O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.71 Mb.
bet40/82
Sana02.12.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1779866
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
Bog'liq
Matn lingvistikasi-fayllar.org

Emotsional gaplar. So‘zlovchining o‘ta xursandlik yoki o‘ta xafalik holatlarini yoki qahramonning his-hayajonini, voqea-hodisaga emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar emotsional gaplar hisoblanadi. Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo‘yoqdor so‘zlar (chehra, o‘ktam, tabassum / turq, qo‘pol, tirjaymoq kabi) mavjud bo‘ladi. O‘sha so‘zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo‘rquv, g‘azab kabi psixologik jarayonlarni hamda yozuvchining tasvir ob’ektiga nisbatan sub’ektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida ijobiy yoki salbiy bo‘yoqdor so‘z va iboralar, his-tuyg‘u ifodalovchi undovlar (oh, voy sho‘rim, eh attang, bay-bay-bay kabi), munosabat ifodalovchi undalmalar qatnashadi va ular nutqning ekspressivligini ta’minlashga xizmat qiladi: Qanday yoqimli tong! To‘yib–to‘yib nafas olasan! Buncha fusunkor bo‘lmasa bahor! Qishlog‘imiz naqadar go‘zal–a! (Gazetadan). Sarvarov to‘ng‘illadi: –Ikkinchi chiqishimda ushlashi kerak edi. Birinchi chiqishimdayoq ushlab o‘tiribdi bu miyasi aynigan chol (S.Ahmad). – Tilimni qichitma, jo‘jaxo‘roz! Aytmadimmi, kuzda qiyqillab stolning tagiga kirib ketasan, deb... Eh-e, sening xo‘roz bo‘lishingga hali o‘n to‘rt protsent bor. Bahorda karillab hech kimga so‘z bermaganding. Menga, kekkayma, deganday shama qilding-a! (A.Qahhor) Evoh, essiz umr, essiz qizim!.. Voy bechora! – dedi Gulsumbibi birdan. Sho‘rlik qizga qiyin bo‘libdi hammadan (Oybek).
Ritorik so‘roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo‘lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so‘roq gap deyiladi. Ko‘pincha ritorik so‘roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so‘zlar keladi. Ular nutqqa ko‘tariki ruh bag‘ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g‘azab va nafratini ifodalashda juda qo‘l keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng qo‘llaniladi. Ardoqli shoir Abdulla Oripovning «Olamonga» deb atalgan quyidagi she’ri ritorik so‘roqning go‘zal namunasi bo‘la oladi:

Mashrab osilganda qayoqda eding?

Cho‘lpon otilganda qayoqda eding?

Surishtirganmiding Qodiriyni yo

Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?
Hukmlar o‘qilur sening nomingdan,

Tarixlar to‘qilur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?

Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan?
Qarshingda hasratli o‘yga tolaman,

Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen – olomon?!

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling