O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

SHuhratparastlik. SHuhratparastlik – shon–shuhrat ketidan quvadigan va bu yo‘lda har qanday 
axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xususiyati. SHuhratparast odam o‘z nomining doimo atrofdagilar 
va jamiyat diqkat markazida turishiga, mashhurlikka, shov–shuvga, maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu 
ehtiyoj oxir–oqibat uni jamiyatning axloqiy – ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatidagi o‘z biologik va 
ma‘naviy–intelektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib 
qo‘yadi. 
SHuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni shundaki, u ravnaq topib borish xususiyatiga ega: 
dastavval kishi o‘z «men»ining boshqa «men»lardan kam bo‘lmasligini talab qiladi, keyin asta–sekin o‘z 
«men»ining barcha «men»lardan baland turishini xohlab qoladi va nima qilib bo‘lsa ham shu xohishni amalga 
oshirishga intiladi. Natijada u mavjud veqelikni, atrofdagilarning o‘ziga bo‘lgan asl munosabatini real baholay 
olmaydi; qaerda uni «ko‘tar–ko‘tar» qilib maqtashsa, o‘sha yerga o‘zini uradi, hayotda asl insoniy vazifasini 
bajarishdan chalg‘iydi, tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l qo‘yadi. SHuhratparastlikka yorqin misol, umumbashariy 
timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon Herostratning nomi keltiriladi: u abadiy shuhrat qozonish 
uchun olamning yetti mu‘jizasidan biri – Efes shahridagi Artemida ibodatxonasida o‘t qo‘ygan. Uning nomi 
hozirgacha taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat va la‘nat bilan tilga olinadi. 
SHuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi zamonaviy jamiyatda avj olgan illatlardan hisoblanadi. Agar 
xudbinlikning keng yoyilishiga ma‘lum ma‘noda shaxs erkinligining qonuniy muhofazasi, ba‘zi, demokratik 
tamoyillar yo‘l ochib bersa, shuhratparastlik uchun zamonaviy ommaviy axborot vositalari ko‘k chiroq vazifasini 
o‘taydi: Nitsshe aytganidek, hozirgi paytda har qanday kichkinagina «men», yo‘lini topib, sahnadan, sahifadan yoki 
ekrandan o‘zi haqida jahonga jar solish huquqiga va imkoniga ega. Matbuot va so‘z erkinligidan «o‘ziga xos» 
foydalanadigan, «mashhurlar» haqidagi shov–shuvlar bilan shug‘ullanadigan o‘nlab gazetalar, ko‘rsatuv va 
eshittirishlar shuhratparastlarning yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinlardek paydo bo‘lishini ta‘minlamoqda. Misol 
tariqasida ko‘pchilik ommaviy axborot vositalarida aslida horijiy mualliflar musiqalarini, qo‘shiqlarini noqonuniy 
o‘zlashtirgani – o‘g‘irlagani (plagiat) uchun jazolanishi kerak bo‘lgan shuhratparast «san‘atkorlar»ning ko‘klarga 
ko‘tarilishini keltirish mumkin. SHuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya vositasida 
kurashish qiyin, shu sababli ularga nisbatan axloqiy yo‘l bilan birga ichki va xalqaro huquq me‘yorlaridan ham 
unumli foydalangan holda ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
SHunday qilib, uch bob mobaynida, qisqacha bo‘lsa–da, axloqshunoslikning asosiy tushunchalarini, axloqiy 
tamoyillar va me‘yorlar nima ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat axloqiy hayotida naqadar muhim o‘rin tutishini 
ko‘rib chiqdik. Pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: agar 
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari bir–biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada 
mustahkamroq – ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me‘yorlar esa bir–biri bilan shu 
darajada chambarchaski, ba‘zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy 
amaliyotlardir. 
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov 
Ixtiyor erkinligi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin erkinlikning o‘zi haqida mulohaza qilib ko‘rish lozim 
bo‘ladi. CHunki «erkinlik» atamasi bir tomondan, sodda, aniq hammaga tushunarli so‘z, ikkinchi tomondan esa o‘ta 
murakkab, tumanli, o‘zgarib turuvchi tushuncha; u hammani, ayniqsa yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. «Aslida 
esa tarixda erkinlik nomi ostida ko‘p ulug‘ ishlar amalga oshirilgan, lekin aynan shu nom bilan qanchadan–qancha 
gunohlar qilingan. Har bir kishining xayoliga kelganida yuragi dukillab urib ketadigan shu nom bilan qanchadan–
qancha jinoyatu nodonliklar, ehtiros aldoviyu so‘qirliklar o‘zini bezadi va bezamoqda»
140
. V.Vindelband fikrini 
davom ettirib, erkinlik atamasining mazmuni siyosat va falsafa olamida hozirgacha turli xil bo‘lib kelayotgannini, 
«haqiqiy erkinlik» tushunchasi esa nimani anglatishi hali ham ayon emasligini aytib o‘tadi. Bunday 
«tushunmovchiliklar»ning sababi, bizningcha, shundaki, inson erkinligi hech qachon yolg‘iz, alohida olingan 
erkinlik bo‘lolmaydi, u, Sartr aytganidek, erkinliklar ro‘parasidagi erkinlik. Aynan shuning uchun ham u hech 
qachon mutlaqlik kasb etolmaydi, uni doim zamon, makon, inson va narsalar erkinligi – boshqa erkinliklar cheklab 
turadi; inson butunlay erkinlikka erisholmaydi, faqat nimadandir, qaysidir bir narsadangina erkin, ozod bo‘lishi 
mumkin. M., sport musobaqalarida universitet sharafini himoya qilish uchun boshqa shaharga borgan talaba 
darslarga qatnashish majburiyatidan ozod qilingan, lekin u darslarga nisbatan erkinlikka ega bo‘lgani holda, 
butunlay erkin emas – sport musobaqalarida qatnashish majburiyatini olgan. SHunday qilib, bir erkinlikning qo‘lga 
kiritilishi ikkinchi erkinlikdan – sport musobaqalarida qatnashmaslik erkinligidan voz kechishga olib keladi. 
Demak, bir tomondan erkinlik zaruriyatsiz, zaruriyat esa erkinliksiz mavjud emas, ikkinchi tomondan, shuning 
uchun ham, har qanday erkinlik cheklangan holdagina voqe bo‘ladi. 
140

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling