O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Download 125 Kb.
bet9/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

2.3. Yuklama haqida ma'lumot
Yuklamalarning ma’no va vazifasi. Yordamchi so’zlarning funksional belgisi “bog’lash”dir. Shu belgi asosida ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar so’z va gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog’lovchi va ko’makchilar uchun o’zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklamalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular so’zlarga yoki gaplarga so’roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o’xsha-tish kabi qo’shimcha ma’nolarni beradi va funktsional “bog’lash” belgisiga nisbatan beqaror, o’zgaruvchan sanaladi, ya’ni “bog’-lash” belgisi bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog’lovchilarning bir turi sifatida inkor bog’lovchisi sanalib kelgan. G’.Abdurahmonov esa uni inkor bog’lovchisi deb atash bilan birga, unda yuklamalik xususiyati ham borligini ko’rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog’lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog’lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo’lak (komponent)larga inkor ma’nosini berib, ularni bog’laydi: Na so’zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (Oyb.) Bu yordamchi so’z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma’nosini ko’rsatadi: Raisning erkatoy o’g’li na o’qiydi, na biror joyda ishlaydi.
Go’yo yordamchisi mazmunidan o’xshatish yoki chog’ishtirish ma’nolari anglashilgan sodda va qo’shma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funksiyasiga ko’ra ko’proq yuklamalarga yaqin turadi: Tursunoy go’yo qalbi bilan ashulaga jo’r bo’lar edi. (A.Mux.) Kampirning yuzida go’yo kulgiga o’хshagan bir narsa aks etdi. (A.Qah.) Go’yo yordamchisi qo’shma gaplarda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik vositalarning biri sifatida xizmat qiladi, ya’ni qo’shma gapdagi vazifasiga ko’ra sodda gapdagi vazifasidan farqli o’laroq, u faqat yuklamagina emas, balki bog’lovchi-yuklama sanaladi:ertaga nikoh bo’ladi, go’yo men uning xotini. (Oyb.) Shunday baqirdiki, go’yo butun xona larzaga kelgandek bo’ldi. (A.Qah.) Aytdimi, qiladi, Qo’ydi-da, chiqdi gaplarida ham –mi, -da, qo’shimcha-simon yuklamalarning bog’lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamalarning qo’shma gap tarkibiy qismla-rini o’zaro bog’lash vazifasi keng uchraydigan hodisa ekan va bu tilshunosligimizda ma’lum darajada o’rganilgan.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling