O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Analogiya
Analogiya (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz‘iylikka qarab, indukstiyada juz‘iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz‘iy holatdan boshqa juz‘iy holatga qarab harakatlanadi. Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob‘ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob‘ektiv o‘xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Ob‘ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma‘lum ma‘noda o‘xshash bo‘ladi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish ob‘ektiv reallikning cheksiz ko‘rinishlari hamda unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, tarkiblaridagi o‘xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, qadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo‘lish uchun o‘zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi. Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol, uchadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba‘zan aniq, ba‘zan ehtimoliy xulosa chiqadi. Analogiya o‘zining ob‘ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlardir. Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi Modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi. Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan, Yer va Quyosh qator muhim xossalariga ko‘ra o‘xshashdir, ya‘ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy tarkibi ham o‘xshash. Ana shu o‘xshashliklarga asoslanib olimlar Quyoshda topilgan Yangi element – geliy Yerda ham bo‘lsa kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo‘li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko‘p o‘tmay tasdiqlandi – Yerda ham geliy elementi topildi. Bu misolda ikki predmetning o‘xshashligiga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi. O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: A predmet a, v, s, d belgilarga ega. V predmet a, v, s belgilarga ega. Ehtimol, V predmet d belgiga egadir. Bu analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning keng tarqalgan shaklidir. Unda bir predmet haqidagi bilim shunga o‘xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib chiqariladi. Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘rtasidagi munosabatlarning o‘xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m R1 n) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga o‘xshash emas, lekin ular o‘rtasidagi R-R1 munosabatlarning o‘xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalan, I. Kepler planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning o‘zaro tortishish kuchini insonlar o‘rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga tortishish kuchi tushunchasini kiritadi. Munosabatlar analogiyasida ikki predmetlar o‘xshashligi haqida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi. Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e‘tibor beriladi. SHu jihatdan analogiyani qat‘iy (aniq), qat‘iy bo‘lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz. Qat‘iy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ko‘chirilayotgan va o‘xshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Aniq fanlarda, modellashtirishda fikr qat‘iy analogiya shaklida yuritiladi. Qat‘iy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qat‘iy bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Masalan, nemis olimi SHpenglerning ta‘kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to‘rtta rivojlanish bosqichini bosib o‘tadi. Bular: paydo bo‘lish, rivojlanish, yetuklik davri va yemirilish davri. Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R (a) bilan belgilasak, qat‘iy analogiyada R (a)=1; qat‘iy bo‘lmagan analogiyada 1>R (a)>0 bo‘ladi. Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, ya‘ni xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun ma‘lum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: 1. Taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko‘proq o‘xshash belgilari aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi. 2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim belgilar bo‘lishi kerak. SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi. 3. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari zaruriy aloqada bo‘lishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari bajarilgan bo‘ladi. 4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari bir turda bo‘lishi kerak. 5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilarining miqdori kam bo‘lishi va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart. Agar predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi. YUqoridagi qoidalarning buzilishi yolg‘on analogiyaga, ya‘ni xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Analogiya modellashtirish metodining mantiqiy asosini tashkil etadi. Modellashtirishda (konkret yoki abstrakt) ob‘ektlar modellarda, ya‘ni shartli obrazlar, shakllar, ob‘ektning kichraytirilgan nusxalarida tadqiq etiladi. Ma‘lum sabablarga ko‘ra tekshirilayotgan ob‘ektni tabiiy sharoitlarda o‘rganish qiyin bo‘lganda yoki mumkin bo‘lmaganda modellashtirishdan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bilish jarayonini yengillashtiradi. Modellarni uch turga bo‘lish mumkin: 1. Tabiiy modellar – o‘rganilayotgan ob‘ekt bilan bir turda bo‘ladi va undan faqat o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba‘zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi. 2. Matematik modellar – prototip (asl nusxa)dan jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘ladi. 3. Mantiqiy matematik modellar – belgilardan iborat bo‘lib, abstrakt model hisoblanadi va tafakkur jarayonini o‘rganishda qo‘llaniladi. Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va birgalikda foydalaniladi. So‘nggi vaqtlarda modellashtirish ko‘pincha kompyuter vositasida amalga oshirilmoqda. Masalan, Yangi avtomobilning modeli kompyuterda yasalib, uning o‘lchamlari, turli afzalliklari matematik modellashtirish vositasida aniqlanadi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling