O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi 
xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi. 
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib 
berish mumkin. yakkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror 
individualligi, boyligidan mahrum bo‘lgan abstraktsiya bo‘lib qoladi. yakkalik va umumiylikning keltiriladigan 
ta‘riflari ularni ayni bir ayrim ob‘ektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli 
jismlar va nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – butun 
tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual 
darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda 
yakkalik va umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet , yakkalik 
tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – 
atoqli ot bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xshashligi va farqlarini 
belgilovchi xossalardir.


«Yakkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga xos bo‘lgan jihatni aks ettiradi. 
«Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o‘rtasida muayyan sifat jihati doirasida amalda mavjud bo‘lgan ayniylikdir. 
Yakkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud bo‘lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud 
bo‘ladi. Umumiylik ham, yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa 
yoki hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida u ham yakkalik, ham umumiylikdir. Har 
qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani 
to‘liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. yakkalik o‘z mohiyatiga ko‘ra 
mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq 
yoritadi 
O‘rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi bahs uning ishtirokchilari 
realistlar va nominalistlarga bo‘linishiga olib keldi. Realistlar umumiylikni yakkalikdan ajratib, umumiylikni 
mustaqil holda mavjud hodisa sifatida, narsalar paydo bo‘lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk timsoli 
sifatida, narsalarda – Xudoning ro‘yobga chiqarilgan g‘oyasi sifatida talqin qilganlar. SHunday qilib, realistlar 
fikricha umumiylik narsalarga qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g‘oyasi sifatida mavjud 
bo‘ladi. Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy tushunchalar esa, ayrim 
narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar. Mazkur tasavvurlar aks sadosiga bugungi kunda ham, masalan, 
umumiylik ob‘ektlar to‘plami bilan, yakkalik esa – bitta predmet bilan tenglashtirilgan holda duch kelish mumkin. 
Amalda umumiylik va yakkalik kategoriyalari ob‘ektlarni emas, balki ularning xususiylik tomonlari sifatida 
birgalikda mavjud bo‘lgan xossalarini aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning 
har bir ob‘ektdagi ko‘rinishi, uyg‘unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. SHu sababli har bir ayrim 
hodisa, narsa – xususiydir.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling