O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Bog’lovchi-yuklamalarning mohiyati


Download 125 Kb.
bet8/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

Bog’lovchi-yuklamalarning mohiyati. Ammo ayrim so’zlarning bog’lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog’lovchilarning miqdori, ularning mohiyati, turlari hanuzgacha aniq belgilanganicha yo’q. Masalan, chog’ishtirish bog’lovchilariga go’yo, go’yoki kiritiladi. Ammo bu so’z gap bo’laklari yoki gaplarni bog’lash uchun xizmat emas, balki o’xshatish, qiyoslash ma’noli konstruktsiyalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, o’xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vositalar bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, go’yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to’lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go’yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o’xshatish, qiyoslash -dek qo’shimchasi va kabi so’zi bilan ifodalanyapti, go’yo esa shu ma’noni ta’kidlayapti. Demak, go’yo ta’kid yuklamasi hisoblanadi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki qo’llanishidagi ba’zi xususiyatlariga ko’ra, zidlov bog’lovchila-ridan farq qiladi. Zidlov bog’lovchilari ko’pincha qo’shma gap qismlarini bog’laydi, balki yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo’ldi, lekin (ammo, biroq) yomg’ir yog’madi. Bu misolda zidlov bog’lovchisi o’rnida balki so’zini qo’llab bo’lmaydi. Balki so’zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gaplarda gumon, qarama-qarshilik ma’nolarini ta’kidlash uchun qo’llanadi:…toping, balki tanishlaringiz bordir. (Oyb.) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o’zimizni ham qiynatdirmog’damiz. (A.Qod.) Bu gap mеnga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O’z-o’zidan anglashiladiki, balki sof bog’lovchi bo’lolmaydi, bog’lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklamalar sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o’tish va bog’lovchi-yuklama, ko’makchi-bog’lovchi kabi oraliq hodisalar hosil qilish yordamchi so’zlar tabiatiga xos xususiyat bo’lib, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo’li sanaladi. Ham… ham biriktiruv bog’lovchisi ta’kid qo’shimcha ma’no bo’yog’iga ega, na…na esa inkor ma’nosini ifodalaydi, -mi so’roq - taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog’lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog’lovchi-yuklamalar hisoblanadi. Chunonchi, 1.Na so’zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2.Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
Bog’lovchilarning fоrmal-funksiоnal talqini muammоlari. Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o’zbek tili bog’lovchilarining ma’no va xususiyatlari tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog’lovchilar bilan bog’liq masalalarni to’g’ri va to’la hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi.

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling