11-mavzu: Elektrostatik maydon va uning xususiyatlari


Download 111.25 Kb.
bet1/10
Sana31.01.2024
Hajmi111.25 Kb.
#1832293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Elektrostatik maydon xususiyatlari (2)


11-mavzu: Elektrostatik maydon va uning xususiyatlari

1. Elektr va magnetizm. Elektrostatika. Elektr zaryadi. Zaryadning diskretligi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni.


2. Kulon qonuni. Elektr maydoni. Maydon kuchlanganligi. Nuqtaviy zaryad maydonining kuchlanganligi. Superpozitsiya prinsipi. Nuqtaviy zaryadlar tizimining maydon kuchlanganligi.
3. Vakuumdagi elektr maydon uchun Gaussning elektrostatik teoremasi va uning sodda elektr maydonlarini hisoblashda qo‘llanilishi.
4. Elektrostatik maydon kuchlarining bajargan ishi. Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyasiyasi.
5. Elektrostatik maydon potensiali. Nuqtaviy zaryad va zaryad tizimi maydonlarining potensiali.
6. Elektrostatik maydon kuchlanganligi bilai potensiali orasidagi bog‘lanish. Maydonlar superpozitsiya prinsipi.
7. Elektr dipoli va dipol maydoni.


1. Elektr va magnetizm. Elektrostatika. Elektr zaryadi. Zaryadning diskretligi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni

Fizika fanini o‘rganishning asosini umumiy fizika fani, shu jumladan, uning bo‘linmas qismi bo‘lgan “Elektr va magnetizm” kursi tashkil qiladi. Fan mavzularini chuqur o‘rganish elektr va magnetizm hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan fundamental va amaliy masalalarni echishda, murakkab elektr jihoz asboblarni yaratishda va keng qo‘llanilishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Ba’zi bir asosiy elektro magnit hodisalari qadim-qadimdan ma’lum bo‘lgan, masalan eramizdan avvalgi 7-asrdayoq qadimgi grek olimi Fales qaxraboni ipak matoga ishqalaganda u engil jismlarni o‘ziga tortishini ko‘rsatib o‘tgan. 16-asr oxirida ingliz vrachi va fizigi V.Gil’bert bir qator tajribalar o‘tkazib, nafaqat qaxrabo va balkim oyna, forfor va boshqa jismlarning teri xamda shunga o‘xshagan yumshoq matolar bilan ishqalaganda ularda tortish xususiyati paydo bo‘lishini aniqladi. U bu hodisani elektrlanish deb ataladi.
Maktab fizika kursidan ma’lumki, u yoki bu yo‘l bilan elektrlangan jismlar bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Bu o‘zaro ta’sirni tasvirlash uchun elektr maydoni degan tushuncha kiritiladi. Zaryadlangan jismlar fazoda elektr maydonini hosil qiladi deb aytiladi, bu esa uning maydoniga kiritilgan har qanday jism bilan o‘zaro ta’sirlashishiga asoslanadi ta’sirlashadi.
Agar maydonning xarakteristikasi vaqtga bog‘liq bo‘lmasa, unga elektrostatik maydon deyiladi.

Download 111.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling