O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti kurs ishi mavzu: “ Yordamchi so’z turkumi” Bajardi


Download 125 Kb.
bet11/12
Sana20.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1630844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi (4).doc talaba

4.Kuchaytiruv yuklamalari: axir, hatto, hattoki, -oq (-yoq)-ku, -u, -yu, -da, -ki (-kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki).
.-oq, (-yoq) affiks yuklamasi o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom qilishini, boshlanish paytini, ta’kidlashni ko’rsatadi: Gullarni ko’riboq ko’ngli yorishdi. Axir, hatto, hattoki yuklamalari ham fikrni kuchli ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do’stimsan-ku!
-ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim) yuklamalari ma’noni kuchaytirish, to’liqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo’llanadi. Masalan, Shundan keyin men uzoq safarga ketdim-u, Masturaning taqdiridan bexabar bo’ldim (A.Q.) – O’z qizingiz-ku, tengini topib bering-da! (Cho’lpon) Mirzo Ulug’ bek maktubni o’qib tugatmasdanoq o’rnidan turib ketdi. (O.Yo.) Ko’plar yomg’irdan qochib ulgirmasdayoq, oftob charaqlab ketdi. (S.A.)
Ham, axir, hatto, hattoki, nahot (nahotki) so’z yuklamalari fikrni ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, Tursunboy hamma narsadan kechganda ham birgina shu Zebidan kechmas edi. (S.A.) Oyim o’rta bo’yli, oppoq, nozik tabiat ham ipakday muloyim, istarasi issiq xotin edi. (Zarifa Saidnosirova) Axir bu qal’ani olguncha ozmuncha talofat berildimi? (P.Q.) Sizni otasi o’rnida ko’rsak-u, nahotki sizdan beso’roq ish tutsak (A.Q.) Uzoq cho’zilgan bu suhbatda Miryoqubning qulog’i bir marta g’alati dingkaydi, hatto uning qop-qora chiroyli ko’zlarida allaqanday sehrli olovlar yondi. (Ch.)
5. O’xshatish-qiyoslash yuklamalari: xuddi, naq, go’yo, go’yoki. Bahorda bu bog’lar go’yoki kelindek yasanadi. (CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to’ldirgan, go’yo kechaning o’zi kuylaydi kabi gaplarda yuklama-bog’lovchi vazifasini bajaradi.)
xuddi, naq. Bunday yuklamalar o‘zi birikkan so‘zning ma’nosini aniqlash, Aniqlovyuklamasi: xuddi, naq. Bunday yuklamalar o‘zi birikkan so‘zning ma’nosini aniqlash, qiyoslab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.
Xuddi yuklamasi: a) qiyoslash asosida aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi: O‘g‘li otasining xuddi o‘zi edi; b) o‘xshatish ma’nosini bildiradi va -dek, -day affiksi bilan yasalgan yoki kabi, singari ko‘makchilari bilan birga boshqarilgan otlar va olmoshlardan oldin keladi: Tevarak-atrof xuddi suv quygandek jim-jit edi.

naq yuklamasi ham xuddi yuklamasi bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: Itlarning


ulushi naq miyasida shang‘illab turadi
6.Gumon yuklamasi: -dir. Barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi va u o‘zi aloqador so‘zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo‘shadi: Akam uydadir, Imtihon ertagadir kabi.
7. Inkor yuklamasi: na. Takror holda ishlatilib inkor ma’nosini ikor etadi
Na ko’kning fonari o’chmasdan,
Na yulduz sayr etib ko’chmasdan. (U.)
Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!
D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan –u(-yu) yuklamasi kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Gapu sўz kўpaydi. Yangi alifboda esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi.
3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.


Xulosa
.Yordamchi so’zlar – ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalar tilimizni, uning cheksiz imkoniyatlarini yana ham boyroq, ifodalarimizni yana ham aniqroq va go’zalroq qilishning vositalaridandir. Yordamchi so’z turkumlari yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarga olib keldi:
1. Ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalar nutqimizning cheksiz imkoniyatlarini yanada boyroq, ifodalarimizning yanada aniqroq va go’zalroq bo’lishini, jumlalarning rang-barangligini ta’minlovchi muhim vositalardandir.
2.Yordamchi so’zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so’zlar bilan qo’shimchalar oralig’ida turadi.
3.YOrdamchi so’zlar nutq rang-barangligini ta’minlashini birgina misol yordamida ko’rish mumkin: 1) senday qiz, 2) sendek qiz, 3) sendayin qiz, 4) sening kabi qiz, 5) sen singari qiz, 6) sening singari qiz, 7) senga o’xshash qiz, 8) senga o’xshagan qiz… (Bu birikmalar o’xshash ma’noni ifodalagani bilan ularning har biri juda nozik farqlarga ega).
4.Bog’lovchi-yuklama, ko’makchi-bog’lovchi, ko’makchi-yuklama kabilar muosir, til tizimida ko’rsatilganidek, yordamchi so’z turkumlariga xos bo’lgan “oraliq uchinchi”lardir.
5.Tilimizda nisbiy ko’makchilar, nisbiy bog’lovchilar, nisbiy yuklamalar sirasi mustaqil so’zlarning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda.
6.O’z mohiyati bilan yuklamalar modal so’zlarga yaqin turadi. Shu tufayli bu ikkisi ko’pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so’zlar bilan yuklamalarni tenglashtirib bo’lmaydi. Yuklamalar:
1) yuklamalar rang-barang ma’nolarni ifodalaydi, shulardan ba’zilarigina modal ma’noga yaqin keladi;
2) yuklamalar ko’pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so’zga tirkalib yuradi. Modal so’zlar esa:
1) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murak-kablashtiruvchi vosita sifatida ro’yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, [Wpm] gap qurilish qolipining [Rm] qismida mujas-samlangan va xilma-xil vositalar bilan ifodalanadigan tasdiq /inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat’iylik, istak, imkoniyat kabi modal ma’nolar gapning boshqa bo’laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so’zlar, tasdiq/inkor so’zlar vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi…(A.Qah.)
2) mustaqil ravishda yakka o’zi bitta gap bo’lib kela oladi va modal so’z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so’z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi so’zning lug’aviy ma’nosida mujassamlangan bo’ladi: Kelasizmi? - Albatta.
3) yuklamalar morfologiyada yordamchi so’zlar guruhida, modal so’zlar so’z-gaplar doirasida o’rganiladi;
4) boshqa so’z guruhlari kabi modal so’zlar ham, yuklamalar ham o’ziga xos morfologik, sintaktik, ma’noviy belgilarga ega.
Modal so’zlar bilan yuklamalarning o’zgarmasligi ularning morfologik belgisiga kiradi.Sintaktik jihatdan esa modal so’zlar ajraluvchilik (ya’ni kirish so’z vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo’lagi bo’la olmaslik) belgisiga ega.
Semantik jihatdan modal so’zlar fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo’ladi. Yuklamalar esa ta’kid, o’xshatish, kuchaytirish kabi qo’shimcha ma’no ifodalaydi. Yuklama ifodalagan ma’no butun gapga bevosita taalluqli bo’lmay, avvalo o’zi tirkalib kelgan bo’lakning ma’nosini bo’rttirishga xizmat qiladi va shu bo’lak orqali butun gapga taalluqli bo’ladi.



Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling