O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi
Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi
Download 125 Kb.
|
kurs ishi (4).doc talaba
1.2 Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi.
Yordamchi so’zlarning grammatik morfemalarga o’xshash tomoni ularning morfemalar kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi (ammo, va, sayin, kabi), qo’shimchasimon shaklda bo’lishi (-u, -yu, -da; -ki (-kim); -dek (-day), -cha) va boshqalar. Biroq yordamchi so’zlarning grammatik morfemalardan farqli tomoni shundaki: 1) ular gap bo’lagi, so’z birikmasi, gap sathida sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat ko’makchilar uchun xos. Chunonchi, 1. Yaxshi bilan yursang etarsan murodga, YOmon bilan yursang qolarsan uyatga (Maq.) 2. To’lqinlarning kuchli na’rasi, Yulduzlarga qadar etardi. (Uyg’.) 2) gap bo’laklari yoki gaplarni o’zaro bog’laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog’lovchilar va yuklamalar keladi: 1. Xonaga baland bo’yli, biroq oriqqina yigit salom berib kirdi. (S.A) 2.Saida bu gapni aytdi-yu, chiqib ketdi. (S.Ahm.) 3) so’roq, inkor va sh.k. gap ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi (yuklamalar). Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlar va so’z-gaplar оralig’ida «оraliq uchinchi» maqоmini оladi. O’z navbatida, yordamchi so’zlar ham o’z ichida umumiy bеlgilariga ko’ra оraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya’ni bоg’lоvchilarda bоg’lash, yuklamalarda gap mundarijasiga ta’sir qilish mоhiyatni bеlgilash darajasida bo’lsa, ko’makchilarda sanalgan har ikki bеlgi mushtarakdir. Bu ularning «оraliq uchinchi»lik mavqеini ko’rsatadi. Yordamchi so’zlarning shakliy xususiyatlariga ko’ra turlari. Yordamchi so’zlar shakliy хususiyatariga ko’ra: a) qo’shimchasimon yordamchi so’zlar; b) sof yordamchi so’zlar; v) nisbiy yordamchi so’zlar. Qo’shimchasimon yordamchi so’zlar har uchala yordamchi so’zlar tarkibida uchraydi. Ko’makchilar orasida -dek/-day,-cha, bog’lovchilar orasida –ki/-kim; -u, -yu,-da affikssimon yuklama - bog’lovchilar, yuklamalar orasida -mi, -chi, -a, -ya, -ku,-o q (-yo q), -da, -gina kabi qo’shimchaga o’xshash yordamchi so’zlarni uchratish mumkin. Qo’shimchasimon yordamchi so’zlar shaklan qo’shimchaga o’xshaydi, ammo yordamchi so’zlarning vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1.Po’latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo’ladi. (O.Muх.) 2.Shu payt o’g’ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog’iga otildi. (Oyb.) 3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm) Sof ko’makchilar sirasiga avvaldan ma’lum uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so’zlari; sof bog’lovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, go’yo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatoriga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi so’zlari kiradi. Nisbiy yordamchi so’zlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo’lgan so’zning yordamchi vazifasida qo’llanilishi (old, orqa, avval, bo’ylab, boshlab…) yoki tabiatida “shakldoshlik” mavjud bo’lgan birliklar tushuniladi. Masalan, “yolg’iz” sifat turkumiga oid so’z yuklama o’rnida (YOlg’iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg’ir yog’adi, vaqtida qor gapida vaqtida so’zining vazifasi bog’lovchilarga yaqindir. Bunga o’xshash misollar nutqimizda ko’p uchraydi. Yordamchi so’zlarning boyishida yana bir yo’l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o’tishidir, aniqr-og’i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo’lgan ko’makchi-bog’lovchi, bog’lovchi-yuklamalarning mavjudligi. Masalan, bilan, deb, deya kabilar ko’makchi-bog’lovchilardir. Ushbu ko’makchilarning bog’lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog’lovchi-yuklama qo’llanilgan, ya’ni ammo bog’lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan. Bugungi kunda yordamchi so’zlarni har tomonlama o’rganish, ularni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda. Ona tili fanida yordamchi so‘z va yordamchi qo‘shimcha shakllar, ya’ni yordamchi birliklar muayyan bir hodisa hisoblanib, ona tilini o‘rganishda o‘ziga xos o‘ringa ega. Chunki nutqimiz boyligi, sayqalligi, muxtasarligi, uslubiy ravonligi bevosita yordamchilar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama)dan o’z o’rnida foydalanishga ham bog‘liq. Shu bois, Yordamchi so’z turkumlari ona tili barcha sinflar kesimida o’qitiladi. Ushbu maqolada yordamchi so’z turkumlarimi o’qitishda zamonaviy innovatsion metodlarning ahamiyati o’rganiladi va amaliy tavsiyalar beriladi Download 125 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling