O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyil, bu –millatparvarlik. U, ma‘lum ma‘noda, vatanparvarlik 
tamoyilining yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma‘noda Vatanni sevish degani. Vatansiz 
millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas.SHu o‘rinda millatparvarlikni millatchilik 
bilan qorishtirib yubormaslik to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tmoq lozim. Millatchilik o‘z millatini ajratib olib, unga 
buyuklik maqomini berishga intilish bo‘lsa, millatparvarlik, boshqalarni kamsitmagan holda, o‘z millati ravnaqi 
uchun kurashish, bu yo‘lda, lozim bo‘lsa, o‘z hayotini ham fido qilish demakdir. U insonparvarlik bilan ham 
134
Думбадзе Н. Hellados. Низом Комил таржимаси. «Тафаккур» журнали, 1995, 3 – 4-сонлар. 


chambarchas bog‘liq. CHunki o‘z millatini chin dildan sevmagan odam hech qachon boshqa millatlarni seva 
olmaydi. 
Asl millatparvar – milliy o‘zligini anglab yetgan inson. U o‘z millati bilan faxrlanadi, o‘z millati bilan butun 
jahonning faxrlanishini istaydi. CHunonchi, Navoiy do‘ppi bilan to‘n kiygan o‘zbekni har qanday shoh jamolidan 
afzal ko‘radi: 
SHohu toju xil‘atekim, men tomosho qilg‘ali 
O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.
135
Lekin Navoiy shu faxrlanishi, g‘ururlanishi barobarida o‘zgalarga kibr bilan qaragan emas, aksincha, o‘zga til 
vakili bo‘lmish Jomiyga bag‘oyat hurmat–izzat ko‘rsatib, unga, pirim, deb qo‘l bergan. 
Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u millatni sevish amaliyotining – millatparvarlikning 
ilmiy–nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi. Milliy g‘oyaning zamonaviy, biz tanlagan ko‘rinishini, uning 
mafkuraviy jihatlarini Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov shunday ta‘riflaydi: «Milliy mafkuramiz har qanday 
millatchilik va shunga o‘xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va 
qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda 
o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor».
136
Uning ikkinchi jihati esa mana bunday talqin etiladi: «Milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni 
vatanparvarlik, el–yurtga sadoqat yo‘lida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini 
payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur».
137
Asl millatparvar ana shunday bo‘lishi kerak. Asl millatparvar insonlarning umri millatning umri kabi 
mangudir. Millat yo‘lida o‘z jonini tikkan Munavvar qori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo‘lpon singari 
minglab fidoyilarni xalqimiz hech qachon unutmaydi.  

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling