O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151.
126 Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3. Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma‘naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi. Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy–ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G‘afur G‘ulomning: Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam, G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona, – degan hikmatli satrlari shu jihatdan diqqatga sazovor. 127 Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odamga omad hayoti mobaynida kamdan–kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim–tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga ko‘ra, Omad ma‘buda ekan, kunlardan birida uning o‘g‘li Yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi–yu, qaytib chiqmabdi. SHu–shu Omad Yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma‘budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bittagina ko‘zi bor ekan. SHu bois u to‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib olib, o‘g‘limmikan deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qararkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falakdan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o‘z qo‘liga tushganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan. Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam yo‘q, omad – tasodif, baxt – zaruriyat; omad – istisnoli, baxt – qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir zumlik holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir umr mobaynidagi amaliy javobdir. Baxtni tushunish har bir davrda, ma‘lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya‘ni, ideal kabi uning ham tabiati o‘zgaruvchan. Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o‘rganadigan an‘anaviy evdeymonchilik deb ataladigan yunoncha «eudaimonja» (baxt) so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling