O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.06.2020
Hajmi0.54 Mb.
#115945
1   2   3   4
Bog'liq
bakalavrlik bitiruv malakaviy ishni bajarish rasmiylashtirish va himoya qilish


 6.3. TOPSHIRIQ VARAQASI 

 

BMI  bo’yicha  topshiriq  varaqasi  birinchi  ilovada  ko’rsatilgan 

shaklda rasmiylashtiriladi. 

 

 6.4. ANNOTASIYA 



 

Annotasiya ishning qisqacha xarakteristikasi bo’lib, uning yozilish 

shakli  4-ilovada  keltirilgan.  Chet  tilda  yozilgan  ishda  o’zbek  tilidagi 

annotasiya ham bo’lishi kerak. 

 

 6.5. MUNDARIJA 

 

Mundarijada matndagi hamma bob, paragraf va bandlar (agar ular 

sarlavhaga  ega  bo’lsa)  ning  sarlavhalari  va  ularning  boshlanishi 

joylashgan sahifalar raqamlari ko’rsatiladi. 

 

 6.6. RUBRIKASIYA 

 

 BMI  matni  tadqiqot  mantiqini  o’zida  aks  ettirgan  tarkibiy 

qismlarga 

(bob, 


paragraf 

(fasl) 


va 

bandlarga) 

ajratiladi 

(rubrikasiyalanadi). Ular tegishlicha raqamlanadi va nomlanadi. Keyingi 

paytlarda  ilmiy  va  texnikaviy  adabiyotda  ilmiy  asar  qismlarini 

raqamlashning  sof  raqamli  tizimi  qo’llanilmoqda.  BMI  da  ham  shu 

tizimni qo’llash tavsiya etiladi. 

Boblar  butun  ish  ichida  oxiriga  nuqta  qo’yilgan  arab  raqamlari 

bilan raqamlanadi. Har bir bobni yangi sahifadan boshlash kerak.  

Paragraflar har bir bob ichida arab raqamlari bilan raqamlanadi va 

uning  raqami  nuqta  bilan  ajratilgan  bob  raqamidan  va  paragrafning 

o’zining  raqamidan  iborat  bo’lishi  kerak.  Paragraf  raqami  oxiriga  ham 

nuqta qo’yiladi, masalan, « 2.3. » (ikkinchi bobning uchinchi paragrafi).  

Boblar  va  paragraflar  nomga  ega  bo’lish  kerak.  Boblar  nomlari 

sarlavha  ko’rinishida  bosh  harflar  bilan  markazda  (matnga  simmetrik), 


 

22 


paragraflar nomi sarlavha ko’rinishida kichik harflar bilan (birinchi bosh 

harfdan tashqari) abzasdan yoziladi.  

Sarlavhada so’zlar ko’chirilmaydi. Sarlavha tagiga chizilmaydi va 

oxirida  nuqta  qo’yilmaydi.  Agar  sarlavha  ikki  yoki  undan  ko’p  gapdan 

iborat  bo’lsa,  ular  nuqta  bilan  ajratiladi.  Sarlavha  bilan  matn  orasidagi 

masofa uch-to’rt interval bo’lishi kerak. 

Bandlar  tartib  raqami  bir-biridan  nuqta  bilan  ajratilgan  bob, 

paragraf  va  band  (arabcha)  raqamlaridan  iborat  bo’ladi,  masalan, 

«1.1.2.»  (birinchi  bob  birinchi  paragrafining  ikkinchi  bandi).  Har  bir 

band  tartib  raqami  bilan  abzasdan,  matndan  ajratilmasdan  yoziladi. 

Bandlarga  odatda  sarlavha  qo’yilmaydi.  Sarlavha  qo’yilgan  taqdirda 

sarlavhani  tagiga  chizish  yoki  boshqa  shriftda  yozish  bilan  ajratib 

ko’rsatish mumkin. 

«Mundarija»,  «Kirish»,  «Xulosa»,  «Foydalanilgan  adabiyotlar 

ro’yxati»  raqamlanmaydi.  Ular  matnga  simmetrik  ravishda  bosh 

harflarda yoziladi va yangi sahifadan boshlanadi.  

Matnda abzaslar 10 mm (kompyuter klavishining beshta zarbi) ga 

teng chekinishdan boshlanadi. 

  

6.7. GRAFIK TASVIRLAR 

 

Grafik  tasvirlar  A2  format  (420x594  mm)  dan  katta  bo’lmagan 

varaqlarda  taqdim  etilishi  mumkin.  Katta  varaqlar  A4  format 

o’lchamigacha buklanadi va bitta sahifa sifatida raqamlanadi. 

Grafik  tasvirlar  ularga  matnda  birinchi  havola  berilgan  joydan 

keyin joylashtiriladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki, ularni BMI ni 

burmasdan yoki soat strelkasi bo’yicha burib qarash mumkin bo’lsin. 

Hamma  grafik  tasvirlar  (chizmalar,  sxemalar,  fotosuratlar, 

diagrammalar,  grafiklar)  nashrlarda  «rasm»  so’zi  bilan  belgilanadi. 

Lekin  matnda  tasvirga  havola  berilganda  tasvir  turini  aniq  ko’rsatish 

kerak, masalan, «2.1-rasmda asbobning optik sxemasi keltirilgan». 

Rasmlar  (ilovalarda  keltirilganlaridan  tashqari)  har  bir  bob  ichida 

ketma-ket arab raqamlari bilan bob raqamini ham ko’rsatib raqamlanishi 

kerak,  masalan,  «1.2-rasm»  (birinchi  bobning  ikkinchi  rasmi).  Agar 

ishda faqat bitta rasm bo’lsa, u raqamlanmaydi. 

Rasmlar  oq  noshaffof  qog’ozda  qora  tush  yoki  qora  siyoh  bilan 

chizilishi  yoki  kompyuterda  tayyorlanishi  kerak.  Faqat  shtrixli  rasmlar 

va  asl  fotosuratlar  ishlatilishi  mumkin.  Rangli  rasmlar  va  nusxalar 



 

23 


ishlatilmaydi.  A4  formatdan  kichik  o’lchamli  rasmlar  A4  formatli  oq 

qog’ozning  standart  varaqlariga  yelimlab  yopishtiriladi  va  rasmlarga 

ular joylashtirilgan varaq (sahifa) ning raqami yoziladi.  

Rasmdagi  yozuvlar  tegishli  qismga  yaqin  joyda  gorizontal 

joylashtirilishi  kerak.  Bu  yozuvlarning  o’lchami  va  shrifti  butun  ish 

bo’yicha  bir  xil  bo’lishi  kerak.  Rasmdagi  shriftlar  asosiy  matn  shrifti 

o’lchamining yarmidan kichik bo’lmasligi kerak.  

Har  bir  rasm  ostyozuvga  ega  bo’lishi  kerak.  Ostyozuv  rasm 

nomidan  (kerak  bo’lsa  batafsil  tavsifiy  yozuvdan)  iborat  bo’lib,  u  rasm 

tagida uning tartib raqamidan keyin joylashtiriladi. 

 

6.8. JADVALLAR 

 

Raqamli materiallar odatda jadval ko’rinishida beriladi. Jadvalning 



tuzilishi quyidagi misolda ko’rsatilgan. 

 

       3.2-jadval. Uglevodorod zanjirlarida CH



2

 guruhlar   

                          tebranishlarining hisoblangan va tajribada   

                          kuzatiladigan chastota intervallari (sm

-1

)      


    

Buralma tebranishlar 

Mayatnik tebranishlar 

Chastota 

Hisoblash 

Tajriba 


Hisoblash 

Tajriba 


Maksimum 

1243 


1322 

1109 


1047 

Minimum 


1176 

1180 


717 

720 


 

Jadval  kataklari  sarlavhalari  bosh  harflardan  boshlanadi; 

ostsarlavhalari,  agar  ular  sarlavha  bilan  bitta  gap  tashkil  qilsa  -  kichik 

harflardan, mustaqil bo’lsa - bosh harflardan boshlanadi. Jadval boshini 

diagonal  bo’yicha  bo’lish  mumkin  emas.  Jadvalga  «Tartib  raqami» 

katagi kiritilmaydi.  

Matndagi  jadvallar  (ilovalarda  keltirilganlaridan  tashqari)  har  bir 

bob  ichida  ketma-ket  arab  raqamlari  bilan  raqamlanadi.  Jadval  raqami 

nuqta  bilan ajratilgan  bob  raqami  va jadvalning  tartib  raqamidan iborat 

bo’ladi.  

Jadval ustiga tartib raqami, keyin tire bilan «jadval» so’zi, so’ngra 

nuqta qo’yilib jadval nomi (birinchi harfi bosh harfda, qolganlari kichik 



 

24 


harflarda) yoziladi. Sarlavha tagiga chizilmaydi. Agar ishda bitta jadval 

bo’lsa, unga tartib raqami berilmaydi va «jadval» so’zi yozilmaydi.  

Jadval unga matndagi birinchi havoladan keyin joylashtiriladi. Uni 

shunday joylashtirish kerakki, uni BMI ni burmasdan yoki soat strelkasi 

bo’yicha burib o’qish mumkin bo’lsin.  

Jadval  bir  sahifaga  sig’may  davomi  boshqa  sahifaga  ko’chirilsa, 

uning  raqami,  «jadval»  so’zi  va  nomi  bir  marta  -  jadval  boshlanishida 

ko’rsatiladi, boshqa qismlari tepasiga «...-jadval davomi» deb yoziladi. 



 

6.9. FORMULALAR 

 

 

Matematik,  fizikaviy  va  ximiyaviy  formulalar  puxta  va  aniq 



yozilishi kerak.  

 

Formulalar  ularga  havola  berilgan  satrdan  keyingi  satrning 



markazida  keltiriladi.  Agar  formulalar  bitta  satrga  joylashmasa,  ularni 

tenglik  (=),  qo’shish  (+),  ayirish  (-)  va  ko’paytirish  (x)  belgilaridan 

keyin boshqa satrga ko’chirish mumkin; bunda bu belgilar satrlar oxirida 

va boshida takrorlanadi.  

 

Formulalar bob ichida ketma-ket arab raqamlari bilan raqamlanadi. 



Formulaning  tartib  raqami  nuqta  bilan  ajratilgan  bob  raqami  va 

formulaning bobdagi tartib raqamidan iborat bo’ladi. Formulaning tartib 

raqami  sahifaning  o’ng  tomonida,  formula  joylashgan  satrda  dumaloq 

qavs ichida ko’rsatiladi.  

 

Har  bir  formulaning  yuqorisi  va  pastidan  kamida  bittadan  bo’sh 



satr qoldirilishi kerak.  

 

Formuladagi  belgilar  ular  birinchi  marta  matnda  keltirilgandayoq 



tushuntiriladi.  Har  bir  belgi  ma’nosi  ular  formulada  keltirilgan  ketma-

ketlikda  berilishi  kerak.  Tushuntirish  «bu  yerda»  so’zidan  boshlanadi 

(undan keyin ikki nuqta qo’yilmaydi), masalan: 

  

            



,

)

x

b

(

)

x

a

(

x

b

)

x

b

(

)

x

a

(

x

b

)

x

b

(

)

x

a

(

x

a

)

x

b

(

)

x

a

(

x

a

)

x

(

y















     (1.1) 

bu  yerda   

x

    - 


y

  funksiyaning  argumenti,   



a

  va 


b

  -  o’zgarmas 

koeffisiyentlar.  


 

25 


 

Bu  talablar  ximiyaviy  formulalar  uchun  ham  o’rinli.  Moddalar 

nomlanishida IUPAC nomeklaturasini ishlatish kerak. 

   


6.10. O’LCHOV BIRLIKLARI 

 

 



Fizikaviy  kattaliklarning  belgilanishi  va  qisqartmalari,  o’lchov 

birliklari  Xalqaro  birliklar  sistemasi  (SI)  ga  mos  kelishi  kerak.  Hozirgi 

vaqtda bu sistema bo’yicha yetarlicha qo’llanmalar bo’lganligi uchun bu 

masalaga batafsil to’xtalmaymiz.  

 

SI bilan bir qatorda bir qancha vaqt davomida qo’llanishga ruxsat 



berilgan  boshqa  birliklar  sistemasi  (jumladan  SGS  sistemasi)  va 

sistemalardan  tashqari  birliklardan  foydalanish  mumkin.  Lekin  ularni 

kattaliklarning  SI  dagi  qiymatlaridan  keyin  qavs  ichida  keltirish  kerak, 

masalan,  kattaliklarning  «kaloriya»  va  «kilokaloriya»dagi  qiymatlarini 

«joul» va «kilojoul» larda ifodalangan tegishli qiymatlaridan keyin qavs 

ichida keltirish mumkin. 

 

6.11. ILOVALAR 

 

 



Ilovalar  BMI  ning  davomi  sifatida  uning  keyingi  varaqlarida 

joylashtiriladi. 

 

Har  bir  ilova  yangi  varaq  (sahifa)  dan  boshlanishi,  o’nggi  yuqori 



burchagida  «ILOVA»  so’zi  yozilishi  va  sarlavhaga  ega  bo’lishi  kerak.  

Ishda bittadan ortiq ilova bo’lsa, ilova arab raqamlari bilan raqamlanadi, 

masalan, «1-ILOVA», «2-ILOVA». 

 

Har bir ilova matni zarur hollarda paragraf va bandlarga bo’linishi 



mumkin.  Ular  har  bir  ilova  ichida  oldiga  nuqtali  «I.»  harfi  (“Ilova” 

so’zining  qisqartmasi)  qo’yilgan  arab  raqamlari  bilan  raqamlanadi, 

masalan, «I.2.3». 

 

Ilovalardagi  grafik  tasvirlar,  jadvallar  va  formulalar  har  bir  ilova 



ichida  oldiga  nuqtali  «I.»  harfi  qo’yilib  raqamlanadi,  masalan,  «I.1.1-

rasm». 


 

Bir  sahifaga  sig’may,  davomi  boshqa  sahifaga  o’tkazilgan 

ilovaning  davomi  tepasiga  faqat  «...-ILOVANING  DAVOMI»  deb 

yoziladi.  

 

Hamma ilovalar BMI mundarijasida ko’rsatiladi. 



  

 

 

26 


6.12. HAVOLALAR 

  

Matnda  adabiy  manbaga  havola  berilganda  manbaning  adabiyot 

ro’yxati  bo’yicha  tartib  raqami  kvadrat  qavslar  ichida  keltiriladi, 

masalan, [6].  

 

Tasvirlarga  va  jadvallarga  havolalar  tasvir  yoki  jadvalning  tartib 



raqami  bilan  (masalan,  “3.2-rasmda  ...”,  “2.1-  jadvalda  ...”), 

formulalarga  havolalar  ularning  dumaloq  qavslar  ichidagi  tartib  raqami 

bilan ko’rsatiladi (masalan, “(1.1) formulada... ” ).  

 

Qayta  havola  berilganda,  u  “qarang”  so’zining  qisqartmasi  bilan 



beriladi, masalan, “2.1- rasmga q.”.  

 

6.13. IZOHLAR 



 

 

Matnga  va  jadvallarga  izohlar  bir  nechta  bo’lsa,  ular  ketma-ket 



arab  raqamlari  bilan  raqamlanadi  va  oxiriga  ikki  nuqta  qo’yilgan 

“Izohlar:”  so’zidan  keyin  keltiriladi,  masalan,  “Izohlar:  1.  ……….  2. 

……….. .”  

Agar  izoh  bitta  bo’lsa,  u  raqamlanmaydi  va  oxiriga  nuqta 

qo’yilgan “Izoh.” so’zidan keyin keltiriladi. 

    


7. BITIRUV MALAKAVIY ISHNI HIMOYA QILISH 

 

 

Belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  va  muqovalangan  ikki 



nusxadagi  BMI  uning  electron  varianti  bilan  birga  talaba  tomonidan 

rahbarga  taqdim  etiladi.  Rahbar,  BMI  talab  darajasida  bajarilganligiga 

ishonch  hosil  qilgandan  so’ng,  ishni  o’z  taqrizi  bilan  birga  kafedra 

mudiriga  taqdim  etadi.  Ilmiy  rahbar  taqrizida  mavzu  dolzarbligi,  BMI 

maqsad  va  vazifalari  muallif  tomonidan  qay  darajada  yoritilganligi  va 

ularga  qay  darajada  erishilganligi,  ishning  ilmiy  jihatdan  yangiligi, 

natijalarning  asoslanganligi,  xulosa  va  takliflar  sifati,  talabaning  ilmiy 

tahlil  qila  olish  qobiliyati  va  faolligi,  ishning  bitiruv  ishlariga 

qo’yiladigan  talablarga  mosligi  ko’rsatiladi  va  ish  himoya  qilishga 

tavsiya qilinadi.  

 

Kafedra  mudiri  taqdim  etilgan  materillar  asosida  BMI  ni  talaba 



tomonidan  YaDAK  da  himoya  qilishga  kiritish  haqida  qaror  qabul 

qiladi.  Agar  kafedra  mudiri  talabaning  BMI  ini  himoyaga  kiritish 

mumkin  emas  deb  hisoblasa,  masala  kafedra  majlisida  BMI  rahbari 


 

27 


ishtirokida  muhokama  etiladi  va  kafedra  majlisining  bayonnomasi 

fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.  

 

Himoyaga  kiritilgan  BMI  taqrizga  yuboriladi.  Taqrizchilar  tarkibi 



bitiruvchilarga  ish  beruvchi  soha  mutaxassislari  safidan  tanlanadi. 

Taqrizchilar  sifatida  boshqa  oliy  ta’lim  muassasasining  professor  va 

o’qituvchilari  ham  jalb  etilishi  mumkin.  Taqrizda  BMI  mavzusi 

dolzarbligi, ishning tuzilishi, tarkibi va qisqacha mazmuni, ilmiy tafsilot, 

asosiy  natijalar,  xulosa  va  tavsiyalarning  nechog’lik  asoslanganligi, 

to’g’riligi  va  yangiligi,  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati,  tugallanganlik 

darajasi,  ishning  kamchiliklari  ko’rsatiladi  va  ishning  bitiruv  ishlariga 

qo’yiladigan  talablarga  qanchalik  muvofiqligi  e’tiborga  olinib,  umumiy 

xulosa chiqariladi. 

 

Arxiv, axborot-resurs markazi va kafedralarda saqlanayotgan yoki 



internet  resurslardan  foydalanib,  aynan  kochirib  olinganligi  rasmiy 

himoyagacha  aniqlanib,  tasdig’ini  topgan  bitiruv  ishlari  kafedra  mudiri 

taqdimnomasiga  asosan,  rektor  buyrug’i  bilan  bekor  qilinadi  va 

bitiruvchiga  qoniqasiz  baho  qo’yiladi,  BMI  rahbari  esa  keyingi  uch  yil 

davomida bitiruv ishlariga rahbar etib tayinlanmaydi. 

 

Fakultet  dekani  BMI  ni  taqrizlar  bilan  birga  himoya  qilish  uchun 



YaDAK ga taqdim etadi. 

 

BMI ni himoya qilish tartibi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 



muassasalari  bitiruvchilarining  yakuniy  davlat  attestasiyasi  to’g’risida 

Nizomda”  belgilangan.  Bitiruv  ishlari  mavzusi,  mazmun-mohiyati  va 

xususiyatlariga  muvofiq  ularning  himoyasini  tashkil  etish  va 

o’tkazishning  boshqa  shakllari  oily  ta’lim  muassasasi  Ilmiy  kengashi 

tomonidan o’rnatilishi mumkin. 

 

Bitiruv  ishlar  himoyasi  zamonaviy  axborot  texnologiyalari 



vositasida taqdimot (prezentasiya) shaklida tashkil etiladi va o’tkaziladi. 

Buning  uchun  yetarli  darajada  maxsus  jihozlangan  auditoriyalar 

belgilanadi. 

 

BMI himoyasi YaDAK ning ochiq majlisida o’tkaziladi. 



BMI himoyasida YaDAK kotibi himoyachining familiyasi, ismi va 

sharifini,  BMI  mavzusini,  ilmiy  rahbar  familiyasini  e’lon  qilib,  ishni 

himoya qilish uchun kerakli hujjatlar mavjudligi va ularning belgilangan 

talablarga  nechog’lik  muvofiqligi  haqida  ma’lumot  beradi.  Shundan 

keyin  ishning  asosiy  mohiyatini  bayon  qilish  uchun  talabaga  so’z 

beriladi. 



 

28 


BMI ni himoya qilishga 10-15 minut vaqt ajratiladi. Ishni himoya 

qilishni  shunday  rejalashtirish  kerak-ki,  shu  10-15  minut  vaqt  ichida 

YaDAK  a’zolariga  BMI  maqsadi,  unga  yetishish  usullari,  natijalar  va 

xulosalarni to’liq yetkazish lozim.  

Yaxshi  ishdangina  yaxshi  ma’ruza  qilish  osonligi  ma’lum.  Xuddi 

shunday,  yaxshi  ishni  yomon  ma’ruza  bilan  osongina  buzib  qo’yish 

mumkin.  Bu  ma’ruzachini  mutaxassis  sifatida  baholashda  muhim 

ahamiyatga  ega.  Ma’ruza  vaqtida  o’zini  tutishi,  dalillar  zanjirini 

ochishda  mantiqiylik,  savollar  va  e’tirozlarga  javoblari  -  bularning 

hammasi  ma’ruzachining  ichki  dunyosini,  shaxsiy  sifatlarini  namoyon 

qiladi. Shuning uchun ham har qanday ma’ruza malakaviy deb qaralishi 

kerak. 


Ma’ruzani  quyidagi  tartibda  tuzish  tavsiya  etiladi:  muammoni 

ta’riflash,  tadqiqot  maqsadini  belgilash,  shu  maqsadga  qanday 

erishilganligini  ko’rsatish,  so’ngra  hamma  aytilganlarni  qisqacha 

xulosalash kerak.  

Ma’ruza  matnini  ko’rsatilgan  tarkibda  oldindan  tayyorlash  kerak. 

Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, odatda matnning har bir beti 2-2,5 

minut  og’zaki  nutqni  talab  qiladi.  10-15  minutlik  ma’ruza  uchun  4-5 

betlik matn yetarli bo’ladi.  

Ma’ruza  mazmunini  YaDAK  a’zolariga  samarali  tarzda  yetkazish 

uchun  uni  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  vositasida  taqdimot 

(prezentasiya) shakli tayyorlash lozim.  

Ma’ruzani  BMI  mavzusini  aytishdan  boshlamaslik  kerak.  Uni, 

yuqorida aytilgandek, talabaga so’z berishdan oldin YaDAK kotibi e’lon 

qiladi.  Chiqishni  «Hurmatli  komissiya!»  deb  boshlab,  yuqorida 

ko’rsatilgan reja bo’yicha davom ettirib ketish kerak.  

Ortiqcha  so’zlarni  va  informasiya  bermaydigan  gaplarni 

ishlatmasdan,  aniq  gapirish  kerak.  Masalan,  «O’tkazilgan  tadqiqotlar  - 

juda muhim» deyish noto’g’ri. Ishning muhimligi haqida gapirish kerak, 

lekin bunda u nima uchun muhimligini aytish kerak. O’z ma’ruzasini va 

auditoriya  oldida  o’zini  tutishni  har  doim  nazorat  qilib  turish  kerak. 

Hech qachon doskaga qarab, ya’ni auditoriyaga teskari turib gapirmaslik 

kerak. Ma’ruzani qog’ozga qarab o’qimaslik kerak. 

Grafiklar,  rasmlar,  jadvallar  aniq  va  tushunarli  bo’lishi,  ular 

hamma tinglovchilarga yaxshi ko’rinishi kerak. Buning uchun harflar va 

raqamlar  o’lchamlari  yetarlicha  katta,  grafiklardagi  chiziqlar  yetarlicha 

qalin,  shriftlar  aniq  bo’lishi,  so’zlar  va  satrlar  orasida  yetarlicha  joy 



 

29 


qoldirilishi  kerak.  Jadvalni  faqatgina  ma’lumotni  grafik  tarzda  keltirish 

mumkin bo’lmagan holda ko’rsatish mumkin. Har bir grafikda ma’lumot 

miqdorini kamaytirish kerak, qo’shimcha ma’lumotlarni og’azaki aytish 

mumkin.  

Ma’ruza  so’ngida  qisqa  va  aniq  qilib,  xulosa  qilish  kerak. 

Chiqishni  «E’tiboringiz  uchun  rahmat!»  deb  tugatish  maqsadga 

muvofiq. 

Bitiruvchi  o’z  ma’ruzasini  himoyadan  oldin  tanqidiy  fikrlovchi 

kishilar oldida soatga qarab mashq qilsa yaxshi bo’ladi. Agar talaba 1-2 

kurslardan  boshlab  ilmiy-tadqiqot  ishlari  bilan  shug’ullangan,  ilmiy 

to’garaklarda  faol  qatnashib  kelgan,  talabalar  ilmiy  konferensiyalarida 

ma’ruzalar qilib kelgan bo’lsa, BMI himoyasi yengil o’tadi. 

Ma’ruzadan  keyin  bitiruvchiga  savollar  berilishi  mumkin. 

Savollarga  aniq  va  to’liq  javob  berishga  harakat  qilish  lozim.  Shundan 

keyin  so’z  ilmiy  rahbarga  beriladi.  U  o’z  taqrizini  o’qib  berishi  yoki 

fikrini  og’zaki  bildirishi  mumkin.  So’ngra  so’z  taqrizchiga  beriladi. 

Taqrizchi  BMI  bo’yicha  o’z  mulohazalarini  aytadi.  Agar  taqrizchining 

tanqidiy  mulohazalari  bo’lsa,  ularga  javob  berish  uchun  so’z  yana 

bitiruvchiga  beriladi.  Aniq  javob  berish  uchun  bitiruvchi  himoyadan 

oldin taqriz bilan tanishib, javob matnini tayyorlab qo’yishi kerak. 

Shundan  so’ng  BMI  bo’yicha  ilmiy  munozara  boshlanadi.  Unda 

himoyada 

hozir 

bo’lgan 


barcha 

professor-o’qituvchilar, 

soha 

mutaxassislari, 



talabalar 

qatnashib, 

BMI 

bo’yicha 



o’z 

fikr-


mulohazalarini bildirishlari mumkin.  

Munozara  tugagach,  bitiruvchiga  yakunlovchi  so’z  beriladi.  Unda 

bitiruvchi o’zining ishi bo’yicha yakunlovchi fikr-mulohazalarini aytishi 

va  ishni  bajarishda  unga  yaqindan  yordam  bergan  kishilarga  o’z 

minnatdorchiligini bildirishi mumkin.  

BMI  bo’yicha  YaDAK  ning  qarori  yopiq  majlisda  qabul  qilinadi 

va bu qaror himoya o’tgan kuni e’lon qilinadi. 

 Himoyadan keyin BMI da aniqlangan xatolar va noaniqliklarning 

tuzatilishiga yo’l qo’yilmaydi.  

Yuqorida aytib o’tilgandek, BMI ikki nusxada tayyorlanishi kerak. 

Himoya  vaqtida  BMI  ning  bir  nusxasi  YaDAK  da,  ikkinchi  nusxasi 

taqrizchida  bo’ladi.  Himoyadan  keyin  BMI  ning  asl  nusxasi  taqrizlar 

bilan  birgalikda  YaDAK  kotibiga,  ikkinchi  nusxasi  ish  bajarilgan 

kafedraga topshiriladi. 



 

30 


YaDAK  ga  topshirilgan  BMI  himoyadan  so’ng  dekan  tomonidan 

o’quv bo’limiga topshiriladi va u kamida 10 yil oliy ta’lim muassasasida 

saqlanadi. Har xil sabablar bo’yicha (tadbiq etish, tanlovlar va h.k.) BMI 

ni boshqa tashkilot yoki xodimlarga topshirish zaruriyati tug’ilsa, ularga 

ishning  nusxasi  beriladi,  ishning  asl  nusxasi  oliy  ta’lim  muassasasida 

qoldiriladi. 

    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

31 


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling