O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi


III. BOB. SAQLANISH QONUNLARI VA SIMMETRIYASI


Download 0.56 Mb.
bet2/13
Sana22.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1715800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BMI Dilafruz

III. BOB.

SAQLANISH QONUNLARI VA SIMMETRIYASI

32




3.1.Elementar zarralar fizikasida saqlanish qonunlari.

32

3.3.Elementar zarralar simmetriyasi

41




XULOSA

44




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

46



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Qadim zamonlardan inson o‘zini o‘rab turgan olamni o‘rganish va bilishga intilib kelgan. “Olamning asosi nimadan iborat?”, ya’ni “Atrofimizni o‘rab turgan barcha mavjudotlar qanday tuzilgan?”- degan savol qadim zamonlardan odamlar ongini band qilib kelgan. Bu savolga birinchi bo‘lib, grek faylasuflari javob berishga harakat qildi. Ulardan birlari olam 4ta unsur havo, suv, tuproq, va olovdan tashkil topgan(Anaksimen) deyishsa, boshqalari esa olam strukturaga ega bo‘lmagan va eng kichik bo‘linmas atomlardan(Demokrit) tuzilgan degan g‘oyalarni ilgari surishgan. XIX asrda Mendeleyev tomonidan elementlar davriy jadvalining tuzilishi, ma’lum ma’noda faylasuflar g‘oyalarini tasdiqladi. Lekin olamni D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali orqali tushuntiradigan bo‘lsak, uning juda murakkabligini sezamiz. Bu kimyoviy elementlar xossalarining takrorlanishi ham ularning asosida yanada fundamental tuzilmalar borligini bildiradi. XIX asr oxirida, aniqrog‘i 1896-yili A.Bekkerel tomonidan radioaktivlik hodisasining ochilishi va bu hodisaning keyinchalik keng ko‘lamda o‘rganilishi elementar zarrralar fizikasida katta yutuq bo‘ldi. Shu yildan boshlab, to 1932-yilgacha atom tuzilishi to‘laligicha o‘rganib bo‘lindi va 1932-yildan keyingi davr yadro fizikasi erasi deb ataladigan bo‘ldi. Shundan keyingi o‘rinda barcha mavjud narsalarning asosi bo‘lgan elementar tashkil etuvchilar va ularning o‘zaro bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari - o‘zaro ta’sirlari to‘g‘risidagi qarashlar inson aqlini band qildi va batamom yangi fan va yangi yo‘nalish elementar zarralar fizikasi paydo bo‘ldi. Fizikaning elementar zarralar fizikasi bo‘limi mikrodunyoda, ya’ni elementar zarralar fizikasida ro‘y beradigan barcha jarayonlarni, ularning xususiyatlarini, o‘zaro bir-biriga aylanishlarini, ular orasidagi o‘zaro ta’sir turlarini o‘rganadi.
BMIning maqsadi. Fizika kursining atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi mazmunini, elementar zarralar fizikasining kelib chiqishini, tarixini
elementar zarrachalardagi saqlanish qonunlarini o‘rganishdan iborat.
Ishning tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi uch bobdan tuzilgan bo‘lib, birinchi bobda elementar zarralarning paydo bo‘lish tarixi, elementar zarralar fizikasining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot berilgan. Elementar zarralar haqidagi taʼlimot hozirgi zamon atomistikasining eng yuqori bosqichidir. Mikrodunyoni oʻrganishda uch bosqichni taʼkidlab oʻtish mumkin:
a) atom tuzilishini va unda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganish;
b) yadro tuzilishini va yadro ichida sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganish;
v) atom yadrolari va atomlarning elektron qobiqlarini tashkil qilgan, shuningdek, yadro aylanishlarida vujudga keladigan zarralarni va ularni tashkil qilgan zarralarni oʻrganish.
Ikkinchi bobda elementar zarralar sinflari, elementar zarralarni kuzatish metodlari ya’ni elementar zarralarni qayd qiluvchi, kuzatuvchi asboblar haqida yozilgan. Elementar zarralar asosan 3 sinfga boʻlinadi. Birinchi sinfga faqat bitta zarra — foton (yorugʻlik kvanti) kiradi. Ikkinchi sinfni leptonlar tashkil etadi. Leptonlarga oltita zarra: elektron, elektron neytrinosi, myuon, myuon neytrinosi τ- lepton va τ- neytrinosi kiradi. Uchinchi sinf - adronlar (grekcha - yirik) deb ataluvchi zarralardan tashkil topgan. Adronlarga mezonlar va barionlar guruhidagi zarralar kiradi. Ulardan tashqari bir necha yuz rezonanslar deb ataluvchi zarralar ham kiradi. Zarralarning ushbu sinflari ularning oʻzaro taʼsirini xarakterlaydi. Masalan, foton faqat elektromagnit oʻzaro taʼsirdagina boʻladi. Uchinchi bobda elementar zarralar saqlanishi, saqlanish qonunlari va simmetriyasi haqida ma’lumot berilgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling