O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Download 125 Kb.
bet7/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

Inkor bog‘lovchisi na so‘zidan iborat bo‘lib, uyushiq bo‘laklarni yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni inkor ma’nosi orqali bog‘lab, takrorlangan holda qo‘llanadi: U hozir na odamlarni, na ularning gapini pisand qilardi. Unda na insof bor, na diyonat.
2-§. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarni ergashtirish, tobelash yo‘li bilan bog‘laydi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Aniqlov bog‘lovchilari (ya’ni, -ki(-kim) ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun ishlatilib, bosh gapda ifodalangan fikrni aniqlab, izohlab ko‘rsatadi: Deydilarkim, oyda ham dog‘ bor (U).
2.Sabab bog‘lovchilari chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki ergash gaplarni bosh gapga bog‘lab, sabab, natija ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Biz o‘z vatanimizni sevamiz, shuning uchun uning tarixini yaxshi bilmog‘imiz zarur.
3.Shart bog‘lovchilari agar, gar, agarda, basharti, mabodo, garchi shart va to‘siqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatidagi shartni, shu bilan birga, to‘siqsizlik ma’nolarini anglatadi: Gar shu eshitganim bo‘lmasa ro‘yo, Sen ona emassan, dorsan tabiat (A.O).
4.Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari go‘yo, go‘yoki bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi: Oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday (O.)
5. Maqsad bog’lovchisi toki qo’shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog’laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G’ .)

6. Shart va to’liqsizlik bog’lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo.



Bu bog’lovchilar shart va to’liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo’lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to’liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g’ oya uchun kurash bilan o’tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo’lsa ham, kechagidan ko’ra qo’rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Bulardan tashqari, boshqa turkumga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: bordiyu shart bog‘lovchi vazifasida (Bordiyu hayotda uchratolmasam, uylab xayolimda yaratardim); deb maqsad bog‘lovchisi vazifasida (Hosilimiz mo‘l bo‘lsin deb, tinimsiz mehnat qildik) ishlatiladi. Bunday bog‘lovchilar ham vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling