O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1750655
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
o\'rinova zarifa “sifatning ma’no turlarini o‘rganishda integrativ yondashuv

Klasster usuli
Oʻquvchilarning fikrlari tinglanib, oʻqituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga sifatning ma’no guruhlariga a’loqador qiziqarli
ertak, rivoyat yoki afsonalar ham soʻzlab berishi mumkin. Bunga misol qilib, Nuh
paygʻambar haqidagi afsonani keltirishimiz mumkin.
“Nuh paygʻambar oilasi bilan birga kemadan chiqqandan soʻng, Xudo ularga
rang-barang kamalakni koʻrsatdi. Bu, insoniyatni toʻfon orqali yoʻq qilmaslik
haqidagi Uning va’dasini eslatib turadigan belgidir”.
45
Ushbu esda qoladigan va rangli timsol, chiroyli tarzda sifatlarning ma’no
turlarini oʻrganayotgan oʻrganuvchi ongiga muhrlanib qoladi.
Sifatning ma’no guruhlarini oʻrgatishda xalq maqollaridan ham unumli
foydalanish mumkin. Buning uchun, darslikda keltirilgan mashqlardan chekinib,
oʻqituvchi topshiriq ishlab chiqishi lozim. Oʻzbek xalq maqollari, hikmatli soʻzlar,
ma’naviyatimizning goʻzal ifodasidir. Ona tili va lingvokulturologiya fanlarini
45
Ziyonet.uz
Qora
Oq


54
uygʻunlashtirishda maqollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, bu
jarayondan darsning mustahkamlash bosqichida foydalanish oʻrinlidir.
Oʻquvchilarni kichik guruhlarga ajratib, “Davomini toping!” oʻyini
oʻtkaziladi. Guruhlarga shunday topshiriq beriladi: “Chap ustundagi maqollarning
davomini oʻng ustundan toping, maqollar tarkibidagi sifatlarni aniqlab, ma’no
guruhlariga ajrating!”
1
Axmoqona farmonga
sabotli boʻl!
2
Achchiq-achchiq gapirib
maslahat soʻrama!
3
Sinalmagan kishidan
odilona javob.
4
Salobatli boʻlma
shirin javob kutma!
5
Chin soʻz -moʻtabar
bolasi toʻq boʻladi.
6
Bemaza qovunning
Yaxshi soʻz- muxtassar.
7
Qoʻnogʻi koʻp uyning
urugʻi koʻp boʻladi.
8
Maslahatli ish bitar
Bilimi zoʻr mingni yiqar.
9
Tikansiz gul boʻlmas,
Maslahatsiz ish yitar.
1
Bilagi zoʻr birni yiqar
Mashaqqatsiz-hunar.
Ushbu oʻyinni akademik litsey oʻquvchilari bilan ham oʻtkazsa boʻladi. II
kurs HOʻAT darsligida shunday mashq berilgan:
246-mashq. Maqol va hikmatlar ichidan sifat soʻz turkumiga oid soʻzlarni
toping, sifatning otga oʻtish holati bormi?
Baxil boyga borguncha,
Karamli togʻga borar.
Baxildan tosh soʻraguncha,
Gadoydan osh soʻra.
Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.
Aqlsiz doʻstga kular,
Aqlli doʻstini suyar.
Johil ulfat — boshingga kulfat.


55
Yaxshi doʻsting kuldirar,
Yomon doʻsting kuydirar.
Aybsiz doʻst izlagan doʻstsiz qolar.
Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq soʻz jonni ilitar.
Noinsofga erk bersang, elni talar.
46
Oʻquvchilarga ushbu mashqni ham “Davom ettir!” oʻyini asosida bajartirish
mumkin.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling