O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1750655
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
o\'rinova zarifa “sifatning ma’no turlarini o‘rganishda integrativ yondashuv

IV. Yangi mavzuning bayoni: Yangi mavzuni oʻrganish “Zinama-zina” oʻyini
bilan boshlanadi. Oʻqituvchi zina rasmni doskaga ilib qoʻyadi, guruhlarga shu
zinalar yordamida gʻalabaga erishishi mumkinligini aytadi. Gʻoliblikka erishish
uchun bir nechta zinalar boʻlib, ularga chiqish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish


58
lozimligi uqtiriladi: Birinchi zina “Jadvalni toʻldiring!” boʻlib, unda oʻquvchilar 1-
topshiriqni bajartiriladi. Topshiriqqa binoan berilgan sifatlarni ma’nolariga koʻra
jadvalga joylashtirishadi.
Shirin, qizil, katta, odobli, xushfe’l, behisob, tonggi, kuzgi, xushboʻy, muattar.
Xususiyat
bildiruvchi
sifatlar
Rang-tus
bildiruvchi
sifatlar
Maza-ta’m
bildiruvchi
sifatlar
Hajm-
oʻlchov
bildiruvchi
sifatlar
Hid
bildiruvchi
sifatlar
Makon-
zamon
bildiruvchi
sifatlar
Shundan soʻng oʻqituvchi slaydlar yordamida yangi mavzuga doir qoidalarni
tushuntiradi.
V. Darsni mustahkamlash:“Ilm-xazina”oʻyini asosida ikkinchi zina
topshiriqlari bajartiriladi. Unda 374-mashq talabiga koʻra gaplarni oʻqish, sifatlarni
aniqlash, ularni ma’no guruhlariga ajratib yozish talab qilinadi. Bu mashq har bir
oʻquvchiga individual tarzda bajartirilishi lozim. Mashqdagi matn tarkibidagi
sifatlarni topib, ma’no guruhlariga ajratgan oʻquvchilar tinglanadi. Xatolari
tuzattiriladi.
“Ijodkor oʻquvchi” deb nomlanuvchi 3-zinada 375-mashqni yozma hamda
tasviriy bajartiriladi.
Bunda guruhlar mashq matni bilan tanishib, sifat turkumiga kiruvchi
soʻzlarni topib, ma’no guruhlarini aniqlaydilar va quyidagi narsaning belgisini
bildirib kelgan sifatlarni chizmada ham aks ettiradilar:
Yoqut koʻzli uzuk
Zarbof chopon
Bebaho kamar
Soʻnggi zina “Davomini toping!” deb nomlanib, bunda oʻqituvchi oʻzi
tayyorlagan quyidagi topshiriqni beradi. “Chap ustundagi maqollarning davomini
oʻng ustundan toping, maqollar tarkibidagi sifatlarni aniqlab, ma’no guruhlariga
ajrating!”


59
1
Axmoqona farmonga
sabotli boʻl!
2
Achchiq-achchiq gapirib
maslahat soʻrama!
3
Sinalmagan kishidan
odilona javob.
4
Salobatli boʻlma
shirin javob kutma!
5
Chin soʻz -moʻtabar
bolasi toʻq boʻladi.
6
Bemaza qovunning
Yaxshi soʻz- muxtassar.
7
Qoʻnogʻi koʻp uyning
urugʻi koʻp boʻladi.
8
Maslahatli ish bitar
Bilimi zoʻr mingni yiqar.
9
Tikansiz gul boʻlmas,
Maslahatsiz ish yitar.
1
Bilagi zoʻr birni yiqar
Mashaqqatsiz-hunar.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling