O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma‘nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U
jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari O‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma‘rifatparvarlar hayotida shakllanganini e‘tirof etmoq lozim. Ya‘ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual – aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq. SHu bois uni inson paydo bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allomalaridan biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor Adorno Ikkinchi jahon urushidagi genotsiddan so‘ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi. SHuni alohida ta‘kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida murakkab va ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba‘zilar ziyolilik deganda oliy ma‘lumotli kishiga xos bo‘lgan fazilatni tushunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma‘nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam–da», degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo‘lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat‘i nazar, ham bilim, ham fahm–farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tushuniladi. SHunday qilib, ziyolilik asosida insonning ma‘naviy–ma‘rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti– harakatlar yotadi. Ziyolilik tamoyiliga hukmron–ma‘muriy doiralar va xalq tomonidan o‘ziga xos munosabatlar mavjud. CHunonchi, birinchi toifadagilar ko‘p hollarda ziyolilikka umumiy tarzda ijobiy munosabatda bo‘ladilar, lekin masala muayyan ziyoli shaxslarga borib taqalganda, manfaatlar to‘qnashuvi ro‘y beradi: ziyolilar hukmronlar toifasini ziyolilik tamoyili asosida yashashi va ish yuritishini talab qiladi, bu esa ularga, tabiiyki, yoqmaydi, buni hokimiyat ishlariga aralashish deb ijirg‘anadilar, turli bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar. Bunga Lev Tolstoydek buyuk, pokiza insonning cherkov tomonidan la‘natlanishi yoki norasmiy Turkiston Ligasining rahbari, istiqlol fidoyisi, mard sarkarda, haqiqiy ziyoli, chor armiyasi general–mayori Jo‘rabek Qalandarqori o‘g‘liga suiqasd uyushtirilishi – Qorasuvdagi o‘z yozgi bog‘ida sirli ravishda o‘ldirilishi hodisalari yaqqol misol bo‘la oladi. Mustamlakachilikka va totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda ziyolilik tamoyiliga sodiq kishilar to‘g‘ridan–to‘g‘ri, ochiq qatag‘on qilinadilar. Bunga misol qilib, Fitrat, Qodiriy, CHo‘lpon kabi jadidlarni va Stalin–Hitler konslagerlarida halok bo‘lgan minglab ziyolilarni keltirish mumkin. Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolarning munosabatida esa ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qismi, millatning o‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar ziyolilarga havas bilan qaraydilar, ziyolilarning xatti–harakatlarini nafaqat ma‘qullaydilar, balki o‘z farzandlari va yaqinlariga namuna qilib ko‘rsatadilar. Ammo oddiy aholilik majburiyatidan boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma» deb atalib kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma‘lumotlari oliy yoki o‘rtaligidan qat‘i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat bilan o‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud «omma» qaysi yerda kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma‘nodagi fidoyilikdir. SHu bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tamoyilini har bir fuqaroga singdirish uchun muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma‘naviyatni yuksaltirish orqali ro‘yobga chiqadi. Bu kurash tepasida ma‘naviyatni ustuvor soha deb e‘lon qilgan Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov turibdi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling