‘lib, u turli hujjatlar yaratish, turli murakkablikda ularni formatlash
ularga rasmlar, diagrammalar, formulalar, gipermurojaatlar qo‘shish 
imkoniyatini beradi. Hattoki, bu hujjatni elektron pochta orqali ixtiyoriy 
manzilga uzatish mumkin.
Hozirgi hujjatlar gipermatn ko‘rinishida tuziladi, ya'ni matnda 
gipermurojaat elenmenti mavjud. MS Word ham shu imkoniyatni beradi. 
Gipermatn yaratish jarayoni bilan to’liqroq tanishamiz.
Gipermurojaat yaratish. Gipermurojaat - rangli va tagiga chizilgan 
matn yoki grafik ob'ekt bo‘lib, uning ustida sichqon bosilganda ushbu 
hujjatdan boshqa faylga, matnning ixtiyoriy bo‘lagiga o‘tish bajariladi. 
Gipermurojaat Gopher, Telnet, FTP tizimidagi yangiliklar guruhiga ham 
murojaat qilishi mumkin.
Agar gipermurojaatlarni avtomatik formatlashtirish o‘chirilmagan 
bo‘lsa, Microsoft Word www.microsoft.com singari mavjud web- 
sahifalarning adreslari kiritilishi bilan avtomatik tarzda gipermurojaatlar 
yaratadi. Mustaqil ravishda murojaatlar yaratish ham mumkin.
3


Buning uchun quyidagi amallardan birini bajaring.
Mavjud bo‘lgan yoki yangi hujjat, fayl, web-sahifaga 
gipermurojaat kiritish.
1. Gipermurojaat sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan matn yoki grafik 
ob'ektni ajrating, so‘ngra MS Wordning bosh menyusidan Вставка 
bo‘limiga kirib, undan Ссылки 
bo‘limostini tanlang, tavsiya etilgan 
ob'ektlardan Г иперссылка tugmachasini bosing.
2. Quyidagi amallardan birini bajaring (1.1-rasm):
Вставка гиперссылки

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling