6-ilova
2-shart. Sifat haqida bilimlarni takrorlash. “Ma’lumotlar zanjiri”
metodi asosida
“Ma’lumotlar zanjiri” metodi
Bunda guruh ishtirokchilarining har biri sifat so’z turkumiga oid
o’zlari bilgan ma’lumotlarni aytishadi. Ma’lumotlar birin-ketin zanjir
ko’rinishida aytilishi lozim. Bir ishtirokchi tomonidan aytilgan ma’lumot,
boshqalar tomonidan aytilmasligi lozim. Agar, biror ishtirokchi ma’lumot
67
7-ilova
Yangi mavzu bayoni:
Aziz oʻquvchilar, mana siz sifat yuzasidan olgan bilimlaringizni takrorlab
oldingiz. Endi sifat soʻz turkumiga xos yana ba’zi xususiyatlarni ham bilim
olishimiz lozim.
Sinfingizdagi mavjud narsalar: stol, stul; devorga osilgan taxta; oʻquv
qurollaringiz, kitob, daftar, qalam, ruchka va boshqalarning hammasi ma’lum
belgilarga (rang, hajm, shakl — xususiyat kabi) ega. Masalan, stol koʻk, sariq;
baland, past, katta-kichik singari hajm-shaklga ega. Ana shunday belgilarni
ifodalovchi soʻzlarning sifat hisoblanishi haqida oʻrta umumiy ta’limda ma’lumot
olgansiz.
Ma’lum belgi bir necha soʻzlar orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan:
katta, ulugʻ, ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, goʻzal, xushroʻy, bejirim va boshq.
Bunday soʻzlar muayyan bir umumiy ma’no asosida birlashsalar ham, lekin ular bir-
biridan ma’lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ularning boshqa soʻzlar
bilan bogʻlanishida, ma’lum uslubga xoslanishida aniq namoyon boʻladi. Masalan,
odam soʻzi katta, buyuk, ulkan, ulugʻ sifatlarini qabul qila oladi, lekin gigant sifati
odam bilan bogʻlana olmaydi. Chunki u qurilishlarda binolarning shakl-belgisini
ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulugʻ, buyuk soʻzlari shakl belgisidan tashqari
xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan ma’nodosh boʻlib
keladi. Ulkan, gigant soʻzlarida esa bunday ma’no yoʻqligi uchun ular bilan
ma’nodoshlikni hosil qila olmaydi.
Shuning uchun ham sifatlarning ma’nodoshlarini bilish va oʻz oʻrnida qoʻllay
bilishi soʻzlovchining nutqiy mahoratini koʻrsatadi.
Eslatib oʻtishimiz lozimki, sifatning quyidagi ma’no guruhlari mavjud:
68
Do'stlaringiz bilan baham: |