37
Ba‟zan davlat tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar
yaratish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida
bilvosita qo‘llab-
quvvatlash choralarini ishga soladi. Bilvosita qo„llab-quvvatlashda
davlat
ma‟lum bir sohalarda to„g„ridan-to„g„ri tadbirkorlik subyektlariga
imtiyozlar
yaratmasdan, balki ularga xizmat ko„rsatuvchi tarmoqlar
korxonalariga imtiyozlar yaratadi.
Bundan asosiy maqsad ushbu
korxonalarning
tadbirkorlarga
yetkazib
berayotgan
tovar-moddiy
qiymatliklari hamda xizmatlarining narxini sezilarli darajada pasaytirish va
pirovard natijada tadbirkorlik subyektlariga qulay iqtisodiy sharoitlar
yaratib berishdir.
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1.Tadbirkorlikni har tomonlama qo„llab-quvvatlashning zarurati nimadan
iborat?
2. Qanday dasturlar asosida kichik tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash
tizimi amal qilmoqda?
3. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo„llab- quvvatlash
tadbirlari qanday shakllarda amalga oshiriladi?
4. 2005-yil 16-iyundagi O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining
“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlar to„g„risida”gi
Farmoni mazmunini
ifodalab bering.
5. Kichik biznesning afzalliklari nimalardan iborat?
6. Korxonalarning o„ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo„llab –quvvatlash turlarini
aytib bering?
8. Xo„jalik yurituvchi subyektlarga litsenziya berish tartibi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: