O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Виндельбанд В. О свободе воли. Минск - Москва, «Харвест» - АСТ, 2000. С. 8.
Endi ixtiyor erkinligi nima, degan masalaga to‘xtalamiz. Dastlabki muammo atama bilan bog‘liq. O‘zbek tilidagi falsafiy adabiyotlarda asosan «iroda erkinligi» degan noto‘g‘ri ibora qo‘llaniladi. Buning sababi – rus tilidagi «volya» so‘zining mantiqan xato, «sila voli» tarzida tarjima qilishida, vaholanki «volya» – «erk», «erkinlik», «sila voli» – iroda («iroda kuchi» emas) ma‘nolarini anglatadi. Bizda «iroda falsafasining» otasi deb nom olgan Artur SHopenhauerning mazkur falsafani asoslab bergan to‘rt jildlik fundamental asarida gap iroda haqida emas, balki ixtiyor haqida boradi. Asar olmonchadagi asliyatda «Die Welt als Wille und Vorstellung» deb ataladi, o‘zbekchasiga bu «Olam ixtiyor va tasavvur sifatida» (ruschasiga «Mir kak volya i predstavlenie») deb tarjima qilinadi. Zero Wille – ixtiyor degani, iroda esa – Willenskraft yoki Willensstarke (ruschasiga «sila voli»). Falsafiy adabiyotlarimizdagi atama borasidagi bunday mantiqsizlik o‘ylab o‘tirmasdan ruschadan «shartta ko‘chirib tashlash» ning oqibatidan boshqa narsa emas. Mantiqsizlik deganimizning ma‘nosi shundaki, ixtiyor – xohish, istak demakdir, iroda esa o‘sha xohish, istakni bosib turuvchi, uning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan kuch, ya‘ni ixtiyor g‘ildirak bo‘lsa, iroda – tormoz. M., siz chekishni tashladingiz, lekin juda bo‘lmaganda, «bir tortib» qo‘yishni nihoyatda xohlaysiz, shunda iroda vositasida bu xohishdan voz kechsangiz, irodali odam deb atalishga loyiqsiz, akasincha esa, siz irodasiz insonsiz. Demak, ixtiyor – erkinlik, iroda – zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, «ixtiyor» va «iroda» so‘zlari bir mazmunni anglatadigan holatlar ham mavjud. Lekin ular juda kam, sanoqli, faqat mislsiz qudratning xohishigina bir vaqtning o‘zida iroda bilan mustahkamlanadi, bunda iroda xohishning yuksak darajasi sifatida talqin topadi. Bunday talqin to‘rt narsaga xos: gap Xudo, xalq, ota–ona, podsho haqida borgandagina biz «Xudoning xohish– irodasi», «xalqning xohish – irodasi» v.h. deyishimiz mumkin xolos. Boshqa barcha hodisalarda ixtiyor bilan iroda bir–biridan muxtor tarzda va bir–birining ziddi sifatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, falsafa va axloqshunoslikdagi eng murakkab muammolardan biri «iroda erkinligi» emas, balki «ixtiyor erkinligi» degan istiloh bilan atalishi maqsadga muvofiqdir. Ixtiyor erkinligi eng avvalo ixtiyorning uch bosqichda voqe bo‘lishi bilan bog‘liq. Birinchi bosqich – ichidan faqat bittasini tanlab olish va harakatga aylantirish mumkin bo‘lgan alohida xohish–istaklarning tug‘ilishidan iborat. Ikkinchi bosqichda mazkur xohishlarning o‘zaro bir –birini tutib turishi, teng holatga keltirishi yuz beradi va bu – tanlov oraqali bir qarorda to‘xtash imkonini yaratadi. Uchinchi bosqich tanlangan xohishning o‘ziga mos jismoniy harakatga o‘tishi bilan belgilanadi. Erkinlikka kelsak, shuni aytish kerakki, muayyan ixtiyorga berilgan erkinlik faqat tanlovning boshlanishida va tanlov jarayonidagina mavjud bo‘ladi. Tanlov jarayoni tugashi bilan, ya‘ni ikki narsadan birini tanlaganingiz zahoti ixtiyoringiz uchun berilgan erkinlikning vakolati tugaydi: siz ixtiyor qilib bo‘ldingiz, bundan buyog‘iga erkin emassiz, endi tanlagan narsangizga mos harakatni boshlashingiz kerak. Demak, ixtiyor erkinligi tanlanayotgan ikki narsa oralig‘idagi fikrlash mobaynidagina voqe bo‘ladigan hodisadir. Tanlovning o‘zi esa ikki xil xohish o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurashda faqat bitta hohish – qaysinisi kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi: ham unisining, ham bunisining baravar tanlanishi mumkin emas. Ruhshunoslik nuqtayi nazaridan tanlov hissiyotga asoslangan, qanday sabab orqali vujudga kelishi ahamiyatsiz bo‘lgan ruhiy omil. Axloqshunoslikdagi tanlov esa qadriyat bilan bog‘liq, aqlga asoslangan tushuncha. Birinchisi – bor narsa, ikkinchisi – bo‘lishi kerak deb hisoblangan narsa; birinchisi –mavjud omilni, ikkinchisi – idealni, me‘yorni anglatadi. SHunday qilib, insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda, ideal va me‘yorlarga mos tarzda cheklanadi. Aks holda, muayyan bir yo bir necha inson yoki guruhning betiyiq erkin ixtiyori na faqat boshqa insonlar va guruhlar, balki nabotot, hayvonot olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu muammo kishida mas‘uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas‘uliyatni, o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xohlagan ishga qo‘l urishi mumkin – uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir xatti–harakat, har bir qilmishning ibtido nuqtasi. Umuman, inson hamda jamiyat axloqiy hayotida ixtiyor erkinligi va tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdagi bir ta‘sirchan voqeani olib ko‘raylik: bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski o‘zbek (turkiy), fors tillarida o‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Imoiddin Nasimiyning g‘azalini yod o‘qiyotgan bir yosh yigitni kufrda ayblab, hibsga oladilar. Yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi: yo piri Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni o‘zimniki, deb o‘limga tik borish. Pokdomon, or–nomusli yigit ikkinchi yo‘lni tanlaydi. Qozi uning terisini shilishga buyuradi. Olomon–tomoshabinlar yig‘iladi. SHu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar topgan Nasimiy oldida ham endi tanlov turardi – tanlamaslikning iloji yo‘q edi: yo o‘zini oshkor qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqarishi va uning o‘rnini egallashi, yoki olomon orasidan sekin sirg‘alib chiqib ketib, muridining o‘limga mahkum etilishi evaziga o‘z jonini asrab qolishi kerak. Buyuk mutasavvif shoir birinchi yo‘lni tanlaydi: o‘zini jallod qo‘liga tutqazib, begunoh yigitni ozod etadi. Qozi endi Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi, atrofga qon sachraydi. SHunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning tomchi qoni biror yeringizga tegsa, o‘sha yerni kesib tashlash kerak bo‘ladi, deydi. Qozi gapini tugatar–tugatmas, Tangri irodasi bilan bir tomchi qon sachrab uning jimjilog‘iga tegadi. Olomon qozidan barmog‘ini kesib tashlashini talab qiladi. Endi qozi oldida tanlov turardi: yo barmog‘ini kesishga berib, gapining ustidan chiqishi yoki gapidan qaytib, sharmisor bo‘lishi kerak. Qozi axloqan nopok, qo‘rqoq va xudbin odam sifatida gapidan qaytadi. Nasimiy esa qiynoqqa mardonavor chidab, churq etmaydi, aksincha, qozining ahvolini ko‘rib, istehzoli kuladi va so‘nggi g‘azalini yoddan aytadi. Nasimiyning bu jasorati asrlardan–asrlarga o‘tdi, ne–ne shoirlarning she‘rlarida madh etildi, o‘zi esa insoniy poklik va yuksak axloqiylikning o‘lmas timsoli bo‘lib qoldi. Bir namuna sifatida buyuk turkman shoiri Maxtumqulining «Aytishuv» she‘ridan quyidagi sakkiz satrni keltirish mumkin: M a h t u m q u l i – U nimadir, yemadilar – to‘ydilar? U nimadir, ulug‘ kunga qo‘ydilar? Ul kim edi tovonidan so‘ydilar? SHoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! D u r d i sh o i r – U diydordir, yemadilar – to‘ydilar, U namozdir, qiyomatga qo‘ydilar, Nasimiyni tovonidan so‘ydilar, Bizdan salom bo‘lsin, javob shul erur! SHunday qilib, ushbu misolda uch xil tanlovni, uch xil mas‘uliyatni va ixtiyor erkinligidan uch xil foydalanishni ko‘rdik. Demak, har bir insonning bu dunyoda axloqiy tanlov sinovidan o‘tmasligi mumkin emas. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling