O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Download 125 Kb.
bet5/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

1-§. Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va sodda gaplarni teng munosabatda bog‘laydi. Ular quyidagicha turlarga bo‘linadi: 1) biriktiruv; 2) zidlov; 3) ayiruv; 4) inkor bog‘lovchilar.
Biriktirv bog’luvchilar va, hamda so‘zlaridan iborat bo‘lib, ular gapning uyushiq bo‘laklarini yoki sodda gaplarni o‘zaro bog‘laydi.
Va bog‘lovchisi qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarni bir- biriga bog‘laganda: a) o‘zi bog‘lagan sodda gaplarda ifoda qilingan ish-hrakat, voqea va hodisalarning bir vaqtda bo‘lganini ko‘rsatadi: Soy g‘o’villab oqar va uning suvi qirg’oqda o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. (O.); b) ish-harakatning ketma-ket bo‘lganini ko‘rsatadi: Bahor keldi va daraxtlar gullay boshladi.
Hamda bog‘lovchisi sodda gaplar va uyushgan bo‘laklarni o‘zaro teng munosabatda bog‘laydi.Uyushgan bo‘laklarning oxirgisidan oldin kelganda, uyushgan bo‘laklar orasidagi tenglikni ko‘rsatish bilan birga, oxirgi uyushgan bo‘lakni ajratib ham ko‘rsatadi: Anvar, Qodir, G‘olib hamda Ruxsoralar guruhimiz a’lochilaridir.
Ham, hamda bog’lovchilari ham gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun qo’llanadi. Sultonmurod ham do’st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi.
Ham so’zi bog’lovchi bo’lib emas, balki gap ma’nosini yoki ayrim gap bo’laklarini ta’kidlash, kuchaytirish uchun ko’p ishlatiladi. Quyosh ham oltin to’rlarini to’kib, mag’ rur ko’tariladi (O.)
Biriktiruvchi bog’lovchilari bilan ko’makchisi, -da, -u(-yu) yuklamalari ham qo’llanadi.
Bobom asta ko’zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. (O.) Onayu bola – gulu lola. (Maqol). SHudgorda Jannatxola bilan Zebixon qoldi. (S.A.)
Bulardan tashqari, bilan ko‘makchisi, –yu, -u, -da, ham yuklamalari shunday vazifada qo‘llanishi mumkin. Ushbu birliklar ana shu vazifasiga ko‘ra biriktiruv bog‘lovchilarga sinonim hisoblanadi: ota va ona, ota bilan ona, ota – yu ona kabi. Ham uyushgan bo‘laklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi mumkin. U faqat uyushgan bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi sanaladi: Ham qo‘rqaman, ham bilgim keladi.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling