O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Download 125 Kb.
bet4/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

2.2. Bog'lovchi haqida ma'lumot
Gap bo’laklarini yoki qo’shma gapning qismlarini bog’laydigan yordamchi so’zlar bog’lovchi deyiladi. Bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim sodda gaplarni o’zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko’rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur») Kumush ichkariga kirib ko’zdan g’ oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)
Bog’lovchilar ham ko’makchilar kabi sintaktik alоqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog’lovchilar gap bo’laklari, qo’shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqalarni, grammatik munosabatini ko’rsatadi. Bog’lovchilarning mohiyati, o’zbek adabiy tilidagi bog’lovchilarning turlari, bu turlarga oid so’zlar tilshunosligimizda kеng o’rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog’lovchilarning turlari va bu turlarga qaysi so’zlar mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazarlar bor, ya’ni bir ishda bog’lovchi deb berilgan birlik boshqa ishda yuklamalar qatoriga kiritiladi, ko’makchi deb berilgan birlik bog’lovchi deb tan olinadi. Bog’lovchilarga oid so’zlarning aniq belgilanmaslik sababi ularning lisoniy jihatdan o’rganilmagan-ligida bo’lsa kеrak.
Bog’lovchilarni ham ko’makchilar singari shakliy jihatdan uch guruh (sof bog’lovchilar, nisbiy bog’lovchilar, qo’shimcha-simon bog’lovchilar) ga ajratib o’rganish lоzim. Sof bog’lovchilar guruhiga faqat bog’lovchi vazifasida qo’llaniladigan va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, ya’ni kabi yordamchi so’zlar xos. Qo’shimchasimon bog’-lovchilar guruhiga -ki (-kim) va ham bog’lovchi, ham yuklama vazifasida kela oladigan -u (-yu), -da, -mi qo’shimchalari mansubdir. -u (-yu), -da qo’shimchalarining bog’lovchi vazifa-sini to’la-to’kis bajarishi qator manbalarda qayd etilgan, -mi qo’shimchasida ham bog’lovchilik xususiyati borligini Yomg’ir yog’dimi, hamma joy nam bo’ladi, Karim keldimi, to’polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo’llangan -mi qo’shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog’lash funksiyasini bajaryapti. Nisbiy bog’lovchilarga mustaqil so’z turkumlaridan o’sib chiqqan, “oraliq uchinchi” tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo’lgan ba’zan, bir, vaqtida, hali goh, (goho) kabi so’zlarning takroriy shakli misol bo’ladi. 1.Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choyxonada tunab yurdi. (Oyb.) 2.Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog’ayotgan yomg’ir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.) 3. Vaqtida qor yog’adi, vaqtida yomg’ir. Bu gaplarda qo’llanilgan ba’zan, goh (goho), vaqtida so’zlarining vazifalari bog’lovchilarga juda yaqin.
Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi; Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo’ldi; Azimboy ko’p zulm o’tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to’ldi gaplaridagi u, natijada, oqibatda so’zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog’lab kelmoqda. Demak, u, natijada, oqibatda so’zlari ham nisbiy bog’lovchilar sirasiga kiritilsa to’g’ri bo’ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so’zlar nafaqat so’zlarni, hattо gaplar va matn qismlarini ham bog’lashga xizmat qiladi.
Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra ikki turli bo’ladi: 1. YAkka bog’lovchilar. 2. Takroriy bog’lovchilar.

YAkka bog’lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo’llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go’yo, basharti, garchi, go’yoki, holbuki, vaholanki.

Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o’rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go’yo ona o’z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). Ahli majlis Otabekni ko’klarga ko’tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandir g’ijingandek ko’rinar edi. (A.Qod.)

Takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda gap bo’laklari, shuningdek qo’shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam…, dam, goh…, goh, xoh…, xoh, yo…, yo, yoki…, yoki, ham…, ham, ba’zan…, ba’zan, bir…,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go’zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg’ubor bo’lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’ or ishni. (CHo’lpon). Dam bobomga, dam uning o’rtog’iga tikilaman. (O.) Dadasi… erkatoy o’g’lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)



Takroriy bog’lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo’llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so’zlari esa yakka holda qo’llansa bog’lovchi bo’la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo’lgan yoki dunyodan ko’z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o’zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).
Bog’lovchilar gapdagi vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1) teng bog’lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Hozirgi o’zbek adabiy tilidan darslik va qo’llanmalarda bog’lovchilarning vazifa jihatidan turlari quyidagicha belgilan-gan:
I. Teng bog’lovchilar. 1. Biriktiruv bog’lovchilari: va, -u (-yu), hamda. 2. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yoxud, goho, dam… dam, bir… bir, ba’zan… ba’zan. 3. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, birоq. II.ergashtiruvchi bog’lovchilar. 1. Aniqlov bog’lovchilari: ya’ni, -ki (-kim). 2. Sabab bog’lovchilari: chunki, shuning uchun, zeroki. 3. Shart bog’lovchilari: agar, agarda, agarchi. 4. Chog’ishtiruv bog’lovchilari: go’yo, go’yoki. Teng bog’lovchilar,ergashtiruvchi bog’lovchilarning ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyatlari formal tilshunoslikdan darslik va qo’llanmalarda atrоflicha bayon etilgan.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling