O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Download 125 Kb.
bet6/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

Zidlov bog‘lovchilar mazmunan bir-biriga zid bo‘lgan gap va gap bo‘laklarini o‘zaro teng bog‘laydi. Ularga ammo, lekin, biroq so‘zlari kiradi. Bundan tashqari, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni va undagi uyushiq bo‘laklarni zidlash asosida teng bog‘lashda – u, (-yu) yuklamalari ham zidlov bog‘lovchilarga sinonim sifatida qo‘llaniladi: O‘qidi, biroq yozmadi – o‘qidi – yu, yozmadi.O‘zbek tilida lekin, ammo, biroq, balki, holbuki kabi zidlovchi borg‘lovchilardankeng foydalaniladi:Uy kichkina, lekin yorug‘ va toza edi. (O.) Tiniq osmonda yulduzlar miltirar, biroq oy ko‘rinmasdi. (O.)
Biroq, ammo, lekin bog’lovchilari gap bo’laklarini bog’lab kelganda zidlik ma’nosini, shu bilan birga, gap mazmunini to’ldirish, izohlash, qiyoslash uchun ham xizmat qiladi. Qo’shma gap qismlari tarkibidagi sodda gaplarni bog’lashda esa keyingi qism avvalgi qismda aytilgan fikrga qarama-qarshi, zid faktlar ifodalanadi. SHuning uchun bu faktlar, voqea-hodisalardan faqat bittasining bo’layotganini, ikkinchisi inkor etilganigi ma’nosi anglashiladi. Masalan, Mahallada bolalar ko’p, lekin bir-biriga o’xshamaydi. (O.) Har narsaning yangisi, ammo do’stning eskisi yaxshi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»). O’xshash mevalarni saralaydi, xidlaydi, biroq egisi kelmaydi. (O.)

Zidlov bog’lovchilari gap boshida kelib, avval aytilgan fikrga zid bo’lgan yangi fikrli gapni oldingi gapga bog’laydi:


Mazmunan bir-biriga qarama-qarshi gap bo’laklari va gaplarni bog’lashda –da, -u (-yu) yuklamalari ham qo’llanadi. Sobir kichkina-yu, pishiqqina (O.)
Shuningdek, badiiy adabiyot tilida a zidlov bog‘lovchi ham uchraydi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lab, ular orasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi: Men-ku boraman, a siz-chi?
Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilar bilan grammatik sinonim bo‘ladigan –u, -yu, -da, ham, bilan yordamchilari vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi.
Ayiruv bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklarni yoki gap bo‘laklarini bir – biridan ajratib, ta’kidlab bog‘laydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p qo‘llanadigan ayiruvchi bog‘lovchilar: yo, yoki, yoxud, yoinki, yo…, yo…, goh…, goh; dam…, dam; bir…, bir; ba’zan…., ba’zan; xoh., xoh.
Bulardan yo, yoki, yoxud, yoinki bog’lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. U ham ko‘p o‘tmay yo injener, yoki o‘qituvchi bo‘lib ishlashi mumkin. (O.) goh…, goh; dam…, dam; bir…, bir; ba’zan…, ba’zan bog‘lovchilari esa, uyushgan bo‘laklarning yoki qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarning oldida takrorlanib kelib, ularni ayiruv yo‘li bilan bog‘laydi: Dam qor yog‘adi, dam yomg‘ir tomchilaydi.
Ba’zan…, ba’zan, dam…, dam, goh…, goh bog’lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo’ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong’i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O’.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.)



Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling