O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi”
Bajardi: Abduraxmonova Mahzuna Avaz qizi
Ilmiy rahbar: Lutfullayev Jahongir Amirovich
Jizzax-2023
Mundarija.
Kirish………………………………………………………………………………..
I BOB.
1.1. Yordamchi so'z turkumi haqida tushuncha…………………………………
1.2. Yordamchi so’zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi…………………
1.3.
II BOB.
2.1. Ko'makchi haqida ma'lumot………………………………………………….
2.2. Bog'lovchi haqida ma'lumot…………………………………………………
2.3. Yuklama haqida ma'lumot…………………………………………………….
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Kurs ishining predmeti:
Kurs ishining obyekti: Ona tili darslarida yordamchi so'z turkumini o'tishning ahamiyatini ko'rsatish
Kurs ishining maqsadi: Ona tili darslarida yordamchi so'z turkumi tarkibini o'rganish
Kurs ishining vazifasi: Kurs ishining maqsadidan quyidagi vazifalar kelib chiqadi
— yordamchi so'z turkumining ona tilidagi o'rnini o'rganish
— yordamchi so'z turkumidagi ko'makchi haqida ma'lumotlar berish
— yordamchi so'z turkumidagi bog'lovchining tarkibini o'rganish
— yordamchi so'z turkumidagi yuklamaning qo'llanishini o'rganish
I BOB. Bobga nom qo‘ying
1.1. Yordamchi so'z turkumi haqida tushuncha.
Barchaga ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo’linadi: mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko’ra yordamchi so’zlar belgili, mustaqil so’zlar esa belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so’zlar hech qachon mustaqil qo’llanmaydi, bog’liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so’zlar esa mustaqil qo’llanilish va ma’no ifodalash qobiliyatiga egadir.
Leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, “ma’noviy nomustaqillik” bo’lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma’noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so’zlarda “ma’noviy mustaqillik” belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o’zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o’xshash hodisalarni sifat, fe’l, ravishlar ichida ham ko’plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma’noviy mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko’rsatadi. Mana shuning uchun leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, balki “ma’noviy nomustaqillik” bo’la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a’zoni tashkil etadi. Sof ko’makchi, sof bog’lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma’noli so’zlar xususiyatiga ega bo’la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o’ta olmaydi.
1.1 rejasi uchun ma’lumot kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |