O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Tinchlikparvarlik. Bu axloqiy tamoyil ham insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega. CHunonchi
tinchlikparvarlik urushning, qon to‘kishning har qanday ko‘rinishini inkor etadi, oddiy tinchliksevar shaxsning 
tinch–totuv yashashga bo‘lgan ijobiy munosabati bilangina chegaralanib qolmaydi, balki dushmanlik va 
tajovuzkorlikka qarshi kurashni, zarba berishni taqozo etadi. Unda tinchlik haqida chiroyli gaplar aytish, yig‘inlarda 
ma‘ruzalar qilish emas, balki faol xatti–harakat, uyushtiruvchilik, tashkilotchilik birinchi darajali zaruriy faoliyat 
hisoblanadi.
Tinchlikparvarlar fidoyi insonlardir. Ularning ana shu fidoyilarcha xatti–harakatlari pirovard natijada har bir 
inson hayotiga takrorlanmas noyob qadriyat sifatida qarashga, har bir fuqaro qadrini, har bir davlat suverenitetini, 
har bir millatning o‘z hayot tarziga monand yashash huquqini muqaddas deb tan olinishiga olib keladi
mamlakatlararo jamoat tartibini saqlashga, avlodlar ravnaqiga, tarixiy–madaniy hamkorlikka, millatlar va turli 
ijtimoiy guruhlar orasida o‘zaro tushunishning qaror topishiga xizmat qiladi.
SHuni ham ta‘kidlash joizki, ba‘zi ulug‘davlatchilik va buyukmillatchilik ruhi hukmron bo‘lgan jamiyatlarda 
tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadilar, turmalarga tashlanadilar. Lekin ular o‘z tamoyillaridan hech qachon 
qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradilar, Yyer yuzida 
tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar. SHunday tinchlikparvar buyuk siymolardan biri sifatida 
zamondoshimiz, ulug‘ ingliz faylasufi, Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rassel (1812–1970) shaxsini misol qilib 
keltirishimiz mumkin. O‘ttiz olti yoshida Qirollik Jamiyatiga a‘zo bo‘la olgan, har jihatdan jamiyatda obro‘ga ega 
faylasuf tinchlikparvarlik faoliyati uchun ikki bora (dastlab Birinchi jahon urushi paytida, ikkinchi marta – 
AQSHning Vьetnamdagi bosqiniga qarshi kurash olib borganida) ingliz ma‘muriyati tomonidan turmaga tashlandi. 
Lekin «insonparvarlik va hurfikrlilik havoriysi» (Rassel Nobel mukofoti bilan birga shunday faxrli nomni ham olgan 
edi) umrining so‘nggigacha tinchlikparvarlik tamoyilidan chekinmadi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling