Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 0.99 Mb.
Sana28.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1135571
Bog'liq
OʻZB.SLAYD


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Sirtqi boʻlim. Yoʻnalish: Tarix oʻqitish metodikasi
Fan: Oʻzbekiston tarix
Fan oʻqituvchisi: Najimova F
Bajardi: Sattarova M
Mavzu: ʼʼAshtarxoniylar sulolasi vakillarining davlat boshqaruv faoliyatidagi asosiy jihatlariʼʼ
Ashtarxoniylar sulolasi vakillari
Buxoro xonligida 1601-yildan boshlab Ashtarxoniylar sulolasining hukmronligi oʻrnatilgan.
Ashtarxoniy hukmdorlar 8 ta boʻlgan:
1. Boqi Muhammad: 1601-1605
2. Vali Muhammad: 1605-1611
3. Imomqulixon: 1611-1642
4. Nodir Muhammadxon: 1642-1645
5. Abdulazizxon: 1645-1681
6. Subxonqulixon: 1681-1702
7. Ubaydullaxon: 1702-1711
8. Abulfayzxon: 1711-1747

1. Boqi Muhammad
Boqi Muhammad mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun koʻp urindi. 1602- yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni boʻysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603- yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratdi. 1605- yilda Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga oʻtqazildi.

2. Vali Muhammad

Akasi Boqi Muhammad davrida Balx noibi boʻlgan. Boqi Muhammaddan keyin Balx hokimi boʻlgan. Vali Muhammad davrida amirlar xon hokimiyatiga boʻysunmay muxolifatchilik bu kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muhammad qochib ketadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxonning oʻgʻli Imomqulixonni oʻtqazdilar.
3. Imomqulixon

Ashtarxoniylar orasida soʻzsiz nisbatan nufuzli va obroʻlisi Imomqulixon boʻldi. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida koʻchmanchi qoraqalpoqlar, qalmiqlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Qishloq xoʻjaligida dehqonlar mehnati bilan birga qullar mehnatidan foydalanishgan. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jungʻorlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi.Imomqulixon davrida markaziy hokimiyat nisbatan mustahkamlandi.
4. Nodir Muhammad
Nodir Muhammad davrida mamlakatda ichki nizolar koʻpayib, hatto farzandlari ham unga boʻysunmay qoʻygan. Bunga uning oʻta takabburligi, mol mulkka oʻchligi, qaysarligi sabab boʻlgan. Bundan tashqari shimoldan koʻchmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon taroj etmoqda edilar. Eron shohi Abbos II panohiga qochib u yerda 2,5 yilcha qolib ketadi. Nodir Muhammad taxtdan voz kechib Makkaga haj safariga ketishga majbur boʻladi va yoʻlda vafot etadi.
5. Abdulazizxon

Abdulazizxon madrasasi Buxorodagi meʼmoriy obida. Saroy meʼmori Mimxoqon ibn Xoʼja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. Madrasa asosan juzʼiy taʼmirlar asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari koʻrsatiladi. Shimoli- sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yogʻoch oʻymakorligi namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan. Ulugʻbek madrasasining qarshisida. Islomiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasvirlari ham berilgan. Madrasa XVIIasrning yetuk namunas

6. Subxonqulixon
Subxonqulixon Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658-yilda Abdulazizxonning piri Abdulgʻaffor vositachiligida Buxoro va Balx oʻrtasida tinchlikka erishilib, Subxonqulixon akasining hokimiyatini rasman tan olgan. . Subhonqulixon markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun soliqlar miqdorini oshirib, qoʻshinni koʻpaytirgan. Subhonqulixon Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda dafn etilgan.
7. Ubaydullaxon
Ubaydulloxon to‘liq ismi Ubaydullo Muhammad Bahodirxon ibn Subhonqulixon 1681 yil Buxoroda tavallud topgan. Armeniy Vamberiy malumotlariag tayanib A.Zamonov o‘zining “Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari” risolasida keltirishicha Ubaydullaxon madrasa ta’limini olgan, o‘z zamonasining oʻqimishli insonlaridan boʻlgan.Subxonqulixon vafotidan oldin taxt vorisi sifatida nabirasi Muqimxonni tayinlaydi. Ammo Ubaydullaxon mamlakatda nufuzi yuqori bo‘lgan ulamolar qo‘llab quvvatlashi va kuchli qo‘shin yordamida Buxoro taxtiga ega chiqadi. 702-1711yillar mobaynida hukmronlik qilgan Ubaydullaxon ham Ashtarxoniylar sulolasining fitna qurboni bo‘lgan vakillari sirasiga kiritiladi.


8. Abulfayzxon
Abulfayzxon — Buxoro xoni, oʻzbeklarning Ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning oʻgli. Abulfayzxon davrida xonliklararo nizolar kuchaygan, mamlakat chuqur iqtisodiysiyosiy tanazzulga yuz tutgan. Nodirshoh qoʻshinlarining Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida Abulfayzxon taxtdan agʻdarilib, qatl etilgan. Abulfayzxon davrida xonliklararo nizolar kuchaygan, mamlakat chuqur iqtisodiysiyosiy tanazzulga yuz tutgan. Nodirshoh qoʻshinlarining Movarounnahrga qilgan yurishlari (1747) natijasida Abulfayzxon taxtdan agʻdarilib, qatl etilgan. Fitrat Abulfayzxon haqida „Abulfayzxon“ dramasini yaratgan (1924)

Buxoro xonligida Ashtarxoniylar davrida ziddiyatli yillar bilan birga rivojlanish yillari ham boʻldi. XV asr oxiri va XVIII asrlar davomida tarix ilmi bobida juda katta monumental asarlar yaratildi. Juda koʻplab meʼmoriy obidalar barpo qilindi. Har bir davrning oʻz yodgorliklari hozirgachaqadkoʻtaribturibdi.


Eʼtiboringiz uchun tashakkur!
Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling