O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Oilaviy mulk, farzand tarbiyasi va oilaning tarqalishi. Oilaning yana bir jihati – uning o‘z mulkiga 
egaligi. Agar nikoh oilaning botiniy ko‘rinishi bo‘lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko‘rinishi deyish mumkin. 
Oilaning mavjud bo‘lishi uchun ishlab topiladigan mablag‘ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag‘, 
shubhasiz, axloqiy tabiatga ega: oila boshlig‘i oila a‘zolarini halol yedirib–ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda 
erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni taqsimlash 
huquqiga ham ega.
Yuqorida aytganimizdek, nikoh ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak 
mas‘uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu birlashuvdan maqsad – hayotda o‘zlaridan 
yaxshiroq, mukammalroq bo‘lgan, o‘zlari erisholmagan orzularni ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish. 
Bunday odamlar farzandlardir. SHu munosabat bilan SHimmel xonim o‘zining avvalgi boblarda tilga olingan 
kitobida ba‘zi mutasavviflar uchun umumiylik tabiatiga ega bo‘lgan qiziq bir fikrni keltiradi: «Ba‘zi so‘fiy–teosofik 
oqimlarning tarafdorlarida mahsulot beradigan har bir xatti–harakatni «nikoh» deb atashga moyillik bor. Ularning 
fikricha, po‘lat bilan chaqmoqtosh birlashsa, bu nikohdan yanada yetukroq farzand, ya‘ni olov dunyoga keladi. 
Erkaklik va ayollik unsurlarining birlashuvi hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir»
142

141
Byron. Don Juan. M., Foreign language publishing house, 1948. P. 124. 
142
Шиммел А. Жонон менинг жонимда, 44 – 45-б. 


SHu bois oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o‘z jufti halolini, ona esa sevimli erini 
ko‘radi: bolada er–xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. 
Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga yeb–ichadilar, tarbiya oladilar. 
Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota–onaga bo‘ysunishlari lozim. Lekin bu intizom erkin o‘sib 
kelayotgan go‘dakni qullikka o‘rgatish emas, balki bolalarga xos erka–tantiqlik, o‘zboshimchalik singari salbiy 
xususiyatlarni yo‘qotishga xizmat qilishi kerak. Ota–onaga bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning 
kelajakda qo‘pol, badxulq, nokamtarin bo‘lib yetishuviga olib keladi. SHu bois oila ilk axloqiy tarbiya o‘chog‘i 
sifatida katta ahamiyatga ega. 
Oila tarqalishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilaning axloqiylik nuqtayi nazaridan 
tarqalishi. Bunda bolalar balog‘atga yetgach, erkin shaxs sifatida Yangi oilaga asos bo‘lishlari – o‘g‘il bolalarning 
uylantirilishi, qizlarning erga berilishi nazarda tutiladi. Uylantirilgan o‘g‘illarga ham, erga berilgan qizlarga ham 
Yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bo‘lgan uy–
ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi. 
SHuningdek, oilaning tabiiy tarqalishi ham mavjud. Unda ota–onaning yoki otaning vafoti tufayli oila 
mulkining meros tarzida bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila tarqalishi mumkin. 
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila tarqaladi. Aslida nikoh ham diniy, ham 
dunyoviy nuqtayi nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar 
tufayli nikohni faqat axloqiy obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan, sud, vakolatli ruhoniy bekor 
qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana shu so‘nggi turdagi oila tarqalishiga 
qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha kamaysa, u o‘sha jamiyatning axloqiy jihatdan takomillashib 
borayotganini anglatadi. «Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo‟lishi tabiiyki, oila sog‟lom ekan – jamiyat 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling