O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi aliser navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#219394
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
sopol

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                      

31

  Бобомуллоев С. Указ. работа, стр.309. 




 

23 


II-BOB. QADIMGI  DEHQONCHILIK  MADANIYATI 

YODGORLIKLARI VA ULARNING DAVRIY SANASI  

2.1.O’troq dexqonchilik yodgorliklarining davriy sanasi. 

Janubiy  Tojikistonning  keng  va  xilma  xil  geografik  iqlim  sharoiti,  uning 

aholisi  ishlab  chiqarish  xo’jalik  shakllarida  o’z  aksini  topgan  va  ko’p  hollarda 

ularning  tarixiy  rivojlanish  yo’llarini  oldindan  belgilab  bergan.  Shu  bois,  bronza 

davri  yodgorliklari  tog’  oldi  hududlari  va  tog’lar  oralig’idagi  vohalarida,  daryo 

havzalarida  joylashgan.  Tojikiston  xududidan  asosan  bronza  davrining  chorvador 

qabilalari yashagan hamda uning Janubiy O’zbekistonga chegaradosh hududlarida 

bronza davrining so’nggi bosqichlarida qadimgi dehqonchilik bilan shug’ullangan 

qabilalar yashaganliklari haqida guvohlik beruvchi yodgorliklar ham topilgan. 

Qadimgi  dehqonchilik  madaniyati  yodgorliklari  o’tgan  asrning  70-yillaridan 

boshlab  janubiy  Tojikiston  hududlaridan  topila  boshladi.  Masalan,  Sopolli 

madaniyatiga  tegishli  2  ta    qabriston  Nurek  GES  hududida

32

,  Xisor  vodiysida 



Tandiryo’l  va  Zarkamar    qabristonlari,  Daxana

33

    va  Teguzakmakonlari,  Tairsuv 



daryosi  havzasida    Kangurtut  qabristoni  va  makoni  hamda  Baraki-Kurug  makoni 

va  nihoyat  yana  bir  yodgorlik-Xo’ja  G’oyib

34

,  Kulob  vodiysidan  o’rganilgan. 



Ulardan topilgan arxeologik majmualar, birinchi navbatda, kulolchilik mahsulotlari 

Sopolli  madaniyatining  Mo’lali  bosqichi  topilmalariga  o’xshashligi  bilan 

xarakterlanadi.  Demak,  Janubiy-g’arbiy  Tojikiston  hududlaridan  o’rganilgan 

qadimgi  Dehqonchilik  madaniyati  yodgorliklari  Sopolli  madaniyatining  Mo’lali 

bosqichi sanasi bilan, ya’ni mil. avv. 1300-1200 yillar bilan belgilash mumkin. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling