O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo’lim tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi chizmachilik o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi


Geometrik chizmachilikni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 81.88 Kb.
bet5/6
Sana04.11.2023
Hajmi81.88 Kb.
#1746996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti

2.2. Geometrik chizmachilikni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Chizma geometriya - geometriyaning fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash va ular yordamida fazoviy masalalarni yechish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. Chizma geometriya insoniyatning amaliy faoliyatida astasekin vujudga kelgan; u inshootlar va mashinalarni loyixalashda, tasviriy sanʼat va boshqa sohalarda qoʻllangan. O’rta Osiyo meʼmorlari xam gumbazli binolar, koʻpriklarni loyihalashda geometrik shakllardan foydalanishgan. Hozir xam xar xil geometrik shaklli bino va inshootlarni qurishda Chizma geometriya usullari keng qoʻllaniladi.
Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlashning 2 usuli bor: markaziy proyeksiyalash va parallel proyeksiyalash. Masalan, narsalarning fotosuratlari va yorugʻlik nurlaridan jismlarning tekislikda hosil boʻlgan soyalari markaziy proyeksiyalashdir. Markaziy proyeksiyalash usuli bilan yasalgan tasvir perspektiva deb ataladi. Perspektivadagi tasvirda figuraning qaqiqiy shakli va oʻlchamlarini aniqlab boʻlmaydi (1rasm). Parallel proyeksi ya l ashda markaziy proyeksiyalashdagi proyeksiya markazi 5 cheksiz uzokda deb faraz qilinadi. Parallel proyeksiyalashda proyeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlarning aniq yoʻnalishi berilishi kerak. Quyosh yoki Oy nuridan jismlar soyasining paydo boʻlishi parallel proyeksiyalashga misol boʻladi.5
Figuralarni oʻzaro perpendikulyar ikki tekislikka toʻgʻri burchakli proyeksiyalash ortogonal proyeksiyalash deb ataladi. Baʼzan, chizmani mukammallashtirish maqsadida gorizontal va frontal tekisliklarning ikkalasiga ham perpendikulyar boʻlgan tekislik (profil tekisligi) dan foydalaniladi. Ortogonal proyeksiyalar vositasida chizmalar oson yasaladi, ortogonal proyeksiyada (izometriyada) tasvirlangan narsa oʻlchamlari (boʻyi, eni, balandligi)ni bevosita aniklash mumkin (2rasm). Lekin bunday chizma buyum toʻgʻrisida yaqqol tasavvur bermaydi. Undan, ayniqsa, murakkab figuralarning fazoviy shakllarini koʻz oldiga keltirish qiyin. Shuning uchun narsaning ortogonal proyeksiyalash asosida yasalgan tasviri uning aksonometrik proyeksiyasi bilanMuhandislik qurilish ishlarida koʻpincha sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar deb ataluvchi usuldan foydalaniladi. Bunda nuqtalar proyeksiyalar tekisligiga ortogonal proyeksiyalanib, proyeksiya yoniga nuqtaning tekislikdagi vaziyatini ifodalovchi sonlar — balandliklar koʻyiladi. Bu chizma ayoniy boʻlishi uchun bir xil balandlikdagi nuqtalar orqali balandliklar chiziti oʻtkaziladi. Agar yer sirtini (relyefini) chizmada tasvirlash lozim boʻlsa, gorizontal proyeksiyalash tekisligidan foydalaniladi. Bunda sathchiziklari gorizontallar deb ataladi. Gorizontallarning shakli va joylashishiga qarab yer sirtining tasvirlanayotgan qismi toʻgʻrisida tasavvur hosil qilish mumkin. Gorizontallar tizimi yordamida sirtni bunday tasvirlash usuli topografik usul deb ataladi (3rasm). Chizma geometriya usullari meʼmorlik, tasviriy sanʼat, texnika va boshqa sohalarda keng qoʻllanadi.


Xulosa
Bizga ma’lumki har bir fanning paydo bo‘lish tarixi uni qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligidan, qadimiyligidan, jamiyatning taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasidan dalolat beradi. Chizmachilikning rivojlanishi rasm chizishdan boshlangan. Qadimda misrliklar turar joylarni, saroylarni, ibodatxonalami qurishda eng oddiy usul bilan boisada, bu inshootlarning shakl va o‘lchamlarini tasvirlay olganlar. Qadimgi zamon odamlari, qoyalarga o‘yib ishlangan rasmlar, devorlardagi naqqoshlilik, xattotlik san’ati va shunga o‘xshash tasvirlar o‘sha davr xalqlarining chizma sohasidagi birinchi tushunchalarini aks ettiradi. Shaharlarning saqlanib qolgan planlari, binolarning plan va fasadlari hamda turli hujjatlar buning dalilidir. Chizmachilikka oid dastlabki ma’lumotlar eramizdan 300 yil mu- qaddam paydo boigan. Rim me’mori va muhandisi Mark Vitruviy (miloddan avvalgi 1- asrning ikkinchi yarmi) tekislikda binolarning tasvirlarini yasash yo‘larini ishlab chiqqan. Bu bilan u to‘g‘ri burchakli proyeksiyalar yasash ishiga asos solgan. O‘zbekistonda Quyimozor va Oqtomda arxeologlar tomonidan qazish ishlari olib borilganda eramizdan oldingi 2-1- mingyilliklarga taalluqli odamning olddan va yonidan ko‘rinish tasviri topilgan. VI-VII asrga oid kumush idishda binoning me’moriy fasadi tasvirlangan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib chizmachilikning barcha turlari asosi hisoblangan geometrik chizmachilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha yasash usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bitta proyeksiyada bajariladi. Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo‘lib, ular buyumlarning o‘lcham, shakl, og‘irlik, material va boshqa sifatlarini ko‘rsatadi. Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma-xillikka barham beriladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishiladi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’i nazar, to‘g‘ri tushunilishi ta’minlanadi

Download 81.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling