O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi aliser navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sopol
126
Виноградова Н.М. Юго-западний Таджикистан в эпоху поздней бронзы. – М., 2004. 60
qabilalari jamoalari ichigacha kirib boradilar. Bu holat Jarqo’ton, Teguzak, Kangurt-tut, Karimberdi, Ilk Tulxor, Ilk Aruktau, Tigrovaya Balka, Vaxsh, Makoni-mor, BishKent I,II,III, Oyko’l, Jarko’l qabristonlari misolida yaxshi o’rganilgan. shuningdek, Shimoliy Baqtriyaga xos tabiiy-geografik muhit mintaqa etnik guruhlari xo’jalik shakllarining rivojlanish yo’llarini oldindan belgilab bergan. Arxeologik izlanishlar geografiyasiga ko’ra, Shimoliy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari tog’ oldi hududlari va tog’lar oralig’idagi vohalarda, daryo havzalarida topilgan. Hududiy jihatdan ular hozirgi kunda ikkita mustaqil suveren davlatlar –O’zbekiston va Tojikiston hududlariga to’g’ri keladi. Janubiy O’zbekiston hududiy doirasida miloddan avvalgi II – ming yillikda katta va kichik hududiy doiradagi dehqonchilik vohalari shakllangan. Bu vohalarda o’troq dehqonchilik madaniyatiga oid qator yodgorliklar borligi aniqlangan va o’rganilgan. Shimoliy Baqtriyaning Tojikiston qismida esa, asosan bronza davrining chorvador qabilalari yashagan hamda uning Janubiy O’zbekistonga Chegaradosh hududlarida, bronza davrining so’nggi bosqichlarida qadimgi dehqonchilik qabilalari yashaganliklari haqida guvohlik beruvchi yodgorliklar ham topilgan. Bular Kangurttut, Teguzak, Tandiryo’l yodgorliklaridir. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, miloddan avvalgi II-ming yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy Baqtriya hududlarida turli iqtisodiy xo’jalik va etnik guruhlarga tegishli qabilalar yashab, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy manfaatdorlik asosida qurilgan etnomadaniy aloqalar hozirgi zamon o’zbek va tojik xalqlarining shakllanishida dastlabki tarixiy ildiz, etnik asos bo’lib xizmat qilgan. Bu tarixiy muhit jarayonlari ularning antropologik va etnografik qiyofasida, kundalik turmush tarzida, shodiyona kunlari va motam marosimlari bilan bog’liq urf-odat va udumlarida o’z aksini topgan. Bu holatlar ulardan bizgacha yetib kelgan moddiy madaniyatda o’z aksini topgan.. Biroq, bu boy tarixiy madaniyat va ma’naviyat sarchashmasi obyektiv davriy uyg’unlikda, xronologik ketma-ketlikda o’rganilsagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Aks holda moddiy va ma’naviy manba birlamchilik xususiyatini yo’qotadi. 61
Shimoliy Baqtriyaning xilma-xil geografik iqlim sharoiti bu o’lka aholisining moddiy madaniyatini shakllanishida katta rol o’ynaganligi hisobga olinib, etnik guruhlarning asosi aniqlandi. Chunki, Shimoliy Baqtriya bronza davrida turli etnik guruhlarning uchrashuv maskani, etnomadaniy aloqalar maydoni bo’lib, bu omillar ularning tilida, etnik qiyofasida o’z aksini topgan. Qadimda Shimoliy Baqtriya hududini tashkil etgan turkiy va forsiy xalqlari hamisha yonma-yon yashab kelganlar. Bu ikki xalqning o’tmishi davomida diniy e’tiqod va shu bilan bog’liq udumlarga alohida e’tibor berib kelinganligi, bugungi kunda moddiy madaniyatda ham o’z aksini topmoqda. Diniy e’tiqodlarning shakllanishi va rivojlanishida esa, ularning dafn marosimlari muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu tadqiqot ishi orqali bronza davrida Shimoliy Baqtriyaning o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarning dafn marosimlari va diniy e’tiqodlari hamda bu ikki xo’jalik sohiblarining o’zaro munosabatlari tahlil etildi. Dafn marosimlarining qanchalik mukammal bo’lishi, dafn marosimlariga e’tibor qaratilishi u xalqda insonning qadri ulug’ligidan dalolat beradi. Bunday holatni biz bugungi kunimizda ham ko’rishimiz mumkin. - Shimoliy Baqtriyaning hududiy tarkibini tashkil etgan janubiy O’zbekiston va janubiy-g’arbiy Tojikiston o’z iqlim sharoitiga ko’ra, bir tomonda dehqonchilik, ikkinchi tomonda esa, chorvachilikning rivojlanishiga olib keldi. Dehqon va chorvador jamoalar o’rtasida o’zaro ijtimoiy, iqtisodiy va etnomadaniy aloqalar, bu aloqalarni moddiy madaniyatda aks etishi Jarqo’ton, Teguzak, Qangurttut, Tandiryo’l, Bo’ston kabi yodgorliklarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Demak, janubiy-g’arbiy Tojikiston hududlari so’nggi bronza davrida turli etnik guruhlarning o’zaro iqtisodiy, siyosiy hamda etnomadaniy aloqalar markazi bo’lgan. - Shimoliy Baqtriyaning Tojikiston hududidagi bronza
davri yodgorliklari tog’ va adirliklarda joylashganligi sababli, mazkur hududda yaylov chorvachiligi va lalmikor dehqonchilik, bog’dorchilik rivoj topadi. Hatto ularning uy-joy qurilishida ham farq borligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Dehqonchilik vohalarida asosan xom g’ishtlar asosida qishloq-qo’rg’onlar qurishga katta e’tibor
62
berilgan bo’lsa, chorvadorlar tog’li hududlarda yashaganliklari sababli, ularning uy-joy qurilishida toshdan foydalanishga katta e’tibor berilgan. Xatto, uy- joylarning fundamentiga tosh yotqizilgan. - Janubiy-g’arbiy Tojikistonning bronza davri Beshkent va Vaxsh madaniyatlari bir-biriga juda yaqin, o’xshash, yagona bir madaniyatni tashkil qilsalarda, ular o’rtasida qandaydir farqlar borligini ko’rish mumkin. Beshkent madaniyatiga kiruvchi Ranniy Tulxar qabristonida kremasiya qilingan qabrlar uchraydi. Bu albatta chorvador Andronova qabilalari moddiy madaniyatdagi ta’sirining kuzatilishidir. Bu jarayon Mo’lali bosqichidan avvalroq yuz bergan.Sopolli madaniyatining Bishkent va Vaxsh madaniyatlariga ta’siri Mo’lali bosqichi davrida yuz berdi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling