46
O’zbekiston o’z avtomobillarini MDX ning deyarli xamma mamlakatlariga
muvaffakiyatli eksport kilayapti. Uzbek avtomobillarini xaridorlari orasida
Rossiya, Belarusiya va Kirgiziston oldinda bormokdalar. «Uz DEU avto» ishlab
chikargan avtomobillari eksportining 90% Rossiyaga tugri keladi. «Uzavtosanoat»
raisi K.Parpiyevning fikricha Rossiya avtobozorida Neksiya, Tiko, Damas va
Matizlarga «joy yetarli».
1
Ekspertlarning fikricha Rossiya avtomobil bozorining yillik sigimi 2004
yilda 2 miln avtomobilga yetgan. Rossiya avtomobil sanoatining ishlab chikarish
kuvvati 2002 yilda 1 million avtomobildan oshmagan. Shunday kilib
K.Parpiyevning fikricha 1 million avtomobil importiga extiyoji bulgan rossiyalik
ishlab chikaruvchilarga 80-90 ming dona uzbek mashinalari xech kanday xavf
tugdirmaydi. Xar yili Rossiya avtobozorlariga urtacha 40 mingdan ortik Andijon
zavodida ishlab chikarilgan Neksiya, Tiko, Damas va Matiz chikarilib, uzbek
avtomobillari Rossiyaga keltirilayotgan chet el avtomobillari orasida birinchi
urinni egallaydi. Andijon avtomobillari uzlarining yurish sifati buyicha sobik sovet
respublikalarida ishlab chikarilgan avtomobillardan kam emas, salonning kulayligi
buyicha ulardan yukori xamdir.
Ma’lumki «DEU» koreys kompaniyasi Rostov-Donda rossiyalik
mutaxassislar bilan chiqarayotgan yengil avtomobillardan tejamlirokdir – ular 100
km ga 4,5 litr yokilgi sarflaydi, rostovlik «DEU» lar esa 5,5 litr.
1
«Халк сузи газетасига берилган интервью, №334(28) , 22 феврал 2003 йил.