О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 251.11 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1490894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tarbiya

Oʻzini oʻzi ruhlantirish amali. Oʻquvchilar guruhlarga ajralib, bir-biriga maʼlum savollar bilan murojaat qiladilar, Berilgan savol va javoblar solishtirilib, soʻngra muhokama qilinadi.
Erkin mavzuda suhbatlashish amali. Bunda har bir tarbiyalanuvchi oʻzi qiziqadigan biror mavzu boʻyicha hikoya tuzadi va guruhdagilarga hikoya qilib beradi.
Uchinchi guruhga oʻqituvchilarning oʻquvchilarga atrofidagi muhitni oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan tashkiliy faoliyatlariga qaratilgan amallar kiritiladi.
Koʻrsatma berish amali. Tarbiyalanuvchilarga muomalaga va xulq-atvor qoidalariga tayanib, berilgan topshiriqlarni bajarish soʻraladi. Tarbiyalanuvchilar oʻyin qoidalariga muvofiq oʻz mulohazalarini bildirishlari mumkin. Takliflar jarayonida har bir tarbiyalanuvchining mavqeini himoyalash inobatga olinadi.
Rollarni taqsimlash amali. Ushbu tarbiya amalida tarbiyalanuvchilar berilgan mavzuni bilishiga qarab rollar taqsimlanadi va ular topshiriqni bajarishi soʻraladi.
Bundan tashqari uchinchi guruhda topshiriqlarga tarbiyalanuvchilar ijodiy yondashtirish maqsadida har xil obrazli oʻyinlar tarzidagi amallardan foydalanish mumkin.
Umuman bola tarbiyasida har bir kichkintoyga shaxs sifatida qarab, fazilatlaridan kelib chiqib amallarni bajarishga yoʻnaltirish, har biriga eʼtiborni kuchaytirish va amallar doirasini kengaytirish lozim.

2.2. Bolalalikning turli yosh davrlarida tarbiyaning o’ziga xosliklari.
Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi. Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui. Tarbiya ta’lim bilan uzviy bog’liq. Ta’lim tarbiyaning muhim vositasi bo’lib, ko’p maqsad va vazifalarga u texnika, adabiyot, san’at, ommaviy informasiya va propagada vositalari (matbuot radio, televideniye) ham tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi.
Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi. Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur. Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi. Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol o’ynaydi.
Ibtidoiy jamiyatda tarbiya alohida faoliyat deb qaraolmagan, yosh avlod tomonidan keksa avlodning hayot tajribalarini shunchaki o’zlashtirishdan iborat bo’lgan. Tarbiya asosan mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek turli urf-odat va o’yinlarni o’tkazish vaqtida amalga oshirilgan.
U avvalo o’sib kelayotgan avlodning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo’lgani tufayli hamma bolalar deyarli bir xilda tarbiya olgan. Erkaklar bilan ayollar o’rtasida mehant taqsimot o’g’il bilan qizlar tarbiyasidagi tafovutni keltirib chiqadi.
Sinflar vujudga kelishi bilan tarbiya sinfiy bo’la bordi. Ekspluatatorlar sinfi unda o’z hukumronliklarini mustahkamlash uchun foydalandilar. Quldorlik davrida badavlat kishilar o’sha davrdagi turli o’quv tarbiya muassasalarida tarbiyalangan va ta’lim olgan. Qullar va ularning bolalari og’ir jismoniy mehnat uchun tayyorlangan. Feodalizm davrida tarbiya tabaqalashtirilgan holda olib borildi. Xususan O’rta Osiyoda saroy ahillari, zadogonlar bolalarini tarbiyalash uchun maxsus murabbiylar tayinlab qo’yilgan. Kambag’allarning bolalari asosan uyda keyinroq ustaga shogird tushib tarbiyalanganlar. Feadalizm davrida diniy tarbiya asosiy tarbiya hisoblangan.
Ko’pgina rivojlangan demokratik mamlakatlarda davlat tarbiya muassasalarining keng tarmog’i yaratilgan bo’lib, ularda tarbiyaviy ish maxsus pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonidan planli va sistematik ravishda olib boriladi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar tarbiyasida maktab yoshidagi bolalar muassasalari muhim rol o’ynaydi. O’quv tarbiyasi muassasalari ichida maktab alohida o’rin egallaydi. Bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda maktabdan tashqi muasasalar maktab bilan birga ish olib boradi. Internat maktablarda, liseylarda, kasb-ho’nar kollejlarda, mehribonlik uylarida, o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham katta tarbiyaviy amallar ishga oshiriladi. Yoshlarning axloqi va dunyoqarashining shakllanishida oliy o’quv yurtlarida ham muhim rol o’ynaydi. Katta yoshlilar tarbiyasi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot jarayonida, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari, madaniy oqartuv muassasalari (kutubxona, klub, madjaniyat saroylari) olib boriladi.
Ma’lumki, shaxsning rivojlanganlik darajasida ta’minlovchi asoslar dastlab oilada yaratiladi. I.A.Karimov ta’kidlanganidek «bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi».
Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi.
Oila tarbiyasi – oilada ota-onalar, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy kuch oilaviy tartib, ya’ni oila a’zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va boshqa katta kishilarning xulq atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, yashash sharoiti va harakati. Oila qanchalik tartibli, uni a’zolari o’rtasidagi munosabat samimiy bo’lsa, oila tarbiyasi bolaning shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Oila tarbiyasi bolaning ilk go’daklik davridan boshlanadi. Oilada uning sog’lig’i, jismoniy kamoloti, to’g’ri ovqatlanishi, uxlash rejimi, ozodalik va shu kabilarga ahamiyat beriladi. Bolada yoshlikda boshqalarga taqlid etishi kuchli bo’lganligi sababli oiladagi kattalar uning nojo’ya hatti-harak qilishliriga yo’l qo’ymaslik lozim. Bolaning aqliy taraqqiyoti, undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham haroakat qilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. Bolaning aqliy taraqqiyoti, undagi ijobiy hislatlarning shakllanishiga ham ilk yoshligidan ahamiyat beriladi. Bola katta bo’lgan sari oila tarbiyasi ham murakkablashadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga har narsaga qiziquvchanlik, intilish juda kuchli bo’ladi. Bu davrda oilada bolaning hatti-harakatini qat’iy nazorat qilib, ijodiy faoliyatga undagi yo’lga solish, qobiliyatining o’sishiga ahamiyat berish zarur. Oilada bolaning hayotiga mos rejim o’rnatish uni tartibli bo’lishga odatlantiradi, o’z xulq atvorini boshqarish ko’nikmasini hosil qiladi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotida o’yin asosiy o’rin tutadi. Ota-ona bolalarining va ularning o’yinlarini vaqt-vaqti bilan nazorat etishlari kerak.
Bolaning katta ilk yoshligidanoq bola gigenasi tartibi va jismoniy mashqlarni muntazam o’rganib borish lozim(bolalar va o’smirlar gigiyenasi). Bu ishda kattalarning o’rnak bo’lishi muhim o’rin tutadi.
Oilada mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb etishdan boshlanadi. Bolaning ilk mehnat tajribasi (kiyimini o’zi kiyish, o’rin ko’rpasini yig’ishtirish, idish tavoq yuvishi, gulga suv quyishi va shu kabilar) kelgusida uning mehnat faoliyati samarali bo’lishiga asos bo’ladi, yana ham murakkabroq vazifalarga undaydi. Oila madaniyatining o’sishi, turmushda radio, televideniye, gazeta, jurnallardan keng foydalangan bolaning aqliy tarbiyasiga jiddiy tasir ko’rsatadi. Bolaning hayotdagi kuzatishi o’sgan sayin kattalarga savollar bilan murojaat qilishi tabiiy holdir. Bunday savollrga diqqat bilan quloq solish, ularga yetib boradigan darajada tushuntirish, mustaqil o’rganishlariga yo’llanma berish bilan ota-ona bolaning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Kinoteatr, televideniye bolaning estetik taassurotlarini boyitadi, lekin ulardan rejali, maqsadga muvofiq foydalanilgandagina yaxshi samara beradi. Bolaning soatlab televizor ekrani oldida o’tirishi uning sog’lig’i va tarbiyasiga zarar yetkazadi, badiiy asarni yuzaki idrok etishga o’rgatadi. Bola o’z hissiyot va fikrlarini mustaqil ijod etish-rasm solish, ashula aytish, o’ynash orqali ifodalanishiga imkon berishi muhimdir.
Bolaning maktabga chiqishi doimo maktab ta’siri bilan muvofiq holda bo’lishi kerak. Oilaning vazifasi – bolalarni o’quv materiallari ustida mustaqil ishlashga, chidam bilan bilim olishga o’rgatishdan iborat. Ota-ona o’z bolalarini o’quv, uy vazifalarini tayyorlashlariga zaruriy yordam ko’rsatishlari bilan cheklanib qolmasdan, pedagoglar bilan aloqa bog’lab, bolaning maktabdagi hayoti bilan tanishib borishlari ham lozim. Yigit va qizlar o’smirlik davrirdagi hayotda o’z yorinlarini topish, kasb tanlash kabi hayotiy masalalarga duch keladi. Ota-ona bu davrda ularning nimaga qiziqishlarini kuzatib, o’rgatib, kasb tanlashlariga yordam berishlari zarur. Bolalarda jinsiy uyg’onish davrida ota-ona ular organizmi va psixikasida jinsiy o’zgarishlarni sekin-asta tushuntirishlari, ularga gigiyenik maslahatlar berishlari, axloqiy hissiyotlarini tarbiyalashlari lozim.
Bolaning oiladagi tarbiyasida ota-onaning obro’si muhim ahamiyatga ega. Oiladagi kattalarning har bir xatti-harakati, bir-birlari bilan muomilalari, ishlab chiqarishdagi mehnati, jamoa ishida ishtirok etish- yoshlar taqlid etishi uchun eng yorqin namunadir. jamoa
Uyida tinchi yo’qning har qayerda tinchi yo’q deydilar. Darhaqiqat, oilasida baxtli bo’lgan kishi har qayerda ham –ishxonada, ko’cha-kuyda, do’stlar davrasida, sayru-sayohatda ham kayfiyati yaxshi bo’lib, ko’ngli ochilib, xursand yuradi. Bordi-yu, kishi oilada tinchi bo’lmasa, uyidan ko’ngli to’liq bo’lmay, o’zini baxtsiz sanar ekan, har doim bu baxtsizlik soya tashlab turadi va kishining ko’ngli chekkasi doim xafagazak bo’lib turadi.
Oilada totuvlik muhitining, oilaviy baxtning barqg’arorligi bir necha omillarga bog’liq, chunonchi, er-xotin o’rtasidagi chuqur mehr-oqibat, o’zaro hurmat va do’stlik, oila a’zolari o’rtasidagi qadr-qimmat, o’zaro sadoqat va h.k. Bu omillar qotarida ota-ona va kattalar bilan bolalar o’rasidagi munosabat alohida o’rinda turadi. Biz bu o’rinda ana shu muhim omil ustida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Qariyalar, ota-onalar o’z turmush tajribalari orqali biroz bo’lsada, farzandlarning psixologik xususiyatlaridan xabardorlar. Lekin bu xabardorlik aksari umumiylik xususiyatiga ega bo’lib, bolalarning yosh va individual xususiyatlariga asoslanmagan bo’ladi. Shu tufayli ko’p oilalarda aksari ota-ona bilan bolalar o’rtasida «anglashilmovchilik g’ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o’zgartirish lozim.
Ota-onalar farzandlarining o’zlariga xos psixologik xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari zarur. Ayni vaqtda ular bolalarda ham katta yoshdagilarda va qariyalarga nisbatan iliq muhabbat, hurmat munosabat ideal sifatida qarash kabi his tuyg’ularni shakllantira borishi kerak. Farzandlarga qilingan yumshoq va qo’pol muomila ularning ruhiy dunyosida albatta ijobiy yoki salbiy taassurot qoldiradi. Bunday taassurot oqibati bolalarning o’yinlariga va o’qish faoliyatiga ham ta’sir qiladi. Shunga ko’ra, qariyalar va ota-onalar farzandlarining fe’l-atvorini, qiziqishini, umuman olganda ularning ruhiy dunyosini chuqur bilganlaritaqdirdagina oilada chinakam totuvlik muhiti mavjud bo’lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonalariga oyoq bosishlari bilan o’yin faoliyati o’sib o’tadi. O’qituvchi bilan notanish bolalar bilan muomila qilish ular uchun noqulay vaziyatni vujudga keltiradi. Ba’zi bolalar bunday holatning oldini olish uchun uni ortiqcha erkalatmaslik, qo’ygan talablarini hamisha amalga oshiravermaslik kerak. Uning o’rniga yangi vaziyatni bolaga sabr-toqat bilan tushuntirib borish zarur.
Bolalarga oilada talab bir xil bo’lishi yaxshi natija beradi. Ularga noto’g’ri yoki qalbaki ma’lumotlar, axborotlar berishdan saqalnish ma’qul. Bolaga yolg’on javob berish orqali ota-onaning farzand oldida obro’si pasayadi. Chunki u uyda olingan javob bilan o’qituvchisining javobiga solishtiradi va shu asnoda kim haq yoki nohaq ekanligini aniqlaydi. Bolalar tasavvurda boshlang’ich sinf o’qituvchisi donishmand, bilimdon sifatida namoyon bo’ladi.
Oilada kattalar obro’si qo’quv tug’dirish asosida emas, balki samimiylik, iliq hurmat zamirida namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining o’zaro inoqligi, hatti-harakati, o’zga kishilar to’g’risidagi suhbatlari va ularning shaxsiy sifatlari bolaninshg murg’ak tasavvuriga yangi obrazlarni olib kirdi.
Kichik yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan hamda kishilarga ishonuvchan bo’ladilar. Ota-onalar ularning bu xususiyatlarini e’tiborga olgan holda munosabatda bo’lsalar oilada totuvlik qaror topadi.
O’smirlik davrida (11-15 yoshlar) bolalarning ruhiy dunyosida katta o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlarga qator omillar sababchi bo’ladi. O’smirning biologik rivojlanishi, maktab pedagogik jamoa tarkibining kengayishi, tevarak-atrof muhiti va boshqa omillar shular jumlasidan. Endi o’smirning maktabda, oilada, ko’cha-kuyda o’zini tutishi o’zgaradi, ijtimoiy-siyosiy masalalarga qarashi boshqacharoq tus oladi. Xuddi shu davrda o’smirlarning to’z shaxsiy fikrini qattiq ushlash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo’lish, kamchiliklarga o’z vaqtida iqror bo’lmaslik, o’jarlik, o’zbilarmonlik, o’zini kattalardek his etish xususiyatlari ko’zga tashlana boshlaydi.
Ota-onalar o’smirlar bilan muloqotga kirishida ularning izzat-nafsiga tegmaslik hamda ularni kalaka qilmaslik zarur. Aks holda ularning ota-onaga bo’lgan muhabbati, samimiy hurmati o’rnini ko’ngil sovish, nafrat hissi egallashi mumkin. O’smirga haqiqatni silliq muomila orqali tushuntirish, uni ko’proq mas’uliyatli vazifalarni bajarishga tortish, diqqatini salbiy narsa va obyektlardan chetga burish lozim. Bu narsa o’smirda ishonch hamda oddiy g’urur hislarini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, uni ota-ona oldidagi farzandlik burchini yurakdan, qalb amri bilan katta mas’uliyat bilan ado etishga chorlaydi.
O’smirlarning jinsiy tarbiyasiga rahnomolik qilish ota-onalarni farzandlarga yanada yaqinlashtiradi. Ota-ona hayotda farzandning murabbiysi, maslahatgo’yi, sirdoshi bo’lishi kerak.
Bitta oilada kamol topayotgan o’smirlarning yurish-turishi, mehr-oqibati, aqliy kamoloti turlicha bo’ladi. Shuning uchun ular bilan muomila qilishda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan ish tutsa, oilada o’zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik hamda sog’lom psixologik muhit vujudga keladi. Bu o’rinda otaning onaga yoki aksincha onaning otaga qilgan muomilalari ham shu muhit shart-sharoitiga tubdan mos tushishi shart. Chunki ota-onaning o’zaro totuv hayot kechirishi oilaning tarkib topishi borasida asosiy va eng muhim omildir.
Ilk o’spirinlar esa (16-18 yoshlar) o’zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa bolalardan keskin farq qiladilar. Ular endi ham jinsiy, ham jinsiy, ham aqliy jihatdan ancha voyaga yetgan yigit-qizlardir. Ularda shaxsiy dunyoqarash, xarakter xislatlari, o’z-o’zini boshqarish kabi individual-psixologik xislatlar tarkib topgan bo’ladi. Ular vazmin xarakterli, mulohazali, katta yoshdagilarga hurmat ehtirom bilan qarovchi, ota-oanalarning ham endilikda shu o’spirin farzandlari bilan maslahatlashib ish tutishlari, didlariga, mulohozalariga quloq solishlari, umuman ularning rayiga qarashlari, ko’p o’rinda hisoblashishlari lozim.
Ba’zan o’spirinlar orasida tarbiyasi qiyinlar ham uchraydi. Ota-onalar ularga boshlovchi sabablarni aniqlab, unday illatlarga qarshi kurash olib borishlari shart. Agar bu mushkullik oilada psixologik muhitga salbiy ta’sir etaversa, bu haqda pedagog jamoaga va keng jamoatchilikka murojaat qilgan ma’qul.
O’spirinlik davrida insoniyat uchun eng muqaddas, nozik tuyg’u-muhabbat kurtagi paydo bo’ladi. Shu tuyg’u tufayli o’spirinning ruhiy olamida ayrim o’zgarishglar yuz beradi. Ota-onalar farzandlarining bunday tuyg’usidan xabardor bo’lishi, bu yo’lda unga to’g’ri maslahatlar berishi, namunalar keltirishi, endigina kurtak yozib kelayotgan murg’ak tuyg’usiga bolta urmasliklari kerak. Ba’zi o’spirinlarda ko’pincha kiyinishi, yurish-turishida haddan tashqari bachkanalik hollari uchrab turadi. Bunday paytda ota-onalar majbur qilish, haqoratlash, farzandning izzat-nafsiga tegish yo’li bilan emas, balki samimiy suhbat orqali tushuntirish orqali ta’sir etish va oqibat natijasini eslatish orqali uni bu yo’ldan qaytarish mumkin.
O’spirinlarga kasb tanlash jarayonida to’g’ri yo’llanma berish, ularning qiziqishlari bilan hisoblashtsh juda muhim. Ayrim ota-ona farzandlarini o’z mayliga, intilishiga, ra’yiga qaramasdan oliy o’quv yurtlarigsha kirib o’qishga majbur qiladi. Natijada bo’lajak kasbini sevmagan yigit va qiz o’quv dargohini tashlab ketadi. Bunday ko’ngilsiz hollar oila tinchligini buzadi, farzandlar bilan ota-ona o’rtasida qattiq koyinishlar vujudga keladi.
Shunday qilib, oiladagi psixologik sog’lom muhit, totuvlik hamisha mavjud va barqaror bo’lishi uchun qariyalar, ota-onalar o’z farzandlarining ruhiy dunyosini bilishlari va ularning individual-tipologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olib ish tutishlari maqsadga muvofiq. Farzandlar esa, o’z navbatida, qariyalarning, ota-onalarning psixologik xususiyatlaridan xabardor bo’lishlari va ular bilan muloqat qilishda ehtiyotkorlik ko’rsatishlari zarur. Ana shu ikkiyoqlama o’zaro sog’lom va oqilona munosabat oilada sog’lom psixologik muhitning vujudga kelishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
11 yoshdan to 14-15 yoshgacha bo’lgan davr balog’at yoshi hisoblanadi. Bu yoshda o’g’il va qiz bolalar tez o’sish, ulg’ayish pallasini boshdan kechiradi.Jismoniy o’sish, jinsiy yetilishruhiy dunyosida keskin o’zgarish ayni shu davrdan boshlanadi. Katta yoshdagi odamlar so’ziga bajonidil quloq solib kelgan o’g’il va qiz bu davrga kelib mustaqillikka intiladigan, kattalar talabiga binoan emas, o’z hohishi bilan ish qiladigan, ularning o’git-maslahatlariga tanqidiy munosabat bildiradigan bo’lib qoladi.
Lekin balog’at yoshiga yetayotgan bolalarning hammasini ham shunday deb bo’lmaydi. Ba’zi bir bolaning asab tizimi kuchli, muvozanatli, epchil bo’ladi. Hissiyot, kayfiyat, qiziqishlari va intilishlari jud o’zgaruvchan. Bunday bolalar begona odamlarga tez ko’nikib va kirishib ketadi, oldiga qo’yilgan talab va sharoitlarga osonlikcha ko’nikadi. Turmush va o’qish malakalarini kam vaqt sarf qilib o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Ikkinchi bir turdagi bolaningsh asb tizimi kuchsiz, muvozanatsiz, sust bo’ladi. Bu turga mansub bola sezgir, lekin o’zini ushlay olmaydigan, tinimsiz, harakatchandir. So’z berdimi albatta uni bajaradi, ammo diqqatini bir faoliyat turidan ikkinchisiga ko’chirishdan ko’pgina qiyinchiliklarga uchraydi. Noxush holatlarni tez unitadi. Ruhiy dunyosida paydo bo’ladigan holat va jarayonlar sur’ati tez, ya’ni ularning almashinuvi qisqa fursatda amalga oshadi.
Uchinchi bir xususiyatga ega bo’lgan bolaning kayfiyati yorqin namoyon bo’lmaydi, shu sababdan uni kuldirish, jahlini chiqarish yoki umuman kayfiyatini buzish uni kuldirish, jahlini chiqarish yoki umuman kayfiyatini buzishi qiyin. Oila quchog’ida yoki maktabda hamma biror narsa yuzasidan qg’attiq kulgan mahalda ham vazminligicha qola beradi. Ko’ngilsiz hodisalar yuz berganda ham o’z tinchligini buzmaydi. Qilgan harakatlari kuchsiz, ifodasiz bo’ladi. Biroq g’ayrati, ishchanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bunday bolaning asabi kuchli, muvozanatli, lekin sust xususiyatga ega. Chidamliligi, turli sharoida o’zini tuta bilishi bilan hyech mahal boshqa bolalarga o’xshamaydi. Harakatlarining sur’ati, nutqning darajasi past, ruhiy holatlari ichki kechinmalariga aylanib ketgan. «Ichimdan top» degan xalq iborasi shunday o’g’il va qizlarga mos keladi.
To’rtinchidan guruhga xos bolada sezgirlik xislati mavjud bo’ladi-yu, biroq asabi kuchsiz, faollikdan yiroqdir. Shuning uchun arzimagan narsadan ko’ziga yosh keladi. Bunday o’smir o’g’il va qiz juda arazchan bo’lib, biror ishni bajarishga botinib kirisha olmaydi. O’z kuchiga ishonchsiz, maktab, jamoat joylaridagina emas, balki oilada ham tortinchoqlik qiladi. Ozgina qiyinchilikka duch kelsa barcha narsadan voz kechib qo’ya qoladi. Sodir bo’layotgan voqyea va hodisalarga ishonchsiz hamda shubhali qaraydi.
O’smirlik yoshi davrida qarama-qarshi jinsga moyillik hislari paydo bo’ladi. Jismoniy kitobdar o’qthish, ichki dunyoga berilash, yolg’izlikka tortish, ishqiy kitoblar o’qish, kino tomosha qilish, katta yoshdagi odamlar so’ziga quloq solish tabiiy hol hisoblanadi. Shuningdek, bu yoshda o’g’il-qizlar o’zlarining tashqi qiyofalariga ko’proq e’tibor bera boshlaydilar. O’g’il bolalarda durustroq kiyinish, oynaga qarash ishtiyoqi tug’iladi. Qizlar ham oynaga ko’proq qaraydi, o’zlariga pardoz berishni, go’zal bo’lishni istaydi. Bu ham tabiiy holdir.
Chunki o’z tashqi qiyofasini tarbiya qilish insonga xos muhim hislatdir, shu boisdan uni inkor etish mumkin emas.
Balog’at davrida kattalik hissi vujudga keladi. Kattalarga, ularning nima qilayotganliklariga, o’zlarini qanday tutayotganligiga ko’proq razm sola boshlaydilar. Katta yoshdagilarning ularga nisbatan avvalgi yosh bolaga qilingan munosabatda bo’lishlari noxush his-tuyg’u uyg’otadi. Ota-onalar, o’qituvchilar bilan o’smirlar munosabatidagi nizoning bosh sababi ularning istak va hohishlari bilan kattalarning hisoblashmasligida sodir bo’ladi.Afsuski, ayrim-ayrim katta yoshdagilar o’smirning voyaga yetib qolganligiga e’tibor qilmaydilar, goho uning ulg’aydiganligini sezmaydilar. Kattalar tomonidan o’rinsiz tanbeh, kesatish, har bir nirasani buyruq berish orqali bajarish hollari o’smirda yomon kechinmalarni keltirib chiqaradi.
Vohalanki, bu davrga kelib o’g’ilmi yoki qizmi uning voyaga yetganligini tan olib kattalarday muomila qilish lozim bo’ladi. Ularda tug’ilgan kattalarday ko’ngil ochish, sayr qilish, xushmuomilalik bilan foyda va zarar tomonlarini anglatib borish maqsadga muvofiqdir. Shunday payt ota-onalar, o’qituvchilar o’smir yoshdagi o’g’il va qizlarni mohirlik bilan qaryirib olmasalar, ular noto’g’ri yo’lga kirib ketishi, tarbiyasi safiga qo’shilishi mumkin. Keyinchalik bu yo’ldan, noxush xatti-harakatlardan ularni qaytarib olish ancha mushkul bo’ladi.
Bolag’at davrida o’smirlarning ovqatlanishiga ham alohida e’tibor berish keark, chunki organizmidagi tinimsiz harakatlar modda almashinuvi kuchaytiradi. Organizmi ko’proq yuqori kuch-quvvatga ega vitaminlarga boy ovqat talab qiladi. Lekin achchiq, sho’r taomlar iste’mol qilish zararlidir. Tungi ovqat yengil va oz miqdorda iste’mol qilinishi zarur.
Balog’at davri murakkab va nozik davr hisoblanadi. Shuning uchun o’smirlarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda qat’iy ohang bilan farmoyish va buyruq berishdan voz kechib ishonch, maslahat yoki iltimos ohangida fikr almashib ish tutmoq tarbiyaviy jarayonda samarali natija beradi. Aksincha, buyruq mensimaslik salbiy qo’zg’alishlarni yuzaga keltiradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, mustaqil bo’lishga intilayotgan o’smirlar bu davrga kelib kattalarga hamisha tobe’ bo’lib yashashni istamay qoladilar. Shu sababdan ular ustida doimo nazorat qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki hamma narsa o’z me’yorida bo’lgani ma’qul.


Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling