57
Tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun maktab “Ona tili” va akademik litsey
“Hozirgi oʻzbek adabiy tili” darsliklari materiallarini oʻtish yuzasidan dars ishlanmalari
(tavsiyalar) tayyorlandi.
Tajriba sinflarida esa sifat ma’no guruhlarini integrativ oʻrganish borasidagi
tavsiyalarimiz asosida ish olib borildi.
Quyida sifat ma’no guruhlarini integrativ oʻrganish asosida tashkil qilingan dars
ishlanmalarimizdan namunalar keltiramiz:
6-sinf uchun kichik guruhlar bilan ishlash metodi asosida tashkil qilingan
darsning ishlanmasi.
Mavzu: 129-dars. Sifatlarning ma’no guruhlari.
I. Darsning maqsadi: Oʻquvchilarga sifatning ma’no guruhlari xususidagi bilimlari
mustahkamlanadi, ularda sifatning ma’no guruhlarini farqlash yuzasidan koʻnikma
va malakalar hosil qilinadi.
II. Asosiy tushuncha va atamalar: Sifat, sifatlarning ma’no guruhlari, rang-tus,
maza-ta’m, hajm-oʻlchov, hid, makon-zamon, xususiyat sifatlari.
Oʻquv jarayonini tashkil etish texnologiyasi:
Metod: Kichik guruhlar bilan ishlash, “Sharhlash”usuli, “Intellektual-xarita”
texnologiyasi, “Mashqlar bilan ishlash pragmatikasi” texnologiyasi.
Shakl: Guruhlarda ishlash.
Usul: Savol-javob, darslik bilan ishlash, mashq, musobaqa.
Vosita: Darslik, plakat, jadvallar, kompyuter, tarqatma materiallar.
III. Oʻtilgan darsni takrorlash va uyga vazifani soʻrash:
Topshiriq: Uyga berilgan 373-mashq tekshiriladi. “Gulzorda” mavzusida matn
tuzishi, unsa sifatlarining ozaytirma darajasidan foydalanish lozimligi talab qilingan.
Oʻquvchilardan bu vazifalar soʻralib boʻlingandan soʻng, ular
“Ezgu soʻz”, “Ezgu
fikr” va
“Ezgu amal” guruhlariga taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: