Umumiylik, yakkalik, xususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi,
ularning rang-barangligi va birligi in‘ikosi hisoblanadi.
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‘p ishlatamiz va ularning mazmuni
bizga ba‘zan oydek ravshan bo‘lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki
predmet lar turkumini to‘ishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita
bolaning suhbatini asos bo‘lishi mumkin:
- Umringda hech qushni ko‘rganmisan?
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).
- E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon ko‘rmagansan. Sen faqat bitta
kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan.
Sog‘lom fikr kanareykada qushni ko‘rgan bola u hech qachon qushni ko‘rmaganini aytayotgan boladan
ko‘proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxtini ko‘rganini kim uzil-kesil qayd eta
oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o‘z tajribamizda ko‘rganimiz hech qanday shubha uyg‘otmaydi. Umumiy
tushunchalar amalda ob‘ektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg‘in munozaralarga sabab
bo‘lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs o‘rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy
tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va
yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga
hozir ham duch kelish mumkin. Xo‘sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda?
Yakkalik – faqat mazkur ob‘ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. yakkalik ayrim narsalar
nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |