O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
Download 1.56 Mb.
|
УМК ИШ ЮРИТИШ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘liq majlis bayonida
- Bildirishnoma
- Hisobot bildirishnomasi
- Kommunikatsiya
- Tashkilot
Qisqa majlis bayonida faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday majlis bayonlari masalani muhokama qilinishi haqida to‘liq tasavvur bera olmaydi.
To‘liq majlis bayonida esa ma’ruzalar ham to‘liq bayon qilinadi. Majlis bayonining to‘liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha tashkilot yoki organning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkon beradi. Ishga kirish haqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy qismining barchasidan foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo‘lmaydi, shuningdek, xodimning yashash joyini ko‘rsatishning zaruriyati yo‘q. Da’vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) shaxslarda davo qilinayotgan mablag‘ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma murojaatidir. Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi)lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Bildirishnoma-Korxona va bo‘linma rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zaruriati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot Tashabbus bildirishnomasi matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi. Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon to‘g‘risida xabar beradi. Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to‘g‘risida rahbarni xabardor qilishi kerak. Raport - Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda rapport ham deyiladi. Pochta jo‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo‘natmalari bilan va shu kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma etib borishi zarur bo‘lgan joy (qaerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar (jo‘natuvchi manzili) ko‘rsatiladi. Adres (manzilgoh) so‘zi rus tilida faqat jo‘natmalar ustidagi yozuvnigina ifodalab qolmay, shaxsning ishlash joyi hamda muassasaning o‘rnashgan joyini, shuningdek biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. SHuning uchun o‘zbek tilida bu ma’nolarni farqlash uchun adres so‘zi bilan bir qatorda tegishli ravishda turar joy, makon, manzil tabriknoma so‘zlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir Kommunikatsiya - bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. Rahbarlar qilayotgan hamma ishlari axborotlarni samarali almashishini talab qiladi. YAxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvoffaqqiyatini ta’minlaydi. Kommunikatsiya – bu tor ma’noda, ma’lum guruhlar o‘rtasida bevosita yoki bilvosita axborotlar almashishdir. Tashkilot - bu davlat nazorati va boshqaruvi ostidagi ob’ekt bo‘lib, u o‘zidan yuqori tegishli tashkilotlarga (makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga) turli hisobotlar, ma’lumotlar, axborotlar berib turadi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling