О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 251.11 Kb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1490894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tarbiya

II-Bob Tarbiya amallari
2.1 Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi.
Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning sayi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:

  • O’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o’quvchi tarbiyasining qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo’qotishga;

  • Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro’y beradi;

  • a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to’xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni engib o’tish;

  • b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, to’g’rilik, yaxshilik, go’zallik, ma’suliyat, ong va xatti-harakat birligi yotadi.

O’qituvchi yo’l qo’yadigan:


Birinchi xato - o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga olmaslikdir. Bola o’zining individualligi bilan boshqalarga o’xshamaydi, u betakror. Uning o’ziga xos individual xususiyatlarini bilmay turib o’quv-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etish va o’quvchilarga puxta bilim berish mumkin emas. Ko’pchilik o’qituvchilar o’quvchining xarakterli xususiyatlarni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayrim o’qituvchilar o’quvchidagi chetga chiqish xollarini ko’rmaydilar. Vaholanki bu chetga chiqish bolaning xul-atvoridagi noxushliklarning asosiy manbai bo’lishi mumkin. Bu esa o’qituvchining puxta o’ylagan pedagogik qaror qabul qilishiga imkon bermaydi. Agar yosh pedagoglar o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi salbiy tomonlarni o’z vaqtida ularga ko’rsata bilmasalar, hozirgi holatda bolalar uchun ancha ahamiyatli bo’lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo’li bilan ulardagi o’tkazib yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo’ladi.
Ikkinchi xato - bolalarda ro’y berayotgan fikrlash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatini yetarlicha hisobga olmaslik, ularning bilimlarini o’zlashtirish sur’atidagi ortiqcha baho berish o’quv jarayonida o’rtacha o’quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv sistemasi xususiyatini e’tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda darxol to’g’ri yo’l topa oladilar, vazifalarni tez bajaradilar, boshqalari esa sustkash, harakatlari ham erkin bemalol emas. Uchinchilarda – bilimlarni o’zlashtirish sur’ati juda sekin va hakozo.
Agar o’qituvchiga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa uning o’qishda orqada qolishi kuchayadi u jamoada psixologik muvozanatsizlik, yolg’izlik, ishonchsizlik ranj-alam hissini boshdan kechiradi. Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo’lishi uning shaxsini o’zgarishiga olib kelmaygina emas, balki yana tashkil etilgan va ijobiy yo’nalishda bo’lgan jamoaning unga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirib yuboradi.
Umuman olganda o’qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali bilimlardan iborat bo’lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining o’z xatolarining oldini olish va ularni bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat darajasini oshirish ishlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bu o’rinda;
a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib borish;
b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit yaratish;
v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo’llardan hisoblanadi.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchini tushunish, uni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va uning rivojlanishini davom ettirish uchun faqat tarbiyasi og’ir o’quvchilarning tashqi belgilarini ko’ra bilishgina emas, balki avvalo tarbiyasi qiyinlik manbaalarini o’rganish lozim. Yomonlikka qarshi kurashishdan oldin, uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qodirligingizni o’ylab ko’ring.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o’tish davri” ning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan o’quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis, ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o’zgarishlar davrida qiyinchiliklar paydo bo’lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o’smirning rivojlanishi ikki xususiyat: intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishida to’xtalish, xatto nomutanosibliklar bo’lishi mumkin. Shuni qo’shimcha qilish kerakki, jismoniy rivojlanishidagi chetga chiqishlar psixik omil sifatida ham namoyon bo’ladi va jismoniy nosog’lom bolalarning emotsional holatiga ta’sir etadi. Bunday bolalarning psixik rivojlanishida ham chetga chiqish kuzatiladi: psixikaning ayrim funksiyalari notekis rivojlanadi yoki rivojlanishda orqaga qoladi, surunkali psixik kasalliklar, yomon irsiyat, nevroz, psixozisteriya xastaligi, nevrasteniya va hakozo. Bularning hammasi bolalarning xulq-atvorida tajovuskorlik, dag’allik, qo’pollik, urishqoqlik, o’y-hayolga botish, loqayd bo’lib qolish, beparvolik paydo bo’lishida ifodalanadi. Tabiiyki, bunda bolalarning ta’lim va tarbiyasida qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Bunday bolalarning tarbiyasi qiyinligini bartaraf etishga yondashuv – bu kasallikning davolanishini “rahm-shavqat pedagogikasi“ ning alohida tadbirlari bilan qo’shib olib borishdan iborat. Uning asosida o’quv – tarbiya jarayoni talablarini amalga oshirishda, jazolashdan oldin rag’batlantirishi metodining ustun kelishida, psixoterapevtik ta’sir metodlari va usullarini qo’llashda kasal bolalarga individual yondashishni o’z ichiga oluvchi davolash pedagogikasi asoslari yotadi.
Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari bilan bog’liq bo’lgan bolalar va o’smirlardir. Bu aqliy jihatdan o’smay qolgan yoki xaddan tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo’lishi mumkin. Yana bu bolalar xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va boshqalardir.
Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar va o’smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish pedagogik sabablar bilan bog’liq bo’lib, barqaror harakter kasb etgan bo’ladi. Pedagogik qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto’g’ri tushunish, baholashning buzilgan mezonlari bilan harakterlanadi.



  • Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator xatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik, shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya harakatlardir.

  • Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea xodisalardan turlicha emotsional ta’sirlanish; voqea va xodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava xolati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash, darg’azab bo’lish, yig’loqilik, o’zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mexr-muhabbat va yaqinlik tuyg’usining yo’qligi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning boshqa kishilar bilan bo’ladigan aloqalariga, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan xilma-xil faoliyat turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvofaqqiyatsiz bo’lishiga ta’sir etadi. Bu chetga chiqishlarning paydo bo’lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo’lqligi, bolaning yolg’iz ota yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o’quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo’qligi bunday sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo’qligi, bolalarni huquq normalariga zid faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm o’tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik” metodlari ham bor.
O’quvchilarni pedagogik qarovsizlik sabablarini xali yosh, sharoitlar yomon, axir odam tarbiya ko’rmay o’sadida qabilidagi ochiq-oydin talqin qilishdan ogoh bo’lish qilish lozim. Hamma narsa bolaning muxitining ijobiy va salbiy ta’sirlarini qanday idrok qilishga bog’liq. G.A.Fortunatov shunday deb yozgan edi: “bolaning harakteri faqat muxitning ta’siri ostida rivojlanmaydi, balki bolaning munosabatlari o’z muhitida qanday shakllanganligi, u shu muxitda nimalarga qiziqishiga ham bog’liq bo’ladi… Agar bir bolada ichkilikbozlik, beadablilik va sho’xliklar qiziqish uyg’otsa, boshqasida ular qo’rquv, vahima, jirkanish yoki nafrat va qarshilik xissini uyg’otish mumkin” . Pedagogik qarovsiz qarovsiz bolalar va o’smirlarning belgilarini ancha batafsil ta’riflagach, shuni ta’kidlaymanki, bu tarbiyasi qiyinchilikning ancha murakkab tipi. Bolalar bu nuqsonni engib o’tish uchun maxsus yondashuvga, aynan qayta tarbiyalashga ehtiyoj sezadilar. Bu jarayon esa bola shaxsining uch soxasiga: ongiga, axloqiga va emotsional-irodaviy soxalariga uzoq vaqt davomida pedagogik ta’sir ko’rsatishni talab etadi.

Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling