O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


II bob. Buxoro qo’rboshilari va sovetlarga qarshi harakatning ahvoli


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#256869
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
buxoro respublikasidagi qarshilik korsatish harakati tarixidan 1920-1924 yillar

II bob. Buxoro qo’rboshilari va sovetlarga qarshi harakatning ahvoli 

II.1. Harakatning keyingi rivojlanish bosqichlari (1922-1924yy) G’arbiy 

Buxoroda Mulla Abduqahhor boshchiligidagi harakat. 

 

1922 yil avgust oyi oxirlarida Qobulda Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon 



turkistonlik  muhojirlarning  katta  qurultoyini  chaqirdi.  Unda  Afg’onistondan  tash-

qari  Buxoro  va  Turkiyadan  kelgan  vakillar  ham  ishtirok  qildi.  Afg’onistondan 

Muhammadxon Eshong’ozi; Toshkentdan Kuzur Qozi, Azim Afandi; Farg’onadan 

Qori Afandi va yana 4 kishi; Buxorodan Usmon Xo’ja, Orif Hamid turkmanlardan 

Qulmuhammadbek  (M.  Qulmuhamedov)  va  amir  nomidan  Abdul  Hakim  kabi 

vakillar  qatnashdilar.  Anvar  Poshoning  o’limidan  keyin  Buxoro  va  butun 

Turkistonda yuzaga kelgan vaziyat muhokama qilindi. Buxorodagi istiqlolchilarga 

amaliy  yordam  berish  choralari  haqida  kelishib  olindi.  Turkistondagi  turli 

qo’rboshi  guruhlarini  birlashtirish  va  joylarga  vakillar  hamda  maslahatchilar 

yuborish  masalalari  hal  qilindi.  Halok  bo’lgan  Anvar  Posho  o’rniga  (Buxoroda 

uning  yordamchisi bo’lib  yurgan  va hozir  Afg’onistonda  turgan)  turk  zobiti  Hoji 

Somiy  Afandi  -  Salim  Posho  Oliy  bosh  qo’mondon  qilib  tayinlandi  hamda  ynra 

Posho  (general)  unvoni  berildi.  Salim  Posho  boshchiligida  Turkistondagi 

istiqlolchilarning yalpi xujumini 1923 yil bahorida boshlash rejalashtirildi.  

1922 yil kuzida G’arbiy Buxoroda istiqlolchilar bilan qizil askarlar o’rtasidagi 

janglar  qizib  ketdi.  Karmana  viloyati  ijroiya  qo’mitasi  raisining  1922  yil  9 

sentyabrda  yozgan  ma’ruzasida  aytilishicha,  Xatirchidagi  istiqlolchilarga  Bobo 

Muhammad  Alim,  Hasan  Amin  Tuqsabo,  Jo’raqul  Miroxo’r,  Shamsutdin  Hoji 

Miroxo’r,  Jumaqul,  Shomurod  kabi  qo’rboshilar  boshchilik  qilishgan.  Bu 

dastalarning  400  kishidan  iborat  qo’shini  Chingir  Bozorda  o’rnashgan  bo’lib, 

ularga  Samarqanddan  Hamdamcha  boshchiligidagi  90  kishilik  dasta  kelib 

qo’shilgan.  «Hozirgi  vaqtda  bosmachilar  bir  qancha  qishloqlarda  o’z 

amlokdorlarini tayinlashdi»,- deb joylarda sovet hokimiyati tugatilib, uning o’rniga 

qo’rboshilar  o’z  boshqaruvini  joriy  qilganligi  ushbu  ma’ruzada  e’tirof  etiladi. 




 

52 


Xatirchidan tashqari yana Karmana atroflari va butun Nurota istiqlolchilar qo’lida 

edi.  


Hozirgi  Buxoro  viloyatining  Shofirkon,  G’ijduvon,  Vobkent  tumanlari  jang 

harakatlari  eng  faollashgan  joylar  edi.  Qizilqum  cho’llarida  joylashgan  Tikay 

quduq, Mulla quduq, Og’itma va qayroqli Otada Mulla Abdulqahhor boshchiligida 

bir  necha  ming  istiqlolchi  bor  edi.  Buxoro  gruppa  qo’shinlarining  1922  yil  12 

sentyabrdagi operativ ma’lumotlarda aytilishicha, Buxoro jang uchastkasida «31--

otliqlar  brigadasi  qo’shin  qo’mondonining  o’rinbosari  Gaaze  boshchiligida  10 

sentyabr  soat  21  da  Vardonzedan  (Shofirkondan  o’n  chaqirim  sharqda)  Tikay 

quduq  qishlog’i  tomonga  qarab,  Mulla  Abdulqahhor  dastasini  tugatish  uchun 

yo’lga chikdi. 11 sentyabr soat 5 dan 10 minut o’tganda Tikay quduq qishlog’ida 

(Shofirkondan 16 chaqirim shimolda) hayit Aminning 150 kishilik dastasiga hujum 

qilindi  va  u  yakson  etildi.  Jangda  120  bosmachi  o’ldirildi,  o’lganlar  orasida  3 

afg’on,  Abdulqahhorning  asosiy  o’rinbosari  -  Abdusattor,  hayit  Aminning  o’g’li 

bor  edi,  shuningdek,  Bo’zchi  Botir  qo’rboshi  va  6  bosmachi  asirga  olindi.Mulla 

Abdulqahhorning o’zi esa dastada yo’q ekan. Jangda Gaaze o’ldirildi. 

O’sha kuni 31-otliqlar brigadasi Vardonze qishlog’iga qaytdi».  

Tikay  quduqdagi  janglarda  qizil  askarlar  bilan  bir  safda  turib,  o’z 

yurtdoshlariga  qarshi  kurashgan  Vobkent  inqilob  qo’mitasi  (revkom)ning  raisi 

Abdug’ani Nabiyev o’z esdaliklarida ushbu hodisani batafsil hikoya qiladi. Uning 

aytishicha, bu jangda Abdusattor Tuqsabo, Bozor Amin, Shobek kabi shofirkonlik 

qo’rboshilar holok bo’lgan.

1

  

Ochiq  kurashda  vatanparvarlarni  aytarli  mag’lubiyatga  uchrata  olmagan 



qizilar  endi  malp-hiylani  ishga  solib,  qo’rboshnlarni  taslim  bo’lishiga  undashadi. 

Biroq ularning yolg’on va’dalariga uchmagan hayit Amin bu fikrni qat’iy rad etadi. 

Buning ustiga Tikay quduqda bo’lgan jangda o’ning o’g’li o’ldirilgan bo’lib, hayit 

Aminning yuragida qasos o’ti yonardi. U dushmandan intiqom olish uchun qurbon 

bo’lishiga ham tayyor edi. Yuzma-yuz kurashda uni yenga olmagan qizil askarlar 

hayit  Aminni  makkorlik  bilan  yo’qotish  yo’lini  o’ylab  topishdi.  Buning  ychyn 

                                                 

1

 Қ.Ражабов Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Т.: «Маънавият» 2002,102-103 бетлар 




 

53 


sopini o’zidan chiqarishga harakat qilindi. O’z xohishi bilan taslim bo’lgan Ismoil 

Tuqsabo ishga solindi. Ismoilga besh kun muhlat ichida Xayit Amin qo’rboshining 

o’ligi yoki tirigini keltirish vazifasi yuklatildi. shundan so’ng unga afv (amnistiya) 

qog’ozi beriladigan bo’ldi.  

Ismoil Tuqsabo o’z yigitlaridan bir necha kishini Qozoq nozir boshchiligida 

hayit  Aminni  qo’lga  tushirish  uchun  jo’natdi.  Bular  hayit  Aminni  Xazornur 

ziyoratgщidan topdilar. Unga Ismoil Tuqsaboning sotqinligidan shikoyat qilib, bir 

umr  hayit  Amin  bilan  birga  bo’lishiga  qaror  qilganliklarini  aytishdi.  Hayit  Amin 

hyech  bir  ikkilanmasdan  ularni  o’z  yigitlari  qatoriga  oldi.  Hayit  Aminning 

ishonchini  qozongan  Qozoq  nozir  qulay  payt  kelishini  kutadi.  Nihoyat,  bir  kuni 

tushlik namozi tugab, qo’l fotiha o’qish uchun yuzga olib borilganda, qozoq nozir 

Hayit  Aminning  qoq  peshonasidan  otadi.  Uning  tahlikaga  tushgan  6  yigiti  esa 

qurolsizlantirilib,  qo’llari  bog’lanadi.  Hayit  Amin  ana  shunday  xiyonat  va 

razillikning qurboni bo’ldi.  

Xiyonat  va  turli  xil  sotqinliklar  Buxorodagi,  umuman  olganda,  butun 

Turkiston  mintaqasidagi  istiqlolchilik  harakatining  keyinchalik  mag’lubiyatga 

uchrashida  mash’um  o’rin  tutadi.  Afsuski,  shimoldan  kelgan  bosqinchilar  bilan 

ayrim yurtdoshlarimiz «til topishib», o’z Vatani va xalqiga nisbatan xoinlik qildi. 

Shuningdek,  yangi  to’zum  siyosatini  qo’llab-quvvatlovchi  tabaqalar  faoliyati 

kuchayib borganligini ham nazardan qochirmaslik lozim.  

Tikay quduq fojiasidan keyin kup o’tmay - 13 sentyabrda Vardonze atrofidagi 

31-  otliqlar  brigadasi,  uchar  otryad  va  Buxoro  otliqlar  divizioni  Chandir 

qishlog’iga  (Shofirkondan  8  chaqirim  shimoli-sharkda)  hamda  6-otliqlar  polki 

Savrak qishlog’iga (Shofirkondan 1 chaqirim sharkda) kelib joylashdi.  

Shofirkondagi ushbu qattiq janglar natijasida ham qizil askarlar bu yerda tuliq 

ustunlikka  erisha  olmaydi.  Buxoro  respublikasi  Ichki  ishlar  xalq  noziri  Muxtor 

Saidjonovning Buxoro gruppa qo’shinlari inqilobiy harbiy kengashi nomiga 1922 

yil 16 sentyabrda yozgan raportida aytilishicha, «Ichki ishlar xalq nozirligiga Sho-

firkon kentidan kelgan ma’lumotlarga qaraganda, u yerda garnizon mutlaqo yo’q. 

Ichki ishlar xalq nozirligi u joyga garnizon yuborishingizni qatiyat bilan so’raydi».  




 

54 


Chunki  Shofirkon  tumanidagi  Xo’ja  Orif,  Talisafed,  Vardonze  qishloqarida 

joylashtirilgan  qizil  askarlarning  garnizonlari  istiqlolchilar  tomonidan  qirib  tash-

langan edi.  

Zandani  kenti  ijroiya  qo’mitasi  raisining  1922  yil  19  sentyabrdagi 

ma’ruzasida yozilishicha, «Bosmachilarning boshliqlari Murod Meshkob va Oston 

qorovulbegi  Xo’ja  Porso  qishlog’ida  daraxtlarni  kesib  masjid  qurdirmoqdalar, 

masjidning atrofi taxminan 4 tanobdan iborat bo’lib, unda istehkomlar ham barpo 

qilinmokda».  

Boshqa  bir  hujjatda  qyyidagi  gaplar  yozilgan  edi:  «Vobkent  tumanida 

tartibsizliklar  yuz  berib  turganligi  uchun  Shofirkon  va  Zandaniga  qyrolli  kuchlar 

yuboring».  

Yana  boshqa  bir  xujjatda  keltirilishicha,  «20  sentyabrda  maxsus  vazifalarni 

bajaruvchi  eskadron  Chandir  qishlog’ida  Shofirkondan  8  chaqirim  shimoli-

sharqda)  bitta  bosmachini  o’ldirdi,  ikkita  otni  o’lja  oldi».  «2  oktyabrda  maxsus 

vazifalarni  vajaruvchi  eskadron  Vobkentdan  yo’lga  chiqib,  Xo’ja  Orifgacha 

bo’lgan  hududni  tekshirib  chikdi,  10-otliqlar  polki  o’z  eskadronlarini  Xo’ja 

Kalishon, Chandir va Mir qishloqlarida joylashtirdi».

1

  



1922  yil  20  sentyabrda  Eski  Buxoro  shahriga  -  Buxoro  Chekasi  nomiga 

yuborilgan telegrammada yozilishicha «300 kishi mikdoridagi bosmachilar Kitobni 

qyrshab  olishdi.  Ulardan  200  kishi  shaharga  kirdi.  Bizning  qo’shinlar  tomonidan 

ular  shahardan  siqib  chiqarildi.  Hozirgi  vaqtda  bosmachilar  Kitob  atrofida 

istehkomlar qyrib, o’rnashib oldilar». Xuddi shu kunlarda Qashqadaryo vohasidagi 

istiqlolchilar Kosonga ham hujum qilishgan edi.  

Buxoro qo’rboshilari o’rtasida o’z jasurligi bilan Hamro Polvon (1892-1941) 

alohida  ajralib  turardi.  U  amirlik  davrida  kuragi  yer  iskamagan  mashhur  polvon 

bo’lgan. Hamro Polvon asosan Romitan tumanida o’z faoliyatini kuchaytirdi.  

Bu  paytda  Buxoro  viloyatida  Mulla  Abdulqahhor  boshchiligida  Jura  Amin 

Oston  Qorovulbegi,  Murod  Meshkob,  Metan  Polvon,  O’rmon  Polvon,  Said 

Mansur,  Hamro  Polvon  kabi  qo’rboshilar  faoliyat  yuritayotgan  edi.  Murod 

                                                 

1

 Ўша китоб.....104-105 бетлар. 




 

55 


Meshkob  asosan  Peshku  va  Romiton  tumanlarida  harakat  qilardi.  U  Zandani 

qishlog’idan  16  chaqirim  g’arbda  joylashgan  Xo’ja  Porso  qishlog’ida  o’zi 

qyrdirgan  istehkom  yordamida  qizil  askarlar  hujumini  anchagacha  qaytardi. 

Mikdor  jihatdan  ustunlikka  ega  bo’lgan  qizil  askarlar  istiqlolchilarni  baribir  u 

yerdan surib chiqarishdi. Bu jangda istiqlolchilar jami 26 kishini yuqotishdi, 3 va-

tanparvar esa asir olindi.  

1922  yil  oktyabr-noyabr  oylarida  G’arbiy  Buxorodagi  istiqlolchilar  qo’shini 

o’z  hujumlari  bilan  qizil  askarlarni  tahlikaga  solib  quydi.  14  oktyabrda  Murod 

Meshkob, Oston Qorovulbegi, Said Mansur kabi qo’rboshilar boshchiligidagi 200 

suvoriy  Shofirkon  tumanidagi  Eshonlar  qishlog’ida  17-otliqlar  polkining  3-

eskadroni  askarlari  bilan  jangga  kirishdi.  istiqlolchilar  qizil  askarlarni  kuchli  o’q 

yomg’iri  bilan  qarshi  oldilar.  «Dushmanning  qattiq  qarshiligiga  qaramasdan 

eskadron  jangchilari  ularni  qishlokdan  surib  chiqardi  va  qishloq  kuchalariga 

bostirib  kirdi.  Chandir  qishlog’i  orqali  mujohidlar  qumlik  ichiga  kirib  ketdilar. 

Jang  natijasida  ular  o’lganlar  va  chopib  tashlanganlar  bo’lib,  53  kishi  va  bitta 

qo’pboshini yuqotishdi.»- deb qizil armiya qo’mondonligi o’z ma’lumotnomasida 

yozgan edi.  

Bu yerda jangga kirishgan qizil askarlarning 3-eskadroni Shofirkon markazi - 

Xo’ja  Orif  qishlog’idagi  garnizonda  o’rnashgan  edi.  Ular  Dog’boni,  Kag’at, 

Qatag’on va Eshonlar qishlog’ida «tartib» o’rnatgach, o’z manzillariga qaytdilar.  

Qo’rboshilar  esa  qat’iyat  bilan  kurashni  davom  etgirishar  edi.  9  noyabrda 

Qo’shxona qishlog’idan (Galaosiyo atrofida) yo’lga chiqqan Azim Xo’janing 100 

kishilik dastasi Galaosiyo qasavasi va Buxoro shahri tevaragidagi  amirning yozgi 

saroyi  Sitorai  Mohi  Xossada  joylashgan  qizil  askarlar  garnizoniga  xujum 

qilmoqchi bo’lishdi. Sitorai Mohi Xossaga yaqin joyda bo’lgan to’qnashuvda qizil 

askarlarning  qo’li  baland  keldi.  Jangda  Azim  Xo’ja  qo’rboshining  yordamchisi 

Fayzulla Polvon va 15 askar o’ldirildi. Istiqlolchilar jang bilan orqaga chekindilar.  

G’arbiy Buxorodagi istiqlolchilik harakatini yanada faollashtirish maqsadida 

bu  yerga  Said  Olimxon  Sharqiy  Buxoro orqali o’z  vakillarini  yubordi. Uning ana 

shunday vakillaridan biri oldin ham eslatib o’tganimiz Hoji Latif Devon begi edi. 




 

56 


Bu  paytda  Buxoro  respublikasining  sobiq  harbiy  vaziri  A.Oripov  ham  35  kishi 

ko’zatuvida Sharqiy Buxoro orqali Mulla Abdulqahhorning qarorgohi  - Nurotaga 

keldi.  Arxiv  xujjatlarida  keltirilishicha,  Buxoro  va  Karmana  viloyatlaridagi 

istiqlolchilar  tepasida  Mulla  Abdulqahhor,  Hoji  Latif  Devonbegi,  O’rmon  Polvon 

va Metan Polvonlar turishar edi.  

Buxoro  Xalq  Respublikasi  Nozirlar  Sho’rosining  raisi  nomiga  1922  yil  12 

noyabrda  yuborilgan  «mutlaqo  maxfiy»  ma’lumotda  aytilishicha,  «Abdulqahhor 

qo’shinida  Sharqiy  Buxoro  va  Afg’onistondan  kelgan  qandaydir  turk  Afandi  va 

Abdurahmon  qori bor.  Ular  oktyabr  oyining oxirida  G’arbiy  Buxoroda  bosmachi 

gurhlari  tashkil  qilish  uchun  bu  yerga  kelishgan  edi,  shuningdek,  Abdulqahhorni 

butun  G’arbiy  Buxorodagi  mujohidlarning  Oliy  bosh  qo’mondoni  qilib 

tayinlanganligi haqidagi buyruqni ham olib kelishgan edi. Oktyabr oyining so’nggi 

kunlarida  Nurotadan  30-35  chaqirim  janubi-sharqda  joylashgan  Chuya  qish-

log’idagi  Musafo  Hayitbek  qo’rboshining  dastasi  oltinchi  gypuh  bo’lib, 

Abdulqahhor ixtiyoriga o’tdi».  

Buxoro  Nozirlar  Shurosining  raisi  nomiga  1922  yil  10  dekabrda  jo’natilgan 

boshqa  bir  «mutlaqo  maxfiy»  hujjatda  Buxoro  respublikasi  hududida  1922  yil 

noyabr oyida harakat qilayotgan istiqlol kuchlarining qisqacha sharhi beriladi:

 

«Buxoro - Karmana rayoni (9-15 noyabrda): 10 va 11 noyabrda qizil otliqlar 



tomonidan  Ostoncha  dastasiga  jiddiy  talafot  yetkazildi.  U  o’zining  200  ta  yigiti 

bilan  Vobkentdan  6  chaqirim  shimoli-g’arbda  joylashgan  edi.  Berilgan  zarbalar 

natijasida  Ostoncha  o’zining  50  kishisidan  ajralib,  shimoliy  va  shimoli-g’arbiy 

tomonlarga qarab chekindi.  

14 noyabrdagi razvedka ma’lumotlariga qaraganda, Ostoncha Abdulqahhor va 

Metan Polvon dastalari bilan birgalikda yana Vobkent tumanida paydo bo’ldi».  

Oston  Qorovulbegi  (Ostoncha)  Mulla  Abdulqahhorning  eng  nufuzli 

qo’rboshilaridan  biri  edi.  Asli  Shofirkon  tumanining  Chitgaron  qishlog’idan 

bo’lgan  bu  qo’rboshiga  jasurligi uchun  Mulla  Abdulqahhor  tomonidan  «qorovul-

begi»  unvoni  berildi.  «Oston  Qorovulbegi  46  yoshda  bo’lib,  o’rta  buyli,  qisiq 

                                                 

1

 Ўша китоб....106-107 бетлар 




 

57 


ko’zli va qora soqolli kishi edi». Ma’lumki, u uch kun davomida (10-12 noyabr) 

Shofirkon tumani markazi - Xo’ja Orif hamda Chandir qishlog’ida qizil askarlarga 

qarshi  mardonavor  kurash  olib  borgan  edi.  O’sha  janglarda  ko’kragidan  o’q  yeb 

og’ir  yarador  bo’lgan  Oston  Qorovulbegi  jaroxati  to’zalgach,  bu  gal  o’zining 

asosiy zarbasini Buxoro viloyatidagi Vobkent shahpiga qaratdi.

1

  



Arxiv  xujjatlarining  birida  yozilishicha,  «5  dekabr  soat  15  da  Oston 

Qorovulbegi  va  Said  Mansur,  Murod  Meshkob,  Ergash  Murdasho’y  kabi 

qo’rboshilarning  o’zaro  hamkorligida  Vobkent  shahpi  egallandi.  Vobkent  qal’asi 

garnizoni jangchilari bilan urush ikki soat davom etdi». Bu jangda Metan Polvon 

ham o’z yigitlari bilan qatnashdi.  

Oston  Qorovulbegi  boshchiligidagi  vatanparvarlar  Vobkent  qal’asidagi 

garnizonga  yordamga  yetib  kelgan  otliqlar  polkining  jangchilarini bozor  maydoni 

oldida  qurshab  olib,  ularni  qirib  tashlashdi.  Qurshovdan  qutulgan  bir  necha  qizil 

askarni  istiqlolchilar  Vobkentdan  5  chaqirim  o’zoqlikdagi  Saripul  qishlog’igacha 

quvib keldilar. Vobkent shahri qisqa muddat ichida istiqlolchilar qo’liga butunlay 

o’tdi. Lekin ular o’z yutuqlarini mustahkamlashga ulgurmasdan, bu yerga ko’plab 

qizil  askar  qismlari  keltirildi.  Dushmanga  nisbatan  oz  sonli  bo’lgan  istiqlolchilar 

11 yigitidai ajralib, Chandir-Zandani yo’nalishi bo’yicha chekindilar. Said Mansur 

qo’l ostidagi Haydar ponsod esa qizillar qo’liga tushib qoldi.  

Bu voqyealardan so’ng aston qo’rboshi Shofirkon tumanida o’z harakatlarini 

kuchaytirdi.  Arxiv  hujjatlarida  keltirilishicha,  aston  Qorovulbegi  9  dekabrda 

Vardonze,  Ko’hna  Vardonze,  Talisafed,  Said  Ota,  Xo’ja  Orif,  Chandir 

qishloqlarida  faol  harakat  qila  boshladi.  Uning  birodari  bo’lgan  Said  Mansur 

qo’rboshi esa Vardonze yo’nalishidagi qo’mliklarda va Bog’iafzal qishlog’ida qizil 

askarlarga qarshi jangga kirishdi.  

Qizil  armiya  jangchilari  qanchalik  harakat  qilishmasin,  baribir  ular  1922 

yilning oxirigacha G’arbiy Buxorodagi istiqlolchilarga qarshi hal etuvchi zarbalar 

bera olishmadi. Sovet qo’mondonligi bu paytda qo’rboshilar dastalarini bir-biriga 

qarshi qo’yish, ularni qurolsizlantirish orqali o’zining sinalgan taktikasini amalga 

                                                 

1

 Ўша китоб...107 бет 




 

58 


oshirayotgan edi. Shuning uchun ham qurolni tashlagan istiqlolchilar vaqtinchalik 

avf  etildi.  Lekin  sovet  hokimiyatining  aldoviga  uchib,  unga  taslim  bo’lgan 

qo’rboshilar  ayovsiz  jazoga  tortilardi.  Masalan,  avf  umumiy  berilgandan  so’ng 

taslim bo’lgan Jabbor qo’rboshi va boshqalar aldab, qamoqqa olingan va ikkinchi 

kuniyoq butun Buxoro Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumining qaroriga binoan 

otib tashlangan edi.  

Dekabr oyida Ismoil Tuqsabo ismli tajribali qo’rboshi ham 40 ta yigiti bilan 

rasmiy  hukumat  vakillariga  taslim  bo’ldi.  11  noyabrda  yozilgan  hujjatlarning 

birida  qayd  qilinishicha,  «Vobkentdan  16  chaqirim  shimoldagi  Said  Ota 

qishlog’ida taslim bo’lgan Ismoil Tuqsabo qo’rboshi o’zining 35 otliq yigiti bilan 

Buxorodan  yuborilgan  farmoyishga  binoan  Shofirkon  tumanini  bosmachilarning 

hujumidan himoya qilmoqda. Ismoil Tuqsabo amir qo’shinining sobiq polkovnigi 

bo’lib,  razvedka  otryadlari  boshlig’ining  ko’zatishiga  qaraganda,  ishonchga 

sazovor. Ismoil Tuqsaboning o’rinbosari Rajabboy Amin hisoblanadi».  

Ayrim qo’rboshi va yigitlarning taslim bo’lishi kurashni davom ettirayotgan 

boshqa istiqlolchilarni qattiq g’azablantirdi. Buxoro viloyatida harakat qilayotgan 

Mulla  A’zam  Xoji  G’oziy,  Fayzullabek  Tuqsabo,  Xofiz  Xo’ja  Miroxo’r, 

Azimxo’ja  Mo’zaffar  Xo’jayev  sarkarda,  Rajabbek  Qorovulbegi,  Said  Xo’ja 

Qorovulbegi, Solihboy Qorovulbegi va Tosh Xo’jayev kabi qo’rboshilar Zarafshon 

vohasidagi  butun  aholi  va  taslim  bo’lgan  sobiq  safdoshlariga  qarata  1922  yil 

dekabrda  chiqargan  murojaatlarida  ularni  o’z  qatorlariga  yana  qaytishga  da’vat 

qilishdi. Bu qo’rboshilar Zarafshon daryosining ung qirg’og’i tomon  istiqlolchilar 

ta’siridagi  hududga  keyingi  haftaning  shanba  kunidan  qolmay  kelishlari 

ta’kidlandi.  Ular  mabodo  orqaga  qaytishmasa,  xoinlarga  nisbatan  hech  qanday 

shafqat  qilinmasligi  ham  ochiq  aytildi.  Murojaatda  ana  shunday  sotqin 

qo’rboshilardan biri Mir Boyvachchaning fojeiy taqdiri ham eslatib o’tildi.

1

  

Mulla Abdulqahhor qo’shinida sovetlarning ayg’oqchilari izg’ib yurardi. Ana 



shunday  josuslardan  bo’lgan  bir  qozoq  yigiti  qizil  armiya  qo’mondonligiga  juda 

muhim ma’lumotlarni yetkazib turgan. Bu ma’lumotlar asosida eng yuqori davlat 

                                                 

1

 Ўзбекистон тарихи. Проф. Р.Ў.Муртозаева раҳбарлигида. Т.: 2003. 147-149 бетлар 




 

59 


muassasalari  va  harbiy  tashkilotlar  nomiga  1922  yil  14  dekabrda  «mutlaqo 

maxfiy»  tamg’asi  bilan  batafsil  axborot  tayyorlandi.  Ushbu  hujjatda  Mulla  Ab-

dulqahhor qo’shini, uning qo’rboshilari va askar kuchlari, shaxsiy tarjimai holiga 

oid dalillar va boshqa muhim fikrlar keltirilganki, biz mazkur hujjatdan bir parcha 

keltiramiz:  

«Abdulqahhor qo’shinida ushbu qo’rboshilar dasta boshliqlari edi:  

1. O’rmon Polvon - 46 yoshda, Denov qishlog’ining fuqarosi.  

2. Metan Polvon (Abdulqahhorning ukasi, g’ijduvonlik fuqaro).  

3.  Naim  Polvon  -  bu  ham  Abdulqahhorning  ukasi,  27  yoshda,u  kukragiga  o’q 

tegib, jarohat olgan.  

4.  O’rmon  Polvon  -  35  yoshda,  Xargo’sh  tumanidagi  Shamba  qishlog’ining 

fuqarosi.  

5.  Abdurasul  Afandi  -  qo’qonlik  bo’lib,  Sharqiy  Buxorodan  kelgan,  sal  oldinroq 

BXSR  milisiyasining  sobiq  boshlig’i  Rizo  Afandi  bilan  birgalikda  Sharqiy  Bu-

xoroga Anvar huzuriga qochib borgan edi.  

6.  Shukurxo’ja - 40 yoshda bo’lib, vobkentlik fuqaro.  

7. Abdulqahhorning o’zi bo’lsa 38 yoshda, g’ijduvonlik fuqaro, ikkita xotini bor, 

turar joyini aniqlashning iloji bo’lmayapti ...  

Qo’shinda faxriy vakil sifatida sobiq amirning amaldori Latif devonbegi ham 

bo’lib,  u  48  yoshda,  Nurota  shahridan  bo’lib,  uni  10  yigitdan  iborat  shaxsiy 

soqchilar muhofaza qiladi. Abdulqahhorning shaxsiy qo’riqchilari miqdori xam 10 

yigitdan  iborat  bo’lib,  ular  safida  Abdulqahhorning  katta  ishonchiga  sazovar 

bo’lgan  Mulla  Rustam,  Asqar,  Mulla  Tohir,  Og’agul,  Yodgor  Xo’ja,  Nasriddin, 

Said  Polvon  kabi  yigitlar  bor.  Abdulqahhor  qo’shinida  shtab  boshlig’i  vazifasini 

rus  tilida  yomon  gapiradigan  o’zbek  yigiti  Ibrohim  Mirzo  bajarmokda,  u  turli 

farmoyish  va  shahodatnomalar  yozish  bilan  shyg’ullanadi.  Bundan  oldin 

qo’shinning  shtab  boshlig’i  bo’lib  turk  yigiti  Nabixon  ishlar  edi,  lekin  u 

oktyabrning  oxirida  tarkibida  bir  necha  afg’on  bo’lgan  10  yigit  bilan  Xorazm 

respublikasiga  jo’nab  ketdi.  ko’shinda  uchta  pulemyotchi  bo’lib,  ular  Salim 

Polvon, Nur  Muhammad  va  Zahriddinlardir. Salim  Polvon  so’nggi  jangda  chopib 




 

60 


tashlandi.  qo’shindagi  suvoriylar  tarkibi  juda  yaxshi,  otdagi  egarlar  mahalliy, 

ko’pchiligida  xurjunlar  bor,  yigitlar  kul  rang  va  muhofazali  choponlar,  mahalliy 

kosiblar  tayyorlagan  och  sariq  tusdagi  etiklar  hamda  qorako’l  teridan  tikilgan 

telpaklar kiyib olishgan. Telpaklar ustidan sallalar o’ralgan».  

Jondor  qishlog’i  (Buxoro  shahridan  16  chaqirim  g’arbda)  bu  paytda 

istiqlolchilarning  asosiy  qarorgohlaridan  biri  bo’lib,  bu  yerda  Jo’ra  Amin 

qo’rboshining  dastasi  o’rnashgan  edi.  Kizil  askarlar  Buxoro  shahrining  shunday 

yonboshidagi  bu  qishloqni  bosib  olish  uchun  ko’p  o’rinsalar-da,  1922  yil  dekabr 

oyining  oxirigacha  bunga  muvaffaq  bo’la  olmagan  edilar.  24  dekabr  kuni  1-

eskadron  otliqlari  qumlar  orasidan,  2-eskadron  jangchilari  va  milisiya  otryadi 

Zarafshonning  ung  qirg’og’idan  Jondor  tomon  yo’lga  chiqishdi.  Jo’ra  Amin 

o’zining  70  kishilik  bo’linmasini  qishloqqa  kiraverishda  pistirmaga  qo’ygan  eli. 

Qizillarning  otliq  askarlari  dastlabki  tuqnashuvda  mag’lubiyatga  uchrab,  orqaga 

qaytdilar.  So’ngra  yordamga  yetib  kelgan  3-eskadron  jangchilari  va  polk 

shtabining ko’magi bilan qizil askarlar Jondorni bosib olishdi.  

Aynan ushbu kunda hozirgi Vobkent tumani hududidagi Xargo’sh qishlog’ida 

ham  istiqlolchilar  bilan  qizil  askarlar  o’rtasida  janglar  qizib  ketdi.  A’zam  Xoji, 

Tosh  Murdasho’y  va  Naim  Polvonning  Xargo’sh  atrofidagi  Kundi  va  Laylak 

qishloqlarida  joylashgan  dastalari  dushman  bilan  omonsiz  olishuvga  kirdi.  Kizil 

askarlar  qo’mondonligi  tomonidan  tayyorlangan  ma’lumotlarda  aytilishicha, 

istiqlolchilar  «qat’iyat  bilan  jang  qildilar,  ular  otliqlar  safini  qanotlardan  aylanib 

o’tishdi.  Kolonnalarning  dushmanni  yengish  uchun  qilgan  barcha  harakatlari 

samarasiz bo’ldi».  

Lekin  qizil  askarlar  o’z  ustunliklaridan  foydalanib,  Buxoro  viloyatidagi 

istiqlolchilarga  ancha  talafot  yetkazdilar.  Natijada  faqat  1922  yil  dekabrida  qizil 

askarlarning  qonli  hujumlari  tufayli  Buxoro  atroflarida  «511  kishi  shahid  bo’ldi, 

127  kishi  asir  olindi.  Kizillar  esa  260  miltiq,  52  ta  tupponcha,  11  mingdan  ziyod 

patron, 220 ot va 1 pulemyotni o’lja qilib oldilar».  

1923  yil  fevral  oyida  Buxoro  respublikasining  Zarafshon  rayoni  (Buxoro  va 

Karmana  viloyatlari)da  Jo’ra  Amin  (Buxoro  shahridan  shimoli-g’arbdagi  Jondor-




 

61 


Yakkatutda,  120  yigit  bilan),  Ostoncha  -  Oston  Qorovulbegi  (Zandanining 

g’arbida,  80  yigit  bilan),  Murod  Meshkob  (Xo’ja  Za’faronda  -  Vobkentdan  35 

chaqirim g’arbda, 120 yigit bilan), Said Mansur (Xatirchidan 25 chaqirim o’zokda 

Parmidon  atrofida,  50  yigit  bilan),  Azim  Xo’ja  (Quyimozor  temir  yo’l  bekati 

atrofida,  100  yigit  bilan),  Mulla  Abdulqahhor  (Nurotada,  100  yigit  va  3  ta 

pulemyot  bilan),  Metan  Polvon  (Nurotada,  40  yigit  bilan),  O’rmon  Polvon 

(Nurotada, 50 yigit bilan), Naim Polvon (G’ishti atrofida, 40 yigit bilan), Hamro 

Polvon  (Buxoro  shahridan  shimoli-g’arbda,  70  yigit  bilan),  Tosh  Murdasho’y 

(Kumushkentda, 30 yigit bilan) kabi qo’rboshilar harakat qilardilar. 

Amudaryo  buyi  rayonida  Ochil  Sardor  (Qorako’l  atrofida,  45  yigit  bilan), 

Qilich Sardor (Denov tomonda 15 yigit bilan), Rustam (Burdaliq atrofida, 15 yigit 

bilan), Qilich Mergan (Karkidan shimoli-sharkda, 60 yigit bilan) faoliyat yuritgan 

bo’lsa,  Qarshi  -  Shahrisabz  rayonida  Turdi  To’qsabo  o’z  yigitlari  bilan  qizil 

askarlarga qarshi kurash olib bormokda edi.  

1923 yil boshlarida Mulla Abdulqahhor boshchiligidagi qo’pboshilar G’arbiy 

Buxoroda o’z xarakatlarini faollashtirdilar. Salim Posho yuborgan Hasan qo’rboshi 

va Murod 28 yigit bilan 24 martda bu yerga kelib, birgalikda harakat qilish rejasini 

unga yetkazdilar. Bu vakillar Buxoro amiri va Salim Poshoning maktubini olib kel-

gan  edilar.  Mulla  Abdulqahhor  Qarshi  shahri  orqali  Salim  Posho  qo’shini  bilan 

birlashish niyatida o’z yigitlarining bir qismini O’rta Buxoroga jo’natdi. Buxoro va 

Karmana viloyatlarining o’zida ham janglar qizib ketdi.

1

  



1923  yil  17  fevralda  G’arbiy  Buxoro  qo’rboshilaridan  Oston  Korovulbegi, 

Murod  Meshkob,  Tosh  Murdasho’y,  Fayzulla  Maxsum,  O’rmon  Polvon,  Said 

Mansur  va  boshqalar  Vobkentdan  o’n  chaqirimcha  sharkda  joylashgan  Ku-

mushkent  qishlog’ida  o’zlarining  navvatdagi  qurultoylariga  to’planishdi. 

Qo’rboshilarning sardori Mulla Abdulqahhor o’sha kuni Qiziltepa va G’ijduvonda 

qizil askarlarning otliq bo’linmalariga qarshi jang qilayotganligi savabli qurultoyda 

shaxsan  o’zi  ishtirok  qila  olmay,  unga  ishonchli  vakilini  jo’natdi.  Qo’rboshilar 

qurultoy  o’tkazayotganda  qishloqni  bor-yo’g’i  200  yigit  ximoya  qilar  edi.  Bu 

                                                 

1

 Қ.Ражабов Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Т.: «Маънавият» 2002,110-112 бетлар 




 

62 


anjumanda  Mulla  Abdulqahhor  yuborgan  vakil  Salim  Poshoning  Sharqiy 

Buxorodagi faoliyati xaqida axborot bergach, bo’lg’usi jang harakatlari bilan ularni 

tanishtirdi.  

Istiqlolchilar  ko’rgan  extiyot  choralariga  qaramay,  ularning  bu  yig’inidan 

qizil  armiya  qo’mondonligi  o’z  josuslari  orqali  xabar  topdi.  To’plangan 

qo’rboshilarni  bir  zarb  bilan  qirib  tashlash  uchun  katta  miqdordagi  harbiy  kuch, 

hatto samolyotlar Vobkent ustiga yuborildi. Istiqlolchilar mardlarcha jang qilishdi. 

Vatanparvarlarga  yana  450  kishi  yordamga  yetib  kelgan  bo’lsa-da,  kuchlar  teng 

emas  edi.  Kumushkentdan  jang  bilan  chekingan  istiqlolchilarni  uch  chaqirim 

naridagi  Sufidehqon  qishlog’ida  qizil  askarlarning  otliq  qo’shinlari  (I.Bekjonov 

komandirligidagi  1-Buxoro  otliqlar  polki)  o’rab  oldi.  Jang  takdirini  oqibatda 

samolyotlar hal qildi. Bu qonli tuqnashuvda 44 yigit mardlarcha halok bo’ldi. Uch 

yildan beri qizil askarlarning dodini berib yurgan shofirkonlik Oston Qorovulbegi - 

Ostoncha qo’rboshi  xam  17  fevralda bo’lgan  ushbu  jangda  shahid  ketdi.  Bundan 

tashqari Vobkentdagi janglarda Turdi Ota va Shukur Xo’ja kabi qo’rboshilar ham 

halok bulishdi.  

Mulla Abduqahhor qo’rboshi o’sha kuni 300 yigiti bilan G’ijduvondan 16 va 

20  chaqirim  shimoli-sharkda  joylashgan  hayot  va  Toshrabot  qishloqlarida 

qizillarning 17-otliqlar polki 1-eskadroni jangchilariga qarshi hujumga o’tib, ularni 

orqaga  uloqtirib  tashladi.  Lekin  qizil  askarlar  Vobkentdagi  g’alabadan  keyin 

G’ijduvonga  yetib  kelib,  bu  yerdan  Mulla  Abdulqahhor  qo’shinini  surib  chi-

qardilar.  Istiqlolchilar  kuchli  qarshilik  ko’rsatib,  Tog’ustepa  (To’qqiztepa  -  Q.R.) 

qishlog’i yo’nalishidagi cho’l tomonga chekindilar.  

Qizil  askarlar  bilan  bo’lgan  janglarda  istiqlolchilar  butun  xalq  ommasi 

tomonidan  muntazam  qo’llab-quvvatlandi.  Janglarda  yo’qotilgan  kishilar  o’rnini 

vatanparvarlar  qo’shini  safiga  yangidan  qo’shilayotgan  yosh  yigitlar  doimiy 

ravishda  to’ldirib  borishdi.  Ular  asosan  dehqonlar  va  hunarmandlardan  iborat 

bo’lgan. G’arbiy Buxorodagi tinch aholi vakillari qizil askar kuchlarining holati va 

harakatlari  bo’yicha  ma’lumotlarni  istiqlolchilarga  zudlik  bilan  yetkazishar  edi. 

O’sha  davr  hujjatlaridan  birida  yozilishicha,  «aholining  mujohidlarga  nisbatan 




 

63 


munosabati  dustona».  Lekin  xalqning  qizil  askarlarga  bo’lgan  munosabati  esa 

«yaxshi emas, xususan, markaz, ya’ni Buxoro shahridan o’zoqlashgan sari.  

Kizil  askarlarning  zulmi  va  shafqatsizligidan  ko’ngli  zada  bo’lgan  maxalliy 

aholi ularni yomon ko’rar edi. Qizil askarlar Sharqiy Buxorodagi yirik shaharlarni 

bosib olishganda tub millat vakillari o’z kindik qonlari to’kilgan uylarini tashlab, 

istiqlolchilar  bilan  birgalikda  tog’y  toshlarga  chiqib  ketishar,  G’arbiy  Buxoroda 

bo’lsa  ular  qum  va  cho’llar  ichiga  kirib,  ko’zdan  g’oyib  bo’lishardi.  Bu  holni 

ko’rgan qizil armiya  qo’mondonligi taajjubga tushib, mas’ul idoralarga yo’llagan 

ma’lumotlaridan  birida  quyidagilarni  yozgan  edi:  «Shunisi  xarakterliki,  hamma 

yirik  shaharlar:  Denov,  Yurchi,  Regar,  Hisor,  Dushanbe,  Yangibozor,  Fayzobod, 

Baljuvon,  Kulob  va    boshqa  joylar  aholining  katta  qismi  tomonidan  tashlab 

ketilgan.  Ularga  o’z  boshpanalariga  qaytib  kelish  taklif  qilinganda  bunga  rozi 

bo’lishmayapti.  Chunki  ularning  fikricha,  qizil  armiya  bilan  yonma-yon  yashash 

noqulay  emish.  Kizil  askarlar  bozorlarni  qayta  tiklash  o’rniga  narxni  oshir-

moqdalar va aholining uylarini egallashmoqd».

 



Qizil askarlar shahar va qishloqlarni bosib olgach, kurolsiz tinch aholini «sen 

- bosmachisan» deb qamoqqa olishar, ularning uy-joylarini yoqib, bor mol-mulkini 

talap,  qarshilik  ko’rsatganlarni  esa  o’sha  joyning  o’zidayoq  otib  tashlar  edi. 

Istiqlolchilarning oila a’zolari va qarindosh-urug’lari esa dom-daraksiz ketardi. Bu 

hol  vatanparvarlarni  yana  ham  ko’proq  g’azablantirar,  ular  jangda  tobora 

shafqatsizroq  bo’lar  edilar.  Masalan,  Muhammad  Xo’ja  (Mirza  Chatoq)  degan 

qo’rboshi  Zandani  revkomi  nomiga  1923  yil  fevralida  jo’natgan  maktubida  bu 

holni yaqqol ko’rsatib bergan edi.  

1923  yilning  bahor-yozida  G’arbiy  Buxoroda  janglar  qizib  ketdi.  Kizil 

askarlar  ham,  istiqlolchilar  ham  hayot  mamot  jangiga  kirishgan  edi.  Oston 

qo’rboshining  o’limidan  keyin  Mulla  Abdulqahhorning  yordamchisi  qilib  A’zam 

Xo’ja  (A’zam  Xoji)  tayinlandi.  Buxoro  viloyatidagi  Jo’ra  Amin,  To’ra  Amin, 

Hamro  Polvon,  Murod  Polvon,  Nurus  Xo’ja  kabi  qo’rboshilar  A’zam  Xo’jaga 

                                                 

1

 Ўғша китоб....113-114 бетлар 




 

64 


bo’ysunar  edilar.  «A’zam  Xo’ja  o’zini  Eshon  A’zam  Xo’ja  Musofir  Xo’jayev 

G’oziy Sarkarda deb ulug’lardi».  

Biroq,  ba’zi  bir  qo’rboshilar  A’zam  Xo’jaga  bo’ysunishdan  bosh  tortdilar. 

Masalan,  1923  yil  aprel  oyining  o’rtalarida  Jondorning  g’arbidagi  Oyto’da 

qishlog’ida Murod Polvon bilan A’zam Xo’ja qattiq janjallashib qoldi. Xayriyatki, 

Mulla Abdulqahhor oldidan maxsus farmoyishlar bilan Jondorga 18 aprelda kelgan 

Murod Payvandchi Murod Polvon tomonidan A’zam Xo’janing o’ldirilishiga yo’l 

qo’ymadi.  Qo’rboshilar  o’rtasidagi  bunday  tarqoklik  va  o’zaro  kelishmovchilik 

holatlari harakatning yanada rivojlanishiga xalaqit berar edi.  

Mulla  Abdulqahhorning  qarorgohi  bu  paytda  Nurotada  bo’lib,  unga  Metan 

Polvon,  Latif  Devonbegi,  Abdurasul  Afandi,  Xushvaqt,  Og’a  Gulbeq  Yodgor 

Xo’ja,  Siroj  Xo’ja,  Musoboy,  Azim  Yuzboshi,  Mulla  Qarshi,  Nazir  Yuzboshi, 

Asadulla  Qorovulbegi,  Oqil  Qorovulbegi,  Mustafo  Qorovulbegi,  Mulla  Mansur 

kabi qo’rboshilar bo’ysunar edi.  

Qorako’l tumanida harakat qilayotgan Murod Polvon safdoshlari Jo’ra Amin 

va Hayit Polvonlar bilan birgalikda aprel oyining oxirida Jondordagi qizil askarlar 

garnizoniga  muvaffaqiyatli  hujum  qilishdi.  Istiqlolchilar  Jondor  atrofida 

dushmanning ikkita aeroplanini urib tushirishdi.

1

  

Tosh  Murdasho’y  qo’rboshi 1923  yil  aprel  oyining  oxirlarida o’z  kuchlarini 



Xargo’sh atrofiga tashlaydi. 26 aprelda Kuyimozorda qizillar bilan bo’lgan janglar 

natijasida Tosh Murdasho’yning yordamchisi Xoji Boyvachcha va Yodgor, Tursun 

va  Juma  (Yodgorov)  degan  uch  yigiti  asir  tushishga  majbur  bo’lib  qolishdi. 

Bahouddin  ziyoratgohi  atrofida  joylashgan  61-otliqlar  polkida  qo’lga  olingan  bu 

vatanparvarlar qisqa so’rovdan keyin, 27 aprelda otib tashlandilar. 

Bahouddin  (hozirgi  Kogon)  tumanida  Tosh  Murdasho’y  qo’rboshi  qizil 

askarlar bilan jangni yoz faslida ham davom ettirdi. 10 iyun kuni Tosh Murdasho’y 

va A’zam Xo’ja qo’mondonligidagi 300 suvoriy Xargo’sh atrofiga hujum qilib, bu 

yerdagi qizil askarlar garnizonini qirib tashlashdi. 

                                                 

1

 Ўзбекистоннинг  янги тарихи. Иккинчи китоб. ЎЗбекистон  совет мустамлакачилиги даврида. Т.:-152-153 



бетлар 


 

65 


Ma’lumki,  G’arbiy  Buxoro  asosan  dehqonchilik  o’lkasi  hisoblanadi.  Shu 

savabli  boshlanib  ketgan  navvatdagi  ekin-tikin  mavsumi  qo’rboshilarning  jang 

harakatlariga  o’z  ta’sirini  o’tkazmasdan  qolmadi.  Ko’pchilik  yigitlar  qo’shinni 

vaqtinchalik tark etib, o’z qishloqlariga qaytdilar  va dehqonchilik ishlarini yo’lga 

qo’yishda  o’z  oilalariga  yordamlashishdi.  Masalan,  A’zam  Xo’ja  o’z  dastasidagi 

yigitlarning  aksariyat  qismiga  bahorgi  ekin  ekish  mavsumi  boshlanganligi 

munosabati bilan o’z uylariga junab ketish uchun ruxsat berdi.  

Qizil  armiya  1923  yil  bahor-yozidagi  ommaviy  jang  harakatlari  bilan  xuddi 

Sharqiy  Buxoroda  bo’lganidek  Buxoro  va  Karmanada  haqm  istiqpolchilarning 

qarshiligini  butunlay  yenga  olmadi.  May-iyul  oylaridagi  jang  harakatlari 

tasvirlangan ma’lumotlarga nazar tashlar ekanmiz, qizil askarlar bu paytda Buxoro 

viloyatida  aytarli  bir  natijaga  erisha  olmaganligiga  ishonch  hosil  qilamiz. 

Istiqlolchilar  esa  mazkur  davrda  asosan  mudofaa  xarakteridagi  janglarni  olib 

bordilar,  shuningdek,  ular  ayrim  joylarda  keskin  hujumga  o’tib,  bosqinchilarga 

kuchli zarbalar ham berishdi.  

Buxorodagi  vatanparvar  kuchlar  respublika  poytaxtidan  atigi  3-6  chaqirim 

narida turib, qizil armiya qismlari bilan jangga kirardilar. Masalan, Buxoro shahri-

dan  4  chaqirim  shimoli-g’arbda  joylashgan  O’zbekon  qishlog’ida  Navro’z  Xo’ja 

qo’rboshi dastasi bilan qizil askarlar o’rtasida 3 iyunda jang bo’ldi. Shahardan 12 

chaqirim  g’arbda  joylashgan  Rahimobod  qishlog’iga  4  iyunda  A’zam  Xo’ja 

qo’rboshi o’zining 100 kishilik dastasi bilan kelib o’rnashdi. Unga o’sha kuniyoq 

Tosh Murdasho’y (50 yigiti bilan), Chuli Amin (18 yigiti bilan) va Hayit Polvon 

qo’rboshi o’z yigitlari bilan kelib qo’shildilar. Qo’rboshilar agar qulay imkoniyat 

tug’ilsa, Buxoro shahriga hujum qilishni rejalashtirdilar.

1

  

18  iyunda  Tomdida  O’rmon  Polvon  boshchiligidagi  istiqlolchilar  bilan  qizil 



askarlar o’rtasida kuchli janglar bo’lgan. Bu jangda O’rmon Polvon yarador bo’ldi.  

Karmana  viloyatida  harakat  qilayotgan  Isfar  Hoji  va  Abdulla  Boboyor  iyun 

oyining oxirida o’z kuchlarini birlashtirdilar. Istiqlolchilarning 150 kishilik birlash-

gan dastasiga Boboyor qo’rboshi rahbarlik qila boshladi.  

                                                 

1

 Қиличев Р. “Отам босмачи эмасди. ...”. “Бухоро ҳақиқати” 1993 йил 13 февраль 




 

66 


Ko’rboshilar Buxoro viloyatidagi muhim strategik manzil - Vobkent shahriga 

28  iyunda  hujum  qildilar.  Bu  jangda  Ko’r  Ota  va  Ergash  qo’rboshining  yigitlari 

qatnashdi.  

Ular  Vobkent shahrini  jang  bilan  egallashdi, lekin  tez orada bu  yerdagi qizil 

askarlarga  yordamga  yetib  kelgan  harbiy  kuchlar  vatanparvarlarni  shahardan 

tashqariga surib chiqardi.  

30  iyun  -  1  iyul  kunlari  istiqlolchilar  Buxora  shahridan  1  chaqirim  G’arbda 

joylashgan Kuhna masjid Qishlog’iga to’satdan hujum qilib, bu yerdagi qizil askar 

va milisionerlar bilan jang qilishdi.  

3 iyulda O’rmon Polvon o’zining yaqin yigitlari bilan Shofirkon tumanidagi 

Denov, Mahallai Bolo, Mahallai Poyon qishloqlarida bo’lib, qurol-yarog’ va o’q-

dori zahirasini bu yerdagi istiqlolchilarga tarqatdi.  

Afsuski,  istiqlolchilarga  jang  paytida  qurol-yarog’  va  o’q-dorilar  doimiy 

ravishda  yetishmas  edi.  Bir  hujjatda  yozilishicha,  «keyingi  paytlarda 

bosmachilarga  o’q-dori  yetishmasligi  o’z  ta’sirini  ko’rsatmokda,  shuning  uchun 

ham  ular  bizning  qismlar  bilan  to’qnashishdan  o’zini  tortmokda,  ular  faqat 

kechalari  hujum  qilishmokda,  kunduzlari  esa  kichik  guruhlarga  bo’lingan  holda 

qishloqlarga yashirinmokda.  

Mulla  Abdulqahhor  1923  yil  iyul  oyining  boshida  Buxoro  va  Karmana 

viloyatlaridagi  qo’rboshilarning  navbatdagi  qurultoyini  o’tkazdi.  Bu  qurultoyda 

o’sha paytdagi vaziyat muhokama qilindi, qizil askarlarning ommaviy hujumlariga 

qarshi  kuchlar  teng  bo’lmaganligi  uchun  mudofaa  janglari  olib  borish  kerakligi 

uqtirildi. Kichik-kichik dastalarga bo’lingan holda faol hujumga o’tish usuli o’zini 

oqlayotganligi sababli bundan kelajakda ham foydalanish kerakligi qo’rboshilarga 

tavsiya  etildi.  Mulla  Abdulqahhor  qarshi  va  Shahrisabz  orqali  Sharqiy  Buxoro, 

Nurota  orqali  esa  Samarqand  qo’rboshilari  bilan  qo’shilish  imkoniyati  hali  kun 

tartibidan olib tashlanmaganligini yana bir bor e’lon qildi.  

Buxorodagi  vatanparvarlarga  qarshi  kurash  qizil  armiya  va  uning 

qo’mondonligidan  katta  kuch-g’ayrat  talab  qildi.  Moskva,  Toshkent,  Buxoroda 

1923  yil  may-iyun  oylarida o’tkazilgan  oliy  darajadagi  bir qator  anjumanlarda bu 




 

67 


masala  eng  dolzarb  muammo  sifatida  kun  tartibida  turdi.  1923  yil  9-12  iyunda 

Moskvada  RKP(b)  Markaziy  Komitetining  milliy  respublikalar  va  oblastlarning 

mas’ul xodimlari ishtirokida 4-kengashi bo’ldi. RKP(b) MK Siyosiy byurosi a’zosi 

L.B.Kamenev  ushbu  kengash  faoliyatiga  raislik  qildi.  RKP(b)  MK  Bosh  kotibi 

I.V.Stalin  va  partiya  kotibi  V.V.Kuybishev  asosiy  ma’ruzachilar  bo’lgan  bu 

kengashda  bir  guruh  turkistonlik  mahalliy  kommunistlar  «bosmachilar»  va  Zaki 

Validiy  (Validov)  bilan  yashirin  ravishda  aloqa  bog’laganlikda  ayblandi.  Ular 

safida  Turkiston  ASSR  va  BXSRning  taniqli  davlat  arboblari  Turor  Risqulov, 

Fayzulla Xo’jayev, Ilomjon Xidiraliyev, Akmal Ikromov, Sultonbek Xo’janov bor 

edi.  Stalin  o’z  so’zida  Buxoro  Nozirlar  Sho’rosi  -  yangi  hukumatning  tarkibi 

proletar  bo’lmagan  unsurlardan  to’zilgan  deb,  hukumat  boshlig’i  F.Xo’jayevni 

keskin  tanqid  qildi  va  hukumat  tarkibini  faqat  dehqonlar  bilan  tuldirish  lozimligi 

haqida ko’rsatmalar berdi. Holbuki, F.Xo’jayev kengashdagi ma’ruzasida hukumat 

tarkibiga dehqonlar ham kiritilganligini aytib o’tgan edi.  

Kengash o’z ishini o’tkazayotgan kunlarda  - 10 iyunda RKP(b) MK siyosiy 

byurosi  maxcyc  qaror  qabul  qilib,  Buxoro  hukumatini  sovetlashtirish  chora-

tadbirlarini belgilab berdi. Shuningdek, Sharqiy Buxorodagi istiqlolchilarga qarshi 

keskin  choralar  bilan  kurashishga  da’vat  etildi.  Mazkur  qarorda  yozilganidk,  1) 

Sharqiy  Buxorodagi  bosmachilikka  qarshi  kurashga  rahbarlik  qilish  uchun 

Revvoyensovet  -  Inqilobiy  xarbiy  kengash  tuzilsin.  2)  Jazo  choralari  harbiy 

harakatlarga  qat’iy  ravishda  muvofiqlashtirilishi,  shuning  uchun  Sharqiy 

Buxorodagi  Revvoyentribunal  -  Inqilobiy  harbiy  kengashga  bo’ysunishi  shart.  3) 

Buxoro MIKga ushbuni yuklatish kerakki, u Buxoro hukumati Sharqiy Buxorodagi 

qizil  armiya  qismlarining  ta’minotini  o’z  vaqtida  benuqson    bajarishini  nazorat 

qilib turishi lozim». 

RKP(b) MK Siyosiy byurosining 1923 yil iyundagi qarori va SSSR Inqilobiy 

harbiy kengashining 11 iyundagi buyrug’iga muvofiq, SSSR Qurolli kuchlarining 

Buxorodagi  harbiy  harakatlarini  yanada  faollashtirish  va  istiqlolchilarni  tez  orada 

tugatish  maqsadida  Sharqiy  Buxoro  Inqilobiy  harbiy  kengashi  to’zishga  qaror 

qilindi. Fayzulla Xo’jayev Inqilobiy harbiy kengashning raisi qilib tayinlandi, unga 




 

68 


BXSR MIK nomidan keng vakolatlar berildi. Kengash a’zolari qilib 13-o’qchi kor-

pusning komandiri P.A.Pavlov va V.M.Mulin belgilandi.  

Shunisi  xarakterliki,  Buxoro  MIK  o’zining  1923  yil  17  iyulda  bo’lgan 

majlisida  BXSR  Inqilobiy  harbiy  kengashining  yangi  tarkibini  tuzdi.  Buxoro 

harbiy  noziri  F.Xo’jayev  va  Buxoro  qizil  armiyasi  qo’mondoni  Razgon  imzolari 

bilan  Eski  Buxoro  shahrida  5  avgustda  chiqarilgan  buyrukda  Inqilobiy  harbiy 

kengash (R.V.S.) tarkibi quyidagicha ko’rsatiladi:  

«1)  Revvoyensovet  Raisi  -  Nozirlar  Sho’rosining  raisi  va  harbiy  nozir  Fayzulla 

Xo’jayev.  

2) A’zolari: a) Harbiy nozir muovini Razgon;  

 b) BKP Markaziy qo’mitasining mas’ul kotibi A.Rahimboyev.  

Yuqorida  nomlari  ko’rsatilgan  shaxslar  bo’lmganda  ularning  muovinlari  qilib 

quyidagilar hisoblansin:  

birinchi - Nozirlar Shurosi raisining muovini K.Otaboyev;  

ikkinchi - Buxoro qizil armiyasi shtabining boshlig’i;  

uchinchi - BKP MK 2-kotibi Pozdnishev».  

1923  yil  13  iyunda  Moskvada  SSSR  Revvoyensovet  (RVSR)  raisi 

L.D.Troskiy  rahbarligida  Inqilobiy  harbiy  kengashning  maxsus  yig’ilishi  bo’ldi. 

Ushbu  yig’ilishda  Rossiya  Ishchi-Dehqon  Qizil  armiyasining  (RKKA) 

S.S.Kamenevdan  tashqari  barcha  kazo-kazolari  ishtirok  qildi.  SSSR  Qurolli 

kuchlarining  Oliy  bosh  qo’mondoni  S.S.Kamenev  bu  paytda  Turkistonda  bo’lib, 

Farg’ona  va  Buxorodagi  istiqlolchilik  harakatini  tezda  tugatish  uchun  o’zining 

mash’um  «chora-tadbirlari»ni  belgilayotgan  edi.  I.Xidiraliyev,  T.Risqulov. 

K.Otaboyev, A. Rahimboyevlardan iborat Turkiston delegasiyasi va dog’istonliklar 

bu  yig’ilishda  qatnashdilar.  Troskiy  yig’ilishda  har  ikki  respublika  hukumati 

rahbarlari oldiga tez orada butun Turkistondagi «bosmachilik» harakatini tugatish 

vazifasini  qo’ydi.  Yig’ilish  tugagach,  I.Xidiraliyev  va  I.Lyubimov  kerakli 

tavsiyalarni  ishlab  chiqish  uchun  Moskvada  qoldirildi.  Kamenev  Turkistondan 




 

69 


Moskvaga  qaytgach  bu  masala  bilan  yanada  jiddiyroq  shug’ullanishi  yig’ilishda 

ta’kidlandi.

1

  

Covet  hukumati  o’z  buyruqlarini  tez  va  qarshiliksiz  amalga  oshirish  uchun 



RKP(b)  MK  kotibi  va  O’rta  Osiyo  byurosining  raisi  Ya.E.Rudzutakni  Buxoroga 

zudlik  bilan  jo’natdi.  Buxoro  Kommunistik  partiyasi  (BKP)  Markaziy 

Qo’mitasining 23 iyunda bo’lgan yopiq plenumida Rudzutak ishtirok qilib, Buxoro 

hukumati  rahbarlari  va  mahalliy  kommunistlar  oldiga  qat’iy  talablarni  qo’ydi 

F.Xo’jayevning  eng  yaqin  safdoshlari  bo’lgan  sobiq  Yosh  buxoroliklar 

jadidlarning deyarli hammasiga turli asossiz ayblar qo’yilib, ular Buxoro hukumati 

tarkibidan  chiqarib  tashlandi.  Buxoro  hukumati  Moskva  va  Toshkentning  «Kom-

munistik sabog’i»ni olgan «tajribali sovet xodimlari» Bilan to’ldirildi. Plenumning 

o’zida  BKP  MK kotibi  Muhametdinov o’rniga  A.  Raximboyev  BKP MK  ma’sul  

kotibi qilib saylandi.  

B  Rudzutakning  ko’rsatmalari  asosida  yangidan  to’zilgan  Buxoro  hukumati 

rahbariyati «Bosmachilarni ro’yxatga olish» instruksiyasini ishlab chiqdi. Unda o’z 

ixtiyori  bilan  taslim  bo’lgan  istiqlolchilar  hamda  hali  kurashni  to’xtamagan 

qo’rboshi  va  yigitlariga  nisbatan  qanday  munosabatda  bo’lish  yo’l-yo’riqlari 

keltiriladi. Buxoro respublikasi ichki ishlar Noziri va 13-o’qchi korpus g’ maxsus 

bo’lim    boshlig’i  (GPU)  imzolari  ostida  tayyorlangan  bu  «maxfiy»  instruksiyani 

1923  yil  1  avgustda  Buxoro  Nozirlar  Sho’rosi  raisining  1-muovini  K.Otaboyev 

tasdiqlagach, u kuchga kirdi.   Ushbu  instruksiya  Buxoro  respublikasidagi  barcha 

viloyat  va  tumanlardagi  revkomlarga  yuborilib,  ulardan  mazkur  instruksiyani 

qat’iy suratda amalga oshirish talab qilindi.  

Maclan,  Karshi  viloyati  revkomida  1923  yil  6  sentyabr  kechqurun  bo’lgan 

«maxfiy  yig’ilish»da  Turdi  To’qsa,  uning  qo’rboshi  va  yigitlarining  qarindosh-

urug’larini  qamoqqa  olish  masalasi  ko’rib  chiqildi.  Natijada  bir  hafta  muddat 

ichida  viloyatdagi  istiqliolchilarning  qo’mondoni  Turdi  To’qsabo,  uning 

qo’rboshilari bo’lgan Temir Xo’ja Eshon, Odil Polvon Qorovulbegi, Yaxshi Jo’gir 

o’g’li,  Panji  Octonaqyl  o’g’li,  Xushmurod  (Turdining  o’rinbosari),  Rajab  Boqi 

                                                 

1

 Қ.Ражабов Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Т.: «Маънавият» 2002,119- 123 бетлар 




 

70 


Qorovul,  Moshin  Rasmurot  o’g’li,  Qilich  Mirza  Kamolov,  Mulla  Juma,  Juma 

Qorovulbegi,  Mulla  Bo’ri,  Shodi  Qorovulbegilar  hamda  taniqli  yigitlaridan  Xalil 

Mergan,  Raxmon  Mergan,  Xudoyberdi,  Umir,  Oral  Polvon,  Idiboy,  Umir  Fayzi 

o’g’li,  Muhammad  Karim  Qo’chqor  o’g’li,  Barot  oqsoqollarning  barcha  oila 

a’zolari  va  qarindosh-urug’lari  zudlik  bilan  qamoqqa  olindi,  ularning  butun  mol-

mulki musodara qilindi.  

Turdi To’qsabo va uning qo’rboshilari bu paytda asosan Qamashi va Koson 

tumanlarida  harakat  qilayotgan  edi.  Agar  ular  o’z  ixtiyorlari  bilan  hukumat 

vakillariga  taslim  bo’lishmasa,  garovga  olingan  barcha  kishilar  otib  tashlashi 

aytildi.  Turdi  To’qsabo  va  uning  jasur  safdoshlari  kurashni  to’xtatmagach, 

qamoqqa olingan butun qarindosh-urug’lari va oila a’zolari qatl qilindi.

1

  



Xuddi  shunday  holat  Buxoro  viloyatidagi  taniqli  qo’rboshi  Jo’ra  Aminning 

takdirida  ham  takrorlandi.  Jo’ra  Amin  (1889-1926)  Jondor  tumanidagi  Jo’yzor 

qishlog’ida tug’ilgan edi. Jo’ra Aminning yigitlari Jondor va Qorako’l tumanlarida 

13-o’qchi  korpus  jangchilariga  qarshi  shafqatsiz  janglar  olib  borishdi.  Korpus 

qo’mondoni  Pavlov  o’z  shtabini  Jondor  markazidagi  binoga  joylashtirdi.  «Bir 

qancha  janglar  natijasida  Pavlov  Jo’ra  Amin  boshchiligidagi  yigitlarni  yenga 

olishga  ko’zi  yetmagach,  eng  qabixona  yo’lni  tanlaydi.  Jo’ra  Aminning  turmush 

o’rtog’ini  Ergash  ismli  chaqalog’i  bilan  G’oziyon  madrasasida  tashkil  etilgan 

qamoqxonaga  tashlab, ularni  bir  yarim  yil  davomida  shu  yerda  saqlaydi». Ammo 

shunga qaramay, Jo’ra Amin kelib, taslim bo’lmaydi. Jondorlik bu mard qo’rboshi 

dushmanga  kelib  bo’yin  egmagach,  qizil  askarlar  tomonidan  garovda  ushlab 

turilgan uning oila a’zolari otib tashlandi. Jo’ra Amin bo’lsa yana bir necha yillar 

davomida qizil askarlarga qarshi hayot-mamot kurashini оlib bordi 

Angliyalik  tadqiqotchi  Glenda  Frezerning  yozishicha  «sovet  qo’mondonligi 

Buxoro  respublikasida  1923    yil  bahor-ko’z  fasllarida  bo’lgan  janglarda  100000 

ikshilik  ulkan  armiyasini  tashladi.  1923  yil  noyabr  oyida  bosmachilar  Buxoro  va  

Samarqandda  o’zlarining  so’nggi  yirik  hujumlarini  boshlashdi.  G’arbiy  Buxoroda 

Mulla  Abdlqahhor,  Qarshida  Berdi  Dodxoh,  Yakkabog’da  Abdurahmon 

                                                 

1

 Ўша китоб....124 бет. 




 

71 


Samarqandda  Xolbo’tabek,  Boysunda  Mustafo  Boyvachcha  Vaxsh  daryosining 

so’l  sohilidagi  tog’larda  Abdurrahim,  Qizilqum  sahrosida  esa  Mulla  Abdulqodir 

qo’rboshilar jang harakatlarida qatnashdilar».  

1923  yil  noyabr    oyida  Buxoro  viloyatidagi qo’rboshilar  ichida  Jo’ra  Amin, 

A’zam  Xo’ja,  Tosh  Murdasho’y  Bozorbek,  Ravshan  Davlat  kabilar  o’z 

harakatlarini  faollashdilar.  Ularning  har  biri  o’zlarining  500-600  kishilik 

suvoriylari bilan Buxoro shahri atrofida hamda Xargo’sh va Xayrobod  kentlarida 

qizil askarlar  Bilan jangga kirardilar.  

Mulla  Abdulqahhor  qo’rboshi  bo’lsa,  Nurota,  Karmana  Buxoro 

viloyatlarining turli tumanlarida o’z dastasi bilan kurashni davom ettirdi. U ba’zan 

Zarafshon  daryosining  har  ikkala  qirg’og’ida  jang  qilsa,  ba’zan  Shofirkon 

G’ijduvon  tumanlarining  Qizilqumga  tutash  cho’llarida  qizil  askarlarining  dodini 

berar, ba’zan Nurotaning tog’-toshlarida dushman bilan olishardi.   

Buxorodagi  vatanparvar  kuchlarga  qarshi  kurashda  Turkfront  Havo    floti 

harbiy uchuvchilari o’ta «jonbozlik» ko’rsatishdi. Mana  shunday uchuvchilardan 

biri  P.X.Mejeraup  edi.  U  terma  aviasiya  gruppasining  (2-  va  4-aviaotriyadlar 

negizidagi) boshlig’i sifatida G’arbiy Buxorodagi qo’rboshilar dastalari joylashgan 

yerlarni  bombardimon  qilar,  katta  qishloqlar  va  aholi  yashaydigan  manzillarni 

samolyotdan turib, plemyot o’qiga tutardi. G’arbiy gruppa qo’shinlari qo’mondoni 

Shvesov yozgan  raportda aytilishicha nomlari  Mejeraup boshchiligidagi bir guruh 

aviaotryad  15  noyabrda  Tosh  Murdasho’y  qo’shinining  300  kishilik  dastasini 

Shamba-Imachti  qishloqlari  yo’nlishida  va  Quyimozor  temir  yo’l  bekati 

atroflarida,  «  ...  gruppaviy  ravishda  samolyotlardan  bombardimon  qilishdi  va 

pulemyotdan  o’qqa  tutishdi,  tinimsiz  davom  etgan  besh  soatlik  bombardimon  va 

pulemyot o’ti natijasida qo’rboshi dastasi ichiga sarosima solindi va 100 yigit yo’q 

qilib tashlandi».  

Sovet  qo’mondonligi  istiqlolchilar  bilan  jangga  kirishar  ekan,  olishuv 

tugagach,  o’sha  atrofdagi  mahalliy  tinch  aholini  ham    asrga  olar,  qo’lga  alingan 

istiqlolchilar bilan bir qatorda qishloqlarning aksarnyat aholisi «sen bosmachisan» 

deb,  otib  tashlanar  edi.  Masalan,  «1923  yil  23  dekabrda  Barot  Eshon 




 

72 


boshchiligidagi  200  kishilik  suvoriylar  guruhi  Bag’a-Soqol  degan  joyda  tor-mor 

qilinganda qishloq oqsoqoli va aholining bir qismi asirga olindi ... ». Qishlokdagi 

tinch ahalini asir olishda «mardlik» kursatgan ushbu qizil askarlar OGPU buyrug’i 

bilan keyinchalik turli xil orden va medallar bilan takdirlanishdi.

1

  

Toshkent  va  Moskvadagi  bolshevik  raharlari  1923  yilning  oxiri  va  1924 



yilning  boshlarida  Buxoro  Respublikasidagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatdan  hali 

qoniqish  hosil  qilmagan  edilar.  Ular  shunning  uchun  harbiy  harakatlarni  jadal 

sur’atlarda olib borish bilan bir qatorda Buxoro hukumati rahbarlaridan kurashning 

barcha  tur  va  vasitalaridan  foydalanishni  talab  qilishdi.  1923  yil  22  dekabrda 

bo’lgan  Buxoro  Kommunistik  partiyasi  Markaziy  qo’mitasi  Ijroiya  byurosining 

yig’ilishida  G’arbiy  va  Sharqiy  Buxorodagi  «bosmachilar»ga  qarshi  kurash 

choralari  maxsus  muhokama  etildi.  Majlis  bayonnomasida  yozilishicha,  unda 

quyidagi masalalar ko’rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi:  

a)  RKP  O’rta  Osiyo  byurosining  bosmachilarga  qarashli  mol-mulkni  musodara 

qilish to’g’risidagi instruksiyasi.  

b) O’rta Osiyo byurosining bosmachilarning qo’riklari haqidagi instruksiyasi.  

v)  G’arbiy  Buxoroning  ayrim  viloyatlarida  va  Sharqiy  Buxorodagi  viloyatlarda 

bosmachilikka qarshi kurash Kengashlarini tashkil qilish to’g’risida.  

g) G’arbiy Buxoroda bosmachilikka qarshi kurash Komissiyasini to’zish haqida.  

d) Jazo uchliklari ishini yanada kengaytirish to’g’risida.  

ye)  qizil  armiya  bilan  BXSR  mehnatkashlari  o’rtasidagi  yaqinlashuv 

kompaniyasini o’tkazish haqida».  

Buxoro hukumati Markazning siquvlari ostida istiqlolchilarga qarshi kurashni 

avj oldirishda islom  dini arboblaridan ham keng foydalanishni rejalashtirdi. Kent, 

tuman,  viloyatlarda  bo’lgan  ruhoniylarning  qurultoylarida  bu  masala  keng 

muhokama qilindi. Nihoyat, 1924 yil 28-31 yanvarda Buxoro shahrida respublika 

ulamolarining  qurultoyi  chaqirildi.  Rasmiy  hukumatning  tazyiqi  ostida  o’tgan 

qurultoyda kerakli maqsadga erishildi. 30 yanvarda Mulla Akmal Fozil Xo’jayev 

ma’ruzasi  bo’yicha  «Bosmachilik  haqida»  nomli  rezolyusiya  qabul  qilindi.  Bu 

                                                 

1

 Қ.Ражабов Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш. Т.: «Маънавият» 2002,125-126  бетлар 




 

73 


rezolyusiyada  xuddi  partiya  qarorlarida  ta’kidlanganidek,  istiqlolchilar  «xalq 

dushmani» deb e’lon qilindi.  

Shariat peshvolarining qurultoyida aholiga qarata «Ulamolarning bosmachilar 

haqidagi  xitobnomasi»  nomli  murojaatnoma  ham  qabul  qilindi.  Ushbu  hujjatga 

shariat qoidalarini sharhlab beruvchi 113 ta ulamolar imzo chekkan edi.  

Buxoro  respublikasi  hududida  kurashning  beshinchi  yili  istiqlolchilar  uchun 

mana  shunday  qiyin  bir  sharoitda  boshlandi.  Shunday  bo’lishiga  qaramasdan, 

ularning  aksariyat  qismi  qo’ldan  qurolni  tashlamadilar.  G’arbiy  Buxoroda  bu 

paytda  Mulla  Abdulqahhor  (Zandanida),  Jura  Amin  (Qorakulning  shimoli-

g’arbida), A’zam Xo’ja (Jondorda), Tosh Murdasho’y (Buxoro shahrining shimoli-

g’arbida),  Qo’r  Ota  (Vobkentda),  Islom  Qorovulbegi  (G’ijduvonda),  O’rmon 

Polnon, Metan Polvon, Naim Polvon (hammasi Shofirkonda), Boboyor, Xushvaqt 

va Sirojxo’ja (hammasi Nurotada) kabi qo’rboshilar dastalarining har birida 300-

400  vatanparvar  kurashni  davom  epirayotgan  edi.  Bulardan  tashqari  kichik 

miqdordagi o’nlab qo’rboshilar dastalari ham mavjud bo’lgan.  

O’rta  Buxoro  -  Qashqadaryo  vohasida  bo’lsa  Turdi  Tuqsabo  (Kosondan 

shimoli-g’arbda),  Bo’ri  Dodxoh  va  Abdurahmon  (Yakkabog’dan  janubi-rarbda), 

Abduroziq  (Sumatda)  kabi  qo’rboshilar,  Amudaryo  buyi  rayonida  (hozirgi 

Turkmaniston hududida) qilich Mergan na Mulla Ro’zi (Karkidan janubi-sharqda), 

Mulla  Maxta  (Burdaliqda)  singari  sardorlar  qizil  armiyaga  qarshi  jang  olib 

borishardi.  

Shunday  qilib,  bu  paytda  G’arbiy  Buxoroda  Mulla  Abdulqahhor  va  Sharqiy 

Buxoroda  Ibrohimbek  qo’rboshilar  istiqlolchilarning  o’n  ming  kishiga  yaqin 

qo’shiniga qo’mondonlik qilishayotgan edi.

 

 



G’arbiy  Buxoroda  1924  yildan  boshlab  istiqlolchilarga  qarshi  qapiq  janglar 

avj  oldirib  yuborildi.  Arxiv  xujjatlarida  keltirilishicha,  1924  yil  19  yanvardan  25 

iyungacha  bo’lgan  janglar  natijasida  vatanparvarlardan  2000  kishi  kurashdan 

chetlashtirildi, ya’ni taslim bo’ldi. Bundan tashqari janglarda 25 qo’rboshi va 474 

                                                 

1

 Ўша китоб....128 бет 




 

74 


yigit  o’ldirildi,  2  qo’rboshi  va  93  yigit  yarador  qilindi,  12  qo’rboshi  va  194  yigit 

asir olindi, 59 qo’rboshi va 637 yigit o’z ixtiyori bilan taslim bo’ldi.  

Qizil  askarlarning  asosiy  zarbasi  Buxoro  va  Karmana  viloyatlaridagi 

qo’rboshilarning umumiy yetakchisi Mulla Abdulqahhorga qarshi yo’naltirildi. « ... 

qizil  askarlar  21  iyunga  o’tar  kechasi  Abdulqahhor  guruhiga  hujum  qilishdi, 

natijada  uning  18  yigiti  chopib  tashlandi  va  Abdulqahhorning  o’zi  og’ir  yarador 

qilindi».  

Buxorodagi  istiqlolchilar  bahorgi  janglarda  mag’lubiyatga  uchrashlariga 

qaramasdan,  1924  yil  iyun  oyida  O’rta  na  G’arbiy  Buxoroda  mujohidlarning 

faolligi  ko’zatiladi.  Bu  paytda  Sharqiy  Buxoroda  ham  qo’rboshi  dastalari  o’z 

harakatlarini kuchaytirgan edilar.  

Mulla  Abdulqahhor  va  A’zam  Xo’ja  aholiga  qarata  murojaatnoma  chiqarib, 

chaqiriq yoshidagi kishilarni Buxoro qizil armiyasi saflariga kirmaslikka, aksincha, 

istiqlolchilar qatorida turib, bosqinchilarga qarshi kurashga da’vat etishdi. Natijada 

kurashni turli sabablar bilan tark etgan yigitlar yana qaytadan kelib, o’z dastalariga 

qo’shila boshladilar. Xatto qizil armiyaning eskadron komandiri Shatalov bir guruh 

askarlar va anchagina miqdordagi qurol-yarog’ bilan istiqlolchilar safiga o’tdi.  

Bu holdan qattiq tashvishga tushgan qizil  armiya qo’mondonligi Buxorodagi 

partiya  va  sovet  organlariga  istiqlolchilarga  qarshi  kurashda  shoshilinch  chora-

tadbirlar  kurishni  topshirdi.  «Bosmachilik»ka  qarshi  kurash  Markaziy 

komissiyasinnng raisi Mavlonbekov imzosi bilan 1924 yil 30 mayda qabul qilingan 

mutlaqo  «maxfiy»  tamg’ali  «O’rta  -  G’arbiy  Buxorodagi  bosmachi  guruhlari  va 

zarbdor  kompaniya  o’tkazish  tadbirlari  haqidagi  Nizom»ga  muvofiq  5  iyuldan 

boshlab  «Bosmachilar  bilan  kurash  oyligi»  o’tkazishga  qapop  qilindi.  Rasmiy 

hukumat bir oy davomida G’arbiy va O’rta Buxorodagi butun qo’rboshi dastalarini 

tugatishni  rejalashtirdi.  Mulla  Abdulqahhor,  A’zam  Xo’ja,  Tosh  Murdasho’y, 

Turdi To’qsabo, Qilich Mergan kabi asosiy qo’rboshilarning dastalariga kuchli va 

so’nggi zarba berishga qaror qilindi.  

Mazkur  qarorni  amalga  oshirish  uchun  Buxoro  viloyati  bo’yicha  Abdug’ani 

Nabiyev,  Rajab  Muhammadiy,  Subhonqul  Jo’rayev  va  Abduqodir  Rahimboyev; 




 

75 


Chorjo’y  viloyati  bo’yicha  Soliyev,  Choriyev  va  Niyozmurodov;  Nurota  viloyati 

bo’yicha Sharof Barotov va Arabboy Mo’minov; Karmana viloyati bo’yicha Berdi 

Yorov va Safar Bozorov; Behbudiy (qarshi) viloyati bo’yicha Zokirov va Xalilov; 

Shahrisabz  viloyati  buyicha  Mirzayev  va  Bobonazar  Xidirov  hukumat  tomonidan 

mutasaddi etib tayinlanishdi.  

Mulla Abdulqahhor qo’rboshining yigitlari bilan qizil askarlar o’rtasida 1924 

yil yozi va ko’zida G’ijduvon tumanining G’ishti va Katta G’amxo’p qishloqlarida, 

Nurota  tog’larida,  Shofirkon  tumaniga  tutash  Qizilqumning  Jilvon  qumliklarida, 

Bog’iafzal  va  Vardonze  qishloqlarida  qattiq  to’qnashuvlar  bo’ldi.  Kuchlar  teng 

bo’lmagan  ushbu  janglarda  G’arbiy  Buxoro  vatanparvarlarining  yetakchisi 

mag’lubiyatga ychradi. G’arbiy Buxorodagi qo’rboshilar dastalariga sezilarli zarba 

berildi. «Zarbdor oylik davrida Ortiq To’qsabo, Ortiqcha, Mirza Ibrohim, Rustam 

Koson  va  boshqalar  o’z  yigitlari  hamda  qurol-yarog’lar  bilan  taslim  bo’lishdi. 

Oylik mobaynida 17 qo’rboshi va 250 yigit qo’lga olindi hamda asir tushdi».  

Mulla  Abdulqahhor  qo’rboshi  Qizilqum  cho’llarida  qizil  askarlar  bilan 

bo’lgan  to’qnashuvlarning  birida  1924  yilning  oxirida  o’ldirildi.  Said  Olimxon 

yozganidek, uning  ikki  ukasi:  Metan  Polvon  va  Naim  Polvon  sal  oldinroq  shahid 

bo’lishigan edi.  

Shunday  qilib,  1924  yil  oxirlarida  Buxoro  va  Karmana  viloyatlaridagi 

istiqlolchilar  asosan  mag’lubiyatga  uchradilar.  Kurashning  uchinchi  bosqichi 

nihoyasiga yetdi. Lekin hali janglar daiom etar edi.

1

  



                                                 

1

 Ўша китоб..... 128-130 бетлар 




 

76 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling